■  qishüoq fermeriari ish tartibi




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/95
Sana05.09.2024
Hajmi9,07 Mb.
#270327
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95
Bog'liq
Ekologik turizm

■ 
qishüoq fermeriari ish tartibi 
va 
hayot 
tarzl — qishloq xo‘ja!igi 
hayvonlarini saqlash, yem-xashak tayyorlash raahsulotlarini 
yetishtirish va sotish.
Qishloq turizmini tashkil qilishda yuqoiida qayd qilingan turizm 
turlarining barcha resurslari majmuali, birikkan holda ishlaydi va 
bar qanday turistni ko‘proq muddaílarga ushlab qoladi. Shuning 
uchun ham Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirishga 
o'tgan asrning 60-yillaridan jadal kirishdi. Hoziiga kelib, Yevropa 
davlaílarida qishloq turizmidagi turistlarning oqimi 60 mln.turisíni 
tashkil qihnoqda. Fransiya, Germaniya, Angliya, ítaliya davíatlarida 
qishloq turizmi xizmatlarini ishlab chiqaruvchi 10 minglab turistik 
firmalar va turistik tashkilotlar muvaffaqiyat bilan ishlashmoqda. 
Biz ham mamlakatimizda qishloq turizrnining mohiyati, maqsadi 
va vazifalarini tadqiq qilishga endigina kirishayapmiz.
Jahonda qishloq turizmiga har bir davlatlar o‘zlaridagi 
imkoniyatlariga qarab har xil mazmunda qaramoqda. Masalaxi, 
Angliyada aholisi 7000 kishilik qishloqlarai qishloq turizmini 
rivojlaníirish rejasiga kiritishadi, Avstriyada bu sonli aholisi bo‘lgan 
qíshloqlami shahar turizmini rivojlantirish rejalariga qo‘shishadi. 
Shuningdek, qishloq turizmini, agroturizmni rossiyalik olimlar 
ekoturizmning tarmog‘i deb bilishadi. Yevropa davíatlarida 
aksincha agroturizm-dehqonehilik bilan bogiiq turizm, ekoturizm 
esa tabiat bag‘rida bolish va uni muhofaza qilishga ko‘maklashish 
deb belgilangan.
Vatanimizda 
qishloq 
joylardagi 
resurslardan 
turistik 
maqsadlarda foydalaníshni majmuali tashkil qilish qulayligini 
hisobga olib yuqorida keltirilgan turizm turlarini jamlagan holda 
qishloq turizmi deb atasak, bu turizm ni rivojlantirish dasturlarini 
ishlab chiqish ancha oson kechadi. Shuning uchun ham qishloq 
turizmini tashkil qilishdagi muammolami o‘rganishdan oldin, 
dastawal qishloq turizrnining mohiyatini, maqsadi va vazifalarini 
belgilab olishimiz lozim bo‘ladi.
Jahondagi ko‘plab davlatlarda «Qishloq joylardagi turizm» 
atamasi ham bor va ular qishloqlardagi turizm resurelarga
88


