Yellouston milliy parlada Amerika bizonlari




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/95
Sana05.09.2024
Hajmi9,07 Mb.
#270327
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
Bog'liq
Ekologik turizm

Yellouston milliy parlada Amerika bizonlari
105


Yosemit milliy parki tabiati
AQSH o‘z tabiati va tabiiy resurslarini birinchilardan boiib 
muhofaza qilishni va ulardan o‘z aholisining rekreatsiyasini 
tashkil qilgan davlat hisoblanadi. Har yili AQSH milliy parkiari 
va tabiat qo‘riqxonalariga 300 mln. turist tashrif qilishadi. 
Dunyodagi birinchi milliy park Yellouston ham 1872-yilda 
AQSHda tashkil qilingan edi. Bu milliy parkka har yili 3 mln. 
turist tashrif qilishadi. Dunyoda bir vaqtlar qirilib, oxirgi soniari 
qolgan Amerika bizonlarining soni tiklanib, hozirda Yelloustonda
4 ming bosh bizon yashaydi.
Kosta-Rska. Bu davlat Lotin Amerikasida ko‘p yillardan beri 
ekoturizmda liderlik qilib kelmoqda. Bu davlatda ekoturizmning 
birinchi ishqibozlari o ‘tgan asrning 90-yillaridan paydo bo‘ia 
boshladi. Kosta-Rikaning ekoturizmdagi Jiderligining bosh 
sabablari shundan iboratki, qo'shni davlatlar o czlarining 
iqtisodiyotini tiklash uchun jungii o ‘rmonlarini kesib sota 
boshlaganda bu davlat o ‘z hududlaridagi jungii o ‘rmonlarini 
qattiq muhofazaga oldi. Bu o ‘rmoniarda Janubiy Amerikaning
106


ko'plab davlatlarida yo‘qolib ketgan hayvonlar va o‘simliklar 
saqlanib qoldi, bu joylarda ekoturizm infratuzilmaîarini 
tashkil qilib jahon miqyosida ekoturizm yo‘nalishini maqsadii 
ravishda, rejali rivojlantirib bordi. Milliy parklar va tabiat 
qo'riqxonalari sonini ko'paytirdi. Bu davlatda ekoturistlar otilib 
turgan vulkanlarni, bahaybat dengiz toshbaqasini, behisob 
sharsharalarni, takrorlanmas tabiiy landshafîlarni ko'rishlari 
mumkin.
Braziiiya. Bu davlat birinchi navbatda dunyoning eng katta 
daryosi Amazonka va uning betakror tabiati, dunyoning biror joyida 
uchramaydigan flora va faunasi, milliy parklarining ko‘pligi bilan 
mashhur hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyodagi 7 mo‘jizadan biri 
hisoblanadigan Iso payg‘ambarga qo‘yilgan haykalning poyiga gui 
qo‘yish va sig'inish uchun har yili millionlab turistlar kelishadi. 
Dunyodagi eng katta sharsharalar ro‘yxatida turgan Iguasu 
sharsharasiga har yili millionlab ekoturistlar tashrif qilishadi. 
Braziiiya turizm industriyasida eikoturizm yetakchi yo‘nalishni 
hosil qilgan.
Ekvador. Tinch okeani qirg‘oqIarida joylashgan, iqtisodida 
ekoturizm asosiy sohani tashJkil qilgan va ekoturizmda lider 
davlatlardan hisoblanadi. Bu davlat dunyo ekoturistlariga baland 
tog'lardagi milliy parklarini taklif qiladi. Eng muhimi, milliy 
parklar va tabiat qo‘riqxonalarida ekoturistik so‘qmoqlar, dam 
oîish infratuzilmalari yaratilgan.
Dunyoning mashhur olimi Charlz Darvin tajribalar o‘tkazgan 
Galapagos orolini reklama qilishi natijasida har yili bu orolning 
o£ziga millionlab turistlar kelishadi. Bu davlatda xalqaro dayving 
turizm i, ulkan suv toshbaqalarini ko‘rsatish mukammal holatiarda 
tashkil qilingan. Ekoturistlarga daryolardan oltin yuvib olish ham 
taklif qilinadi va ko‘plab ekoturistlar bu davlatda oylab qolib 
ketishadi.
Peru. Hududîaridagi tropik o'rmonlari ekotizimlari va bu 
o‘rmonlardagi noyob biologik resurslari bilan mashhur. Peruning 
xalqaro turizm va xalqaro ekoturizmdagi eng mashhur resursi
107


bu qadimiy Machu-Pikchu shahridir. Hozirda bo qadimiy 
tosh shahar dunyoning 7 mo‘jizasi ro‘yxatiga kiritilgan. Naska 
cho‘5jda chizilgan qadimiy ujkan rasmlar hozirgacha insoniyatni 
hayratga solib kelmoqda.
Nepal. Dunyodagi kichik bu davlatning dovrug‘i ' butun 
jahonda mashhur va bu davlatni dunyodagi log‘laming poytaxii 
joylashgan deb ta’riflashadi. Dunyodagi eng baland tog‘ Everest 
ham she davlatda. Qoyatoshlarga chiquvchilar, rafting va baliq 
ekosafari jahon miqyosida rivojlangan. Milliy parklariga maxsus 
so‘qmoqlar, vaqtinchaiik dam olish infratuzilmalari xalqaro 
ekoturizm talablari asosida tashkil qilingan. Shu bilan birga bu 
davlat tog‘-alpinizmidagi fqjiali halokatlar bo‘yicha ham oldingi 
o‘rinlarda turadi.
Hindiston. Dunyo ekoturizmida Jiderlikka davo qilayotgan, 
betakror tabiiy ekotizixnlarga ega davlat. Milliy parklari dunyoga 
mashhur va uiarning deyarli barchasi haqida ekofilmlar yaratilgan. 
Bu ekofilmlami sotishdan ham yaxshi foyda oladi. Dunyo 
miqyosidagi ekoturistlar asosan Hindiston yolbarsi va Hindiston 
filini ko'rishga, okean qirg‘oqlarida dengiz toshbaqalarini ko‘rishga 
kelishadi. Xalqaro ekoturizmni shunday mukammal tashki! qilganki, 
ekoturistlar ko'pincha Hindistonning tosh ibodatxonalarining 
tomoshasi bilan o‘z muddatlarini uzaytirishganini ham bilmay 
qoladilar.
Xitoy. Xitoy xalq respublikasi. 0 !rmon qo£riqxonalari va o‘nnon 
parklarining soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. 
Xitoyda 1757 ta o‘rmon qo'riqxonaiari, 1658 ta o ‘rmon parklari 
bor. Shulardan 6 ta o‘rmon qo‘riqxonalari va o ‘rmon parklari 
YUNESKOning jahon xalqlarining milliy rnerosi ro‘yxatiga 
kiritilgan.
XeySunszyan provinsiyasidagi «Qadimgi kraterli o ‘rmon» 
dunyo miqyosida qadimgi holatdagi o ‘rmon maqomini olgan. 
Sinxay provinsiyasining janubida 2000-yilda tashki! qilingan 
«Sanszyanyuyan>> milliy parki dunyoda mashhur. Aynan 
shu yerdan dunyodagi eng katta daryolar bo‘lgan Xuanxe,
108


Lankang va Chang daryolari boshlanadi. Milliy parkda 1000 
tur o ‘simliklar, 74 tur hayvonlar, 174 tur qushlar, 48 tur 
reptiliyalar muhofaza qilinadi.
Finiandiya. Shimoliy iqlimli davlatlar orasida ekoturizmni 
rivojlantirishning barcha imkoniyatíari mavjud dégan xulosani 
oigan davlat. Minglab ko‘Uari, dunyodagi eng qaliri 0‘rmoniari, 
dengiz sohillari yil davomida xalqaro ekoturistlami chorlaydi. 
Shimoliy shafaqni ko£rish va tomosha qilish uchungina har yili 
yuz minglab xalqaro ekoturistlar kelishadi. Qorboboning vatani 
Finiandiya va qorbobo tug‘ilgan joy — Laplandiyaning o‘ziga yil 
davomida millionlab xalqaro turistlar tashrif buyurishadi. 30 ta 
milliy parki bor. Ekologlaming xulosalariga ko‘ra ulaming ko‘plari 
haü o‘rganilmagan.
Isiandiya. Eng shimoldagi bu davlat vulkanlar va geyzerlar, 
fordlar va aysberglar, orollar va kichik, shinam uyli chiroyli 
qishloqlari bilan dunyoga mashhur. Qayd qilingan turizm 
resurslari, takrorlanmas shimoliy tabiiy landshaftlari, sanoqsiz 
ko‘llari va muzlikiar qoyalaridan tushuvchi takrorlanmas 
sharsharalarini ko‘rish uchun dunyoning barcha qit’alaridan 
ekoturistlar yil davomida tashrif qilishadi. Bu yerda dunyodagi 
eng katta Xaukadalur geyzerlar vodiysida 250 ta geyzerlar 
doimiy ravishda otilib turadi. Yuz minglab ekoturistlar shimoliy 
shafaqni va shimoliy dengizlarning hayvonlarini, balandligi 900 
metrli muzlik qalpog£ini ko‘rish uchungina kelishadi.
AvstraMya. Ilmiy adabiyoílar tahlilidan ma’lum bo‘ladiki, 
Avstraliya ekoturizmni uning tamoyillariga asoslanib tashkil 
qiigan va jahonda ekoturizmni ilmiy-amaliy qoidalariga asosan 
rivojlantirayotgan lider davlat hisoblanadi. Bu davlat ekoturizmni 
o‘z davlatining hududlarida tashkil qilganda hududlarni ijtimoiy- 
iqíisodiy rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqadi va 
hududning tabiiy resurslarini hisobga oigan holda ekoturizmni 
rivojlantirish imkoniyatlarini o£rganadi.
Xalqaro ekoturizm bozorida eng ommaviylashgan 10 ta 
ekoturistik marshruí reytingi bo‘yicha Avstraliya so'nggi o ‘n
109


yillikda birinchi o'rinlarni egallab kelmoqda. Avstraliyada 
ekologik turizm bilan 9 ta milliy kompaniya shug‘ullanadi. 
Birgina “Austral san 
Eco Adventures” 
milliy ekoturizm 
kompaniyasining 75 ta turmahsuloti (ekoturistik marshruti) 
xalqaro ekoturizm bozorida sotiladi. Avstraliyada 55 ta milliy 
park bor. Shulardan lOtasi YUNESKOning jahon xalqlari 
milliy merosi ro‘yxatsga kiritilgan. Katta Rif va Avstraliya 
kenguralarini butun dunyo biladi.
Yafflgi Zetadiya. Kichik davlatning tabiati, ayniqsa ulkan 
paporotniklar, kivi qushlari, ulkan kaltakesaklar dunyoda 
faqat shu davlatning hududlarida saqlanib qolgan. 14 ta milliy 
parkning Stasi YUNESKOning jahon xalqlari milliy me’rosi 
ro‘yxatiga kiritilgan. Dayving, qoyatoshlarga chiquvchilar, 
“robinzonlar”ning dunyo bo‘yicha eng ko‘p sonlilari bu davlatga 
tashrif buyurishadi.
Rossiya, Dunyoda maydoni jihatidan ham, turli tabiiy 
rnintaqalaming joylashganligi, ekoturizmni rivojlantirishning 
barcha imkoniyatlari mavjud boigan qudratli davlat. Rossiyada 
100 ta davlat tabiat qo‘riqxonasi, 35 ta miüiy park, davlat 
ahamiyatidagi 68 ta tabiat buyurtmaxonalari, 2976 ta hududiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat buyurtmaxonalari, 31 ta hududiy 
ahamiyatdagi milliy parklari bor. Bularning maydoni 
67,8 
min. ga ni tashkil qiladi. Shuningdek, Rossiyada 1024 ta tabiat 
yodgorliklari bor. Bu ekoturizm resurslari har qanday ekoturistning 
talab va ehtiyojlarini qondiradi.
AMka. Qora qit’a nomini oigan Afrika har xil iabiiy-iqlimiy 
geografilc mintaqalar joylashgan, o‘zining betakror tabiati va 
yowoyi hayvonot dunyosida turlaming hamda bu turlaming 
sonlari ko‘pligi jihatidan ham qit’alar orasida tengi yo‘q 
hisoblariadi. Sayyoramizdagi eng ko£p 335 ta milliy park Afrikada 
joylashgan. Bu milliy parklarda 1100 tur sut emizuvchilar, 100 000 
tur hasharotlar, 2 600 tur qushlar, 3 000 tur baliqlar muhotazaga 
olingan, Afrikada yuzlab qo‘riqxonalar, Buyurtmaxonalar va tabiiy 
rezervatsiyalar ishlab turibdi.
110


Tayanch socz va iboralar: milliy park, rezervatsiya, robinzonlar,
bizon, hayvonlar migratsiyasi, geyzerlar, qorboboning vatani, lava.
Mavzimi o‘zlashtirisfi S)o4yicha savol va topshiriqlar:
1. AQSHdagi milliy parklarni sanab bering.
2. Afrika davlatlaridagi ekoturizmni gapirib bering.
3. Qorboboning vatanidagi ekoturizmni tushuntirib bering.
4. AQSH, Kanada va Avstraiiya davlatlarini nima uchun 
ekoturizmda lider davlatlar deyishadi?
5. Islandiya davlatini nima uchun “Geyzerlar vatani” deyishadi?
6. Kanada davlatida ekoturizm rivojianganmi?
7. Afrika davlatlarida ekoturizm rivojianganmi?
8. Mavzu matnidagi xalqaro tashkilotning ramzini ta’riflang.
i n



Download 9,07 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yellouston milliy parlada Amerika bizonlari

Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish