Relyefi yassi va past tog'lardan (Sulton Uvays,
Tomditog', Bo‘kantog‘, Yetimtog1, Quljuqtog1), qum
shakllaridan (asosan, qum gryadalari), botiqlar(Qoratepa,
Mingbuloq, Oydinbuloq va boshqalar)dan iborat. Janubi-
sharqda qish yumshoqroq, shim oli-g'arbda qattiqroq.
Hayvonlari: qumli cho‘llarda
sudralib yuruvchilar (kalta-
kesaklar, ilonlar, qo'shoyoqlar, qumquyon),yassi tog‘larda
krshapalaklar, lochin, ко'Ivor ilon, charxilon, daryo
vodiylarida
to'ng'iz, chiyabo'ri, kalamush yashaydi.
Kaspiy bo‘yi.
M ezozoy erasining Kim m eriy burm a
lanishida shakllangan. MangMshloq yarim oroli, Janoq
balandligi, Krasnovodsk platosi, Kichik va K atta
Bolxon tog'lari kiradi. M ang'ishloq yarim oroli Kaspiy
dengizining shim oli-sharqida joylashgan. O 'rtasidan
shim oli-g'arbdan janubi-sharqqa qarab uchta yondosh
tizm adan iborat M angistog' kesib o'tgan (M arkazida
Qoratog', uning ikki tomonida Shimoliy va Janubiy
O qtog'lar joylashgan). 0 ‘rta Osiyoning eng chuqur
botiqlari ham shu yerda joylashgan - Qoragiyo (-132 m),
Qorniyoriq (-70 m), Qoindi (-59 m). Doimiy oqar suvlari
yo'q. Iqlimi keskin kontinental, shimoli gilli shuvoq
cho'llardan iborat. Janubiy qismi sho'rxokli. K atta va
Kichik Bolxon tog'lari Krasnovodsk platosi janubi-
sharqida joylashgan (o'rtacha balandligi 1500 m), eng
baland joyi A rlan (1280 m) tog'i. Katta Bolxon janubida
Kichik Bolxon (862 m) joylashgan.