yum shoq (yanvarning o'rtacha harorati 0°, iyulniki +24,
+30°C, yog'in miqdori 250-300 mm). Botqoq, o'tloq-
botqoq, tog' oldilarida bo'z tuproqlar tarqalgan. Efemer,
to'qay va buta o'sim liklari mavjud. Kemiruvchilar,
sudralib yuruvchilar va to'qay hayvonlari yashaydi.
1.8. Qozog'iston tabiiy-geografik kichik o'lkasi
Asosiy xususiyatlari: a) yog'inlar fasllar bo'yicha bir
tekis taqsim lanm aganidan yil bo'yi nam tanqisligi sezilib
turadi, shuning uchun efemer va efemeroid o'sim liklar
yo'q; b) tog' landshaftlari Turon kichik o'lkasidagiga
qaraganda pastroqdan 400-500 m dan boshlanadi; d)
tog'larda ignabargli o'rm onlar (qarag'ay) ancha keng
tarqalgan.