II b o‘lim
I. 0 ‘RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIYASI
1.1. 0 ‘rta Osiyo tabiiy oMkasining geografik o‘rni
va o‘ziga xos xususiyatlari
0 ‘rta Osiyo tushunchasi tabiiy-geografik o'lka
sifatida
qaraladi, ya’ni u alohida tabiiy-geografik komp-
leksidir. Tabiat kompleksi deb, yer yuzasidagi tabiat
komponentlarining o‘zaro m urakkab ta’siri
natijasida
tarkib topgan ham da tabiatining xususiyatlariga ko‘ra
boshqa joylaridan farq qiladigan qism lariga aytiladi.
Tabiiy-hududiy komplekslar bir butun tabiatga ega
bo'lgan muayyan hududni egallaydi.
Tabiiy-geografik
rayonlashtirish deb geografik qobiqni va uning
ayrim qismlarini tabiiy-geografik xususiyatlarining
tafovutlariga ko‘ra tabiiy-hududiy komplekslarga
ajratishga aytiladi.
Tabiiy-geografik rayonlashtirish
ikki xil bo'ladi, chunki geografik qobiqqa energiya ikki
tomondan keladi (ichki va kosmik); zonal tabiiy-geo
grafik rayonlashtirish (mintaqa-zona-zonacha-landshaft),
regional tabiiy geografik rayonlashtirish (masalan:
quruqlik-m ateriklar-tabiiy-geografik o'lkalar- rayonlar-
landshaftlar).
0 ‘rta Osiyo Yevrosiyo m aterigining o'rtasida joy
lashgan: eng shimoliy nuqtasi Ayritov yaqinida (53,8°shq.
u); sharqiy nuqtasi Savr tog'lari
etagidagi Qora Irtish
162
daryosi vodiysida (85,6°shq. u.). Shimoldan janubga tomon
2200 km va g'arbdan sharqqa 2750 km ga cho'zilgan.
Chegaralari.
G 'arbiy chegarasi suv bilan o'ralgan,
ya’ni Kaspiy dengizining sharqiy qirg'oqlari bo'ylab
o'tadi. Shim oli-g'arbiy chegara Emba daryosining
quyilishidan boshlanib, M ug'ojar tog'larining
janubiy
etaklarigacha davom etadi va Sharqiy Yevropa va Turon
platform alari chegarasiga mos keladi. Chegara 58°shq. u.
va 48° sh. k. yetgandan keyin shim olga burilib, Jetigara
shahrigacha boradi, so'ngra
shim oli-sharqqa burilib
Kustonoy orqali Ayritovga chiqadi. Janubiy chegarasi
Hindikush, Safedko'h, Nishopur, Elbrus tog'i orqali
Gorgan yaqinida Kaspiy dengizi qirg'og'iga chiqadi.
O 'rta Osiyoni alohida o'lka
sifatida ajratishga
asos bo'ladigan o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
a) okeanlardan uzoqda, m aterik o'rtasida joylashgan;
b) iqlimi keskin kontinental — qish sovuq,
yoz issiq;
d) berk havzada joylashgan; e) tabiatida keskinlik yaqqol
namoyon bo'lgan; f) janub va sharq tom onlari tog'lar
bilan o'ralgan, shimol va g'arb tomoni ochiq.