bog‘liq holda turistik infratuzilmalami yaratadilar. Bu holat 
ularda qishloq turizmining juda rivojlanganügmi va ayrim-ayrim 
yo‘na!ishlami hosil qilganligini ko‘rsatadi. Biz uchun eng muhimi, 
qishloq turizmini rivojlantirish mamlakatimizda ichki turizmni 
rivojlantirish asoslari ekanligini anglab olishimizdir. Ma’lumki, 
ichki turizm Butunjahon turizm tashkilotining tasnifi bo‘yicha bir 
mamlakat aholisining o‘z davlati hududlaridagi turistik faoliyati 
deb belgilangan.
Qishloqlardagi turistik resurslar ichki turizmning asosiy 
obyektlari hisoblanadi. Shuning uchun ham AQSH, Kanada, 
Angliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlar dastlab 
(o‘tgan asrning 70-yilIaridan) o‘z davlatlarida ichki turizmrti 
rivojlantirganlar, butun aholini yangi ijtimoiy-iqtisodiy sohaga
— turizm jarayoniariga ko‘p yillar davomida tayyorlaganlar. 
Shu tariqa turizmdagi tadbirkorlik ayniqsa qishloq turizmidagi 
tadbirkorlik kuchayib ketgan. Lekin afsuski, biz hozirgacha 
ichki turizmni ham, xalqaro turizmni ham, tarixiy obidalari bor 
shaharlarga sayohat deb tushunmoqdamiz.
Respublikamizda qishloq turizmini rivojlantirish zarurligining 
eng asosiy, dolzarb yana bir masalasini — shahar aholisining 
qishloqlarda dam olishini tashkil qiiish deb tushunmog‘imiz lozim. 
Qayd qilganimizdek, dunyoda qishloq turizmini rivojlantirish 
orqali ichki turizmni so'ngra xalqaro turizmni rivojlantirgan va 
jahon turizmida «lider» o‘rinlarni egallab kelayotgan AQSH, 
Kanada, Fransiya, Angliya, Germaniya, Itaiiya, Avstraiiya 
va Ispaniya davlatlari jahon turizmidagi hozirgi mavqelariga 
dastlab qishloq turizmini rivojlantirish orqali erishdilar. G ‘arbiy 
Yevropaning barcha davlatlari ham qishloq turizmini jadal 
rivojlantirishmoqda. Sharqiy Yevropa davlatlari ko:p yillar sobiq 
sovetlar ta’sirida bo‘lganligidan qishloq turizmini ishlab chiqish 
dasturlarini tuzaolmadilar.
Respublikamizda qishloq turizmini rivojlantirishning mohiyati
— qishloqlarimizga ichki va xalqaro turistlarni jalb qiiish asosida 
qishloqiarimizdagi obodonchilikni kuchaytirish, qishloqlarimiz
89


aholisini 
xalqaro 
hamdo‘stlik jarayonlariga 
qo'shish 
va 
qishloqlarimizni xalqaro rniqyosda dunyoga ko'rsatish hisoblanadi. 
Qishloq turizmini rivojlantirishning maqsadi — qishloq aholisining 
ish bilan bandligini qo‘shimcha imkoniyatlar asosida oshirish, 
qishloq ahoiisi mahsulotlarining ko‘proq sotiJishini ta’minlashdir.
Qishloq turizmini rivojlantirishning asosiy vazifasi — qishloqlarda 
turizmni rivojlantirish tadbirkorligini tashkil qilish asosida qishloq 
turizmi xizmatlari va servisni, qishloq turizmi infratuzilmalarini 
yaratishdan iboratdir deb belgilasak io‘g‘ri bo‘ladi.
Qishloq turizmini rivojlantirish mavzusida respublikamizda 
hali jiddiy ilmiy-tadqiqotlaming boshlanmaganligini hisobga olib, 
xalqaro texnologiyalar va dasturlami o‘rganishimiz zarar boladi 
Qishloq turizmini rivojlantirishda albatta Yevropa Ittifoqining 
«Qishloq 
turizmini 
rivojlantirishning 
strategik 
rejalari»ni 
o‘rganishimiz lozim. Bu strategik rejaga asosan qishloq turizmini 
rivojlantirish dasturiga quyidagilar kiritilgan. Biz uchun bu dastur 
ancha muhim bo‘lishi rnumkin:
• qishloq turizmini rivojlantirishning huquqiy va me’yoriy 
asoslarini takomillashtirish;
• salohiyatli turistlarga va rivojlanayotgan tarmoqlaming 
axborot byurolariga qishloq turizmi haqidagi barcha ma’lumotlami, 
axborotlarni bepul yetkazib berish;
■ 
dasturda qatnashuvchi dehqon xo'jaliklarini manzili bo'yicha 
moiiyaviy quwatlash;
• qishloq infratuzilmalarini takomillashtirish bo'yicha maqsadli 
mablagiar ajratish;
• qishloq turizmi korxonalarini xususiylashtirishda davlatning 
foizli qatnashuvini ta’minlash;
• qishloq joylarining holati monitoringini doimiy o'tkazib 
borish;
• fermerlami dotatsiyalash va imtiyozli soliqlar belgilashda 
rag‘batlantirish siyosatini qo‘llash;
- loyihalami amalga oshirish uchun investorlarni izlash;
Umpmiy qilib olganda Yevropa daviatlarida qishloq turizmini
90


