Yaylov o‘simliklari.
2700— 2800 m dan yuqorida.
Subalp o'tloqlari. Subalp o'tloqlari o'rm on mintaqasidan
keyin boshlanadi. O 'tlar zich o'sadi, bo'yi past, turi ko'p,
gullari yirik va rang-barang (qo'ng'irbosh, tulkiquyruq,
yarong'ul, pushti qo'qongul, qo'ziquloq, sassiqquvray,
chayir). Alp o'tloqlari qor chizig'igacha cho'zilgan, yer
bag'riga yopishgan holda o'sadi.
Hayvonot dunyosi.
Chalacho'llarning hayvonot
dunyosi mavsum lar bo'yicha o'zgarib turadi. Yozda
janubdan issiqsevar hayvonlar, hasharotlar va qushlar
(chayon, kaltakesak, qushlardan to'rg'ay, loyxo'rak) kirib
keladi, qishda ko'p hayvonlar uyquga ketadi, inlariga kirib
ketadi. Shimoldan
punochka, oq kaklik, qutb boyqushi
uchib keladi. Bu yerlarda
yumronqoziqlar, qo'shoyoqlar,