Shimoliy Yevropaga
Fennoskandinaviya, Islandiya,
Shpitsbergen orollari,
O'rta Yevropaga
Alp-Karpat
tog'lari, pasttekisliklar, qadimgi yassi tog'liklar (Buyuk
Britaniya, Irlandiya orollari),
Janubiy Yevropaga
esa
Pireney, A pennin va Bolqon yarim orollari va O 'rta
dengizdagi orollar,
Sharqiy Yevropaga
Sharqiy Yevropa
tekisligi va K aspiybo'yi pasttekisligi tegishlidir.
Sharqiy Yevropa tekisligi
Yevrosiyoda eng yirik
tabiiy-geografik o'lkalardan biri bo'lib, uning maydoni
qariyb 4 mln. kv. km ga teng.
Sharqiy Yevropa tekisligi daryolarga juda boy.
Tekislikning shimolga qarab oqadigan daryolari Pechora,
M ezin, Shimoliy Dvina sersuv daryolar hisoblanadi.
Janubga qarab oqadigan eng y irik daryolar Volga,
Dnepr
va Ural.
Sharqiy Yevropa tekisligida ko'llar ko'p. Ular, asosan
tekislikning shim oli-g'arbida tarqalgan. Kareliya va
Finlyandiya «K o'llar mamlakati» deb ataladi. Bunga sabab
yeryuzasining tuzilishi va iqlim sharoitining qulayligidir.
Ladoga, Onega ko'llari, Kaspiybo'yi pasttekisligidagi
Elton, Bosqunchoq ko'llari asosiy ko'llardan hisoblanadi.
Sharqiy Osiyo
esa Xitoy davlatining sharqiy qismini,
Koreya
yarim orolini, Yapon va Filippin orollarini
egallaydi. Bu o'lka shimoldan
janubga qarab dengiz
sohillari bo'ylab bir necha ming kilom etrga cho'zilgan.
Markaziy Osiyo
o'lkasi Osiyoning m arkaziy qismini
egallaydi. Uni shimolda Sibir, sharqda Sharqiy Osiyo,
janubda Janubi-Sharqiy
va Janubiy Osiyo, g'arbda esa
160
O 'rta Osiyo o'lkalari o'rab turadi. Bu o'lkada Xitoy va
Mongoliya hududidagi tog' va cho'llar joylashgan.
Janubiy Osiyo
esa Yevrosiyoningjanubidajoylashgan.
U tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan eng
baland Himolay tog'
tizm alarini, yassi tog'likdan tashkil
topgan Hindiston yarim orolini va allyuvial yotqiziqlardan
hosil bo'lgan H ind-Gang pasttekisligini o'z ichiga oladi.