rivojlantirishdan 3 ta siyosiy holatni tashkil qilish va 3 ta manfaatni 
hosil qilish hal qilinmoqda:
1. Qishloq joylarda yangi ish o ‘rinlarini tashkiJ qilish asosida 
qishloq iqtisodiyotini ko‘tarish, qishloqda ishlab chiqarish va 
savdo-sotiqni kuchaytirish.
2. Shaharliklarning maqsadli dam olishini tashkil qilish orqali 
shaharlildaming mablag‘larini qishloqqa yo‘naltirish.
3. 
Soliq 
tizimi 
orqali davlat 
xazinasiga 
qo‘shimcha 
rnablagiarni tushirish hisobidan qishloqlami obodonlashtirish, 
ko‘kalamzorlashtirish 
(turizm 
infratuzilmalari, 
transport 
kommunikatsiyalari, mehmonxonalar, ovqatlantirish korxonalari, 
sport ínshootlari va boshq.).
Yevropa mamlakatlaridagi qishloq turizmidagi turistik talab 
va takliflarning oesish istiqbolîarini tahlil qilganimizdan ma’ium 
boladiki, bu davlatlardagi 30% shahar aholisi aynan qishloqlarda 
dam olish ham qishki mahsulotlarni g‘amlash orqali qishloq 
turizm mi kuchli rivojlantirishning maqsadli yo‘nalish ekanligidan 
dalolat beradi. Qishloq turizmini rivojlantirishda jahonning 
ko'plab davlatlari Yevropa modellaridan, dasturlaridan, strategik 
rejalaridan nusxa oîmoqdalar. Chunki, hozirda qishloq turizm i 
faqat Yevropa davlatlarida barqaror rivojlanmoqda.
Mamiakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda xalqaro 
modellar, tan olingan texnologiyalar va strategik rejalami qo‘llash 
masalasini tahiil qilganimizda shunday xulosa kelib chiqadiki, 
ushbu modellar, texnologiyalar va strategik rejalarda biron- 
bir qoyil qiladigan yoki hayratga tushadigan tomonlari yo£q.Bu 
texnologiyalar va strategik rejalarda belgilangan jarayonkiT va 
voqeliklar, îashkiliyjihatlarni hech qiynalmasdan tashkil qilishimiz 
ham, bajarishimiz ham mumkin.
Bu sohada eng muhimi ijtimoiy-iqtssodiy hayotimizda ijobiy 
o‘zgarishlar yaratadigan ushbu muhim sohani tashkil qilish va 
rivojlantirish rejalari, dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini 
boshlashimiz kerak. Yevropa davlatlarining qishloq turizmi o‘tgan 
asrimizning davomida hozirg*. taraqqiyotiga erishgan. Qishloq
91


turizmini tashkil qilishda 1970-yillarda dastlab Fransiyaning 
«Turizm va qishloq joylarni rivojlantirish agentligi», Avstriyada— 
Avstriya fermerlik turizmi assotsiatsiyasi», 1990-yilda Yevropa 
Ittifoqining «Qishloq joylarni majmuali rivojlantirish Umum 
Yevropa «Líder» dasturi» tashkiiotlari muvaffaqiyat bilan ishlab 
kelmoqda.
Mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda birinchi 
navbatda « 0 ‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi» 
milliy kompaniyasi tarkibida «Qishloq turizmini rivojlantirish» 
bolim ini tashkil qilishimiz zarur. Bu bolim qishloq turizmini 
rivojlantirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishi maqsadii 
yo‘nalish boladi:
• qisMoqlardagi turistik resurslaming ro‘yxatini olish, ulardan 
ichki va xalqaro turizmda foydalanish damjalari, tavsiflarini ishlab 
chiqish;
qishloq turizmida atrof-muhitni muhofaza qilishda 
ékoturizmni rivojlantirish dasturlarini yaratish;
• qishloqlarda yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan 
mahalliy mahsulotlarning sifatini ko‘tarish va iste’molchini taklif 
qilish;
• qisMoq turizmida marketingni tashkil qilish va talab-taklif- 
iste’molchi tizimidagi ishlarning strategik rejalarini ishlab chiqish 
va amalga oshirish;
• qishloq turizmining infratuzilmalarini yaratish usuilarini 
ishlab chiqish va qishloq turizmi infratuzilmalarini yaratish.
Mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishning strategik 
dasturini ishlab chiqish hozircha ancha murakkab hisoblanadi. 
Chunki. qayd qilgardmizdek, bu sohada keng ko‘lamli tadqiqotlar 
boshlanganicha yo£q. Lekin, 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining vatanimizda turizmni rivojlantirish 
to ‘g£risidagi farmonlari va qarorlari asosida qishloq turizmini 
rivojlantirishning strategik dasturini dastlab loyiha variantlarda 
ishlab chiqishni boshlashimiz lozim boladi.
92


