dengizlardan uzoqda joylashgan. Shu sababli subtropik
o'lkalardan farq qiladi. 0 ‘zbekistonning tabiiy sharoiti
cho‘lga xos (yozi
jaziram a issiq va quruq, qishi sovuq).
M aydoni 448,9 m ing km 2.
Chegaralari.
Qozog'iston bilan bo'lgan chegaralari
U styurt platosi, Orol dengizi, Qizilqum , Korjontog' va
Ugom tizm asining shim oli-sharqidan o'tadi. Q irg'iziston
bilan bo'lgan
chegaralari Piskom, Chotqol, Farg'ona va
Oloy tizm alari orqali, Tojikiston bilan bo'lgan chegarasi
Quram a, Turkiston, Zarafshon, H isor va Bobotog' orqali,
A fg'oniston bilan chegarasi esa A m udaryo orqali o'tadi.
Turkiston bilan bo'lgan chegara Amudaryo, K o'xitang
tog'i,
X orazm vohasi, Sariqam ish ko'ligacha davom
etadi.
1.10. O'zbekiston tabiatining umumiy tavsifi
Relyefi.
Tekislik (78,7%) va tog'lardan (21,3%) iborat.
Tekisliklari Turon tekisligining g'arbiy va shim oli-g'arbiy
qism ini egallaydi. Uning chekka shim oli-g'arbiy qismida
U styurt platosi joylashgan. C hinklar (tik jarlar) uning
chegaralari hisoblanadi. Uning eng baland qismi (292 m)
Q orabovur qirida. Platoning janubi-sharqida Sariqamish
botig'i joylashgan. A m udaryoning quyi qismi (44 ming
k m 2) delta tekisligidan iborat.
Orol dengizining janubi-
sharqiy qism idan Qizilqum boshlanadi. Uning markaziy
qism ida past tog'lar Bo'kantog', Tomditog', O vm inzatog',
Kuljuqtog', Yetimtog', g'arbida Sulton Uvays tog'i joy-
188
lashgan. Q izilqum ning katta qism ini qumli tekisliklar
egallagan (jo'yaksim on qum tepalari, do‘ng qumlar,
barxanlar). Tog‘larorasidabotiqlarjoylashgan(M ingbuloq,
Oyoqog'itma, Qoraxotin va h.k.).
Qizilqum ning sharq va
janubi-sharqida M irzacho‘1, Qarnob, Qarshi, M alik gilli
cho'llari joylashgan. Tog'lar 0 ‘zbekistonning sharqiy va
janubiy qism larini egallagan. Shimoli-sharqda G'arbiy
Tyanshyanning tog‘ tizm alari joylashgan (Qorjontog1,
Ugam, Piskom, Chotqol, Qurama), ular Talas (M anas
cho'qqisi, 4482 m) O latog'idan tarm oqlanib ketadi.
Chotqol va Q uram a tizm alari orasida Ohangaron platosi
joylashgan. G 'arbiy Tyanshanning o'rtacha
balandligi
2500-3000 m. Janubda Turkiston, Nurota, Zarafshon,
Hisor tog'lari bor. Zarafshon tizm asining O 'zbekiston-
dagi qismi Chaqilqalon va Qoratepa nomlari bilan ataladi.
O 'zbekistonning eng baland nuqtasi H azrati Sulton
(4643 m) cho'qqisi Hisor tog'ida joylashgan.