kishiga 43 ta bola tug‘iladi. Xo'jaligi dehqonchilik va
chorvachilikdan iborat. Transporti sust rivojlangan.
9.18. Pokiston Islom Respublikasi
Federativ respublika. Iqlimi subtropik va tropik.
Aholining o‘rtacha zichligi 1 km 2 ga 180 kishi, agrar-
industrial mamlakat. Qishloq xo'jalik ekinlaridan ikki
m arta hosil olinadi (bug‘doy, arpa, sholi).
9.19. Xitoy Xalq Respublikasi
Maydoni 9,6 mln. km 2 (jahonda uchinchi o‘rinda).
Tabiiy resurslarning barcha turlari mavjud.
Jahon
aholisining 20%i Xitoyda yashaydi. D em ografik siyosat
tug‘ilishni cheklashga yo‘naltirilgan, aholining um um iy
soni 2003-yili 1 mlrd. 293 mln. kishini tashkil qilgan.
A holining 95%ini xitoylar (xanlar) tashkil qiladi,
qolganini uyg‘urlar, mo‘g ‘illar
va boshqalar tashkil
qiladi. A holining zichligi 1 km 2 ga 135 kishi, Buyuk
Xitoy tekisligida 400-500, Xuanxe va Yanszi daryolari
oralig'ida 600 -8 0 0 kishini tashkil qiladi. Xo‘jaligi —
yillik ishlab chiqaradigan mahsuloti hajmiga ko‘ra
jahonda 3- o'rinda. Sanoatning barcha tarm oqlari rivoj
langan (750 m ing sanoat korxonalari mavjud,
ularda
64 m ln ishchi ishlaydi).
Yoqilg'i-energetika sanoati:
ko‘mirga boy, yiliga 1 mlrd. t. qazib oladi. 300 dan ortiq
kon mavjud. Neftning ham 300 dan ortiq koni bor, yiliga
145 mln.t. qazib olinadi.
Elektr energiya ishlab chiqarish
bo'yicha jahonda to‘rtinchi o‘rinda, uning asosiy qismi
302
IES larda ishlab chiqariladi (80%). Qora metallurgiya
yetakchi
hisoblanadi, yiliga 90 mln.t. metall eritiladi.
(Anshan, Baotou, Bensy, Baoshan, Pekin, Uxan, Shanxay
metallurgiya kombinatlari.) Rangli m etallurgiyaning
aluminiy, mis, qo‘rg‘oshin, rux sanoati rivojlangan (sharq
va shim oli-sharqda rivojlangan). M ashinasozlik — ichki
ehtiyoji uchun ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida
mineral o‘g‘itlar va maishiy ro‘zg‘or
mahsulotlari ishlab
chiqariladi. Yengil sanoat Xitoyda yetakchi hisoblanadi.