Mamlakatimizda 
birinchi 
navbatda 
qishloq 
turizmini 
rivojlantirishda davlat dasturi ishlab chiqilishi talab qilinadi, 
ikkinchi talab esa strategik reja yaratishdir. Qishloq turizmini 
rivojlantirish rejasi, davlat dasturi, boshqarav tarkibi, moliyalash 
tizimi, 
qishloqlardagi 
imkoniyatlar, 
qishloqlardagi turistik 
resurslar, qishloq ahoîisining qishloqlarga turistlaming tashrifi 
haqidagi munosabatlari, qishloq ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga 
ta’siri, qisliîoq tabiiy resurslariga ta’siri haqida davlat ommaviy 
nashrlarida respublikamizning olimlari, mutaxassislari, ijtimoiy- 
iqtisodiy sohalar mutaxassislari doimo ilmiy ommabop maqolalar 
bilan chiqishlari maqsadîi bo‘ladi. Ikkinchidan, mamlakatimizda 
qishloq turizmini rivojlantirish masalaîari, muammolari va ulaming 
yechimlari haqida yengil o'qiladigan va yengil tushuniladigan 
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop qilib, qishloqlar aholisiga bepul 
tarqatilishi kutiladigan natijalami beradi.
0 ‘zbekistonda 
qishloq 
turizmini 
rivojlantirish 
naqadar 
foydaliligi va hozirgi erkin bozor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarining 
bajarilishida davlatimizning iqtisodiy siyosatiga mos kelishi 
quyidagi tahlillardan ham tushunib olish mumkin. Mamlakatimizda 
qishloq turizmini rivojlantirish asosida qishloqlarimizdagi mavjud 
ishsizlikni yechish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishîab chiqishni 
ko‘paytirish va sifatini oshirish, qishloqlaming iqtisodini ko‘tarish, 
savdoni tashkil qilish, milliy ishlab chiqarishni tashkil qilish, 
xaiqaro hamdo‘stlikni kuchaytirish kabi muhim masalalarda katta 
yutuqlarga erishishimiz mumkin.
Ikkinchidan, shaharlarimizda yashayotgan aholining dam 
olishini tashkil qilish, shaharliklarni qishloqlar bilan bog‘lash, 
ulaming qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qishki mavsumga 
g/amlab olish sharoitlarini yaratish, ayniqsa shaharlik bolalarning 
qishloqlarda hordiq chiqarishini, tabiat bag'rida bo‘lib tabiatni 
angîashni, ekologik ong, ekologik madaniyatni shakllantirishimiz 
tabiatga mehr uyg‘otishimiz osonlashadi.
Uchinchidan, 
qishloq 
turizmini 
rivojlantirishda 
soliq 
tushumlarining ko‘payishini ta’minîash va ushbu mablag‘lar
93


asosida qishloq joylami obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish 
imkoniyatSari paydo boladi.
To‘rtinchidan, 
qishloq 
turizmini 
rivojlantirish 
asosida 
qishloq tabiatini muhofaza qilish, tarixiy obidalarai muhofaza 
qilish, ta’mirlash, muqaddas ziyoratgohlami obod qilish va 
ko‘kalamzorlashtirish, ulardan xalqimizning erkin foydaianishini 
ta’minJash masalalari ha! bo‘ladi.
Beshinchidan, jahon xalqlari qishloqlarimizda saqlanib 
qolingan va mustaqilligimiz tufayli tobora sayqalfanib borayotgan 
milliy merosimiz, milliy san’atimiz va madaniyatimiz bilan 
yaqindan tanishadi. Eng muhimi, 0 ‘zbekisionning Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning qishloq hayotini tubdan o‘zgartirishga 
qaratilgan farmon va qarorlari, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi 
yili», «Obod turmush yili» davlat dasturlaridagi rejalaming amalga 
oshishi kuchayadi.
Mamlakatimizda turizmni rivojiantirfehda qishloq turiznuning 
o‘rra. O'zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish muammolarini 
o‘rganishdan oidin, dastawal qishloq turizmining mohiyatini 
xalqaro miqyosdagi maqsadiva vazifalarini yaxshilab o‘rganishimiz 
lozim boladi. Chunki, tabiat bilan bog‘liq rurizm iurlari ko‘p 
hollarda bir-biri bilan bog‘liq holda 

Download 9,07 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish