Kopetdo, Bolqon, Porapamiz, Safedko'h, Hindikush,
Bandi Turkiston tog'lari ko'tarilgan. Tyanshan tog'i yana
qaytadan ko'tarilib yoshargan.
Zilzilalar.
Pom ir va Tyanshan tog'larining Yevrosiyo
va Hindiston-Avstraliya litosfera plitalarining to'qnash
zonasida joylashganligi uchun tez-tez zilzila bo'lib
turadi. Yiliga 1000 dan ortiq kuchsiz zilzilalar sodir
bo'ladi. Kuchli zilzilalar Andijonda (1902- y.), Dushanbe
atrofida (1930- y.), Qozog'istonda (1946- y.), Ashxobodda
(1948- y.), Toshkentda (1966-y.), Gazlida (1976- y.) va
To'xtag'ulda (1992- y.) sodir bo'lgan.
Foydali qazilmalari.
Yuqori sifatli toshko'm irning
y irik koni M arkaziy Q ozog'istonda joylashgan (Qara-
g'anda, Ekibastuz). Uncha katta bo'lm agan toshko'
m ir konlari Farg'ona vodiysini o'rab turgan tog'larda
(K o'kyong'oq, Qizilqiya, Toshko'mir),
Surxondaryo
vodiysining shim olida (Sharg'un, Boysun) joylashgan.
Q o'n g 'ir ko'm irning yirik koni Ohangaron vodiysida
joylashgan. Birinchi neft koni Farg'ona vodiysi (Chi-
myon koni), 1880- yilda ochilgan va 1904- yilda ishga
tushirilgan, so'ngra Polvontosh, X o'jaobod,
Janubiy
Olam ushuk konlari ochildi. Keyinchalik yirik neft va
gaz konlari Qoraqum da, Qizilqumda, Kaspiy bo'yida,
Qashqadaryo va Surxondaryo
vodiysida ochildi va
ishga tushirildi. Hozirda Q ozog'istonda Tengiz, O 'zbe-
kistonda Ko'kdum aloq va M ingbuloq yirik neft konlari
ishiab turibdi. Y irik tem ir ruda konlari ochilgan va ishga
166
tushirilgan (Sokolov-Sarboy). Rangli metall konlari
Qozog'iston past tog'larida, Tyanshan va Pomirda,
M arkaziy Qizilqum past tog'larida tarqalgan (Olmaliq,
Jezqazg'an, Qo‘ng‘irot,
Muruntov, Uchquloq va h.k.).
Fosforit konlari Qoratovda, Qizilqumda va boshqa joy
larda topilgan, Zarafshon,
Qashqadaryo va Surxondaryo
vodiylarida ham da Kaspiy bo'yida osh tuzi konlari
bor. M arm ar konlarning eng yiriklari O 'zbekistonda
joylashgandir (G'ozg'on, Omonqo'ton, Oqtosh va h.k.).