ruvchi
organ parlam entda, ijro etuvchi organ esa
hukum atda bo‘ladi.
Respublikalar
prezidentlik va
parlam entlik turlariga bo‘linadi.
Prezidentlik
respub-
likalarida prezident hukum at boshlig'i lavozimidan
tashqari juda katta vakolatlarga ega (AQSh, Rossiya,
0 ‘zbekiston, Lotin Am erikasidagi davlatlar).
Parlament
respublikalarida davlat boshlig‘i
bosh vazir hisoblanadi,
prezident vakolati chegaralangan bo‘ladi (GFR, Italiya,
Avstraliya, Hindiston). MDH davlatlarining barchasida
respublika shakli mavjud.
M a’muriy-hududiy tuzulishiga ko'ra
davlatlar unitar
va federativ turlarga bo‘linadi.
9.3. Jahonning tabiiy resurslari
Geografik muhit deb, yer tabiatining kishilik jam iyati
tarixi taraqqiyotini hozirgi bosqichda o‘zining
hayoti va
ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita ta’sir ko‘rsatib
turadigan qismiga aytiladi.
Jamiyat tabiatdan tobora ko‘proq resurslarni oladigan
va tabiatga ko'proq chiqindilar chiqaradigan bo‘lib
qoldi, natijada bir-biri bilan bog‘langan ikkita quyidagi
muammo vujudga keldi: a)
tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish; b) atrof-muhit muhofazasi.
Tabiiy resurslar
tiklanadigan, tiklanmaydigan, tugay-
digan va
tugamaydigan turlarga bo'linadi.
Tiklanm aydigan tabiiy resurslarga foydali qazilm alar
kiradi, tiklanadigan tabiiy
resurslarga tuproq biologik
resurslari kiradi.
278
Mineral resurslar.
M ineral resurslar quyidagi tur
larga bo'linadi: a) yoqilg'i-energetika (ko'm ir, neft, gaz,
yonuvchi slaneslar), rudali (qora va rangli metallar),
nometall (tog'-kon xomashyosi, qurilish xomashyosi),
yoqilg'i foydali qazilm alari kelib chiqishiga ko'ra
cho'kindi bo'lib, u asosan botiqlarda joylashadi.
Jahonda
3,6 m ingdan ortiq ko'm irli havzalar va konlar bo'lib, ular
quruqlik maydonining 15% ini tashkil qiladi. Asosiy
ko'm ir zaxiralari Osiyo, Shimoliy A m erika va Yevropada
bo'lib, o'nta yirik havzada to'plangan, neft-gaz konlarining
umumiy soni 35 mingta, ularning 600 dan ortiq havzalari
o'rganilgan, 500 tasidan neft-gaz qazib olinadi.