• Standartga o‘zgartish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan tashkilotlarning manfaatlariga monelik qilmasa, o‘zgartish faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.
  • Korxona va tashkilotlar tomonidan yuborilgan standart loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalar qayta ishlanib, ular asosida fikr-mulohazalar majmui tuziladi




    Download 103.34 Kb.
    bet77/87
    Sana18.03.2023
    Hajmi103.34 Kb.
    #45959
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi
    11 ma`ruza Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlaridan, 3 fazali ikki taktli sxema, Favqulotda vaziyatlarda samarali yongin o\'chirish uchun zam. tezis, 4 sinf ish reja 2021 2022 barcha fanlardan toliq yangi ishonchli, Fizika. 9-sinf (2014, P.Habibullayev, A.Boydedayev), fraksiya 1, ahborot tizimlarini loyihalash, 2-4-amaliy mashgulot, 1-amaliy, Tursunova Nargiza Taqdimoti-1, Oʻrta osiyo suv va suv resurslari (2) (Автосохраненный), 1610612813, Kursovoy proekt obrabotka rezultatov mnogokratnyh izmereniy, Ota ona bayonnoma
    Korxona va tashkilotlar tomonidan yuborilgan standart loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalar qayta ishlanib, ular asosida fikr-mulohazalar majmui tuziladi.
    Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot tuzilgan fikr-mulohazalar majmuiga binoan standart loyihasining so‘nggi tahririni ishlab chiqadi hamda tushuntirish xatini va asosiy tadbirlar rejasining loyihasini aniqlaydi.
    Ishlab chiquvchi tashkilot bilan boshqa manfaatdor tashkilotlar orasida standart loyihasi yoki asosiy tadbirlar rejasi loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘lsa, yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchilik-larni muhokama qilish uchun kengash o‘tkazadi.
    Kengashga ko‘rib chiqilgan standart loyihasi bo‘yicha va qaror qabul qilish vakolati berilgan asosiy manfaatdor tashkilotlarning va buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