Chirchiq-Ohangaron vodiysi
Bu o'lka O 'zbekistonning shim oli-sharqida G 'arbiy
Tyanshan tog'lari va Sirdaryoning oralig'ida joylashgan.
Relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari.
Relyef shim oli-sharqdan janubi-g'arbga (Sirdaryo) tomon
pasayib boradi. Paleozoy, m ezozoy va kaynozoy tog'
jinslari tarqalgan. Relyefining shakllanishi paleozoy
erasidan boshlangan. Tog'lari dastlab kaledon, keyin
Gersin burm alanishida ko'tarilgan. Bu vodiy mezozoy
davrida dengiz ostida bo'lgan.
Chirchiq-Ohangaron rayoni relyefi jihatidan G'arbiy
Tyanshanning bir qismi hisoblanadi. Bu rayonlar Talas
olatog'idan janubi-g'arbga qarab panjasimon yo'nalishga
ega bo'lib, bir-biridan daryo vodiylari orqali ajralib
turadi.
Tog'lar, asosan, G 'arbiy Tyanshan tizim iga kiradi
(Korjantog', Ugam, Piskom, Chotqol, Qurama). Eng
baland nuqtasi Piskom tizm asidagi
Beshtor
cho'qqisi
(4299 m) hisoblanadi. Q uram a tizm asining suvayirg'ich
qismida Qamchiq dovoni (2268 m) joylashgan. Vodiylar
(Chirchiq, Chotqol, Piskom, Ugam, Ohangaron) tektonik
harakatlar tufayli vujudga kelgan. Bu yerda
ko'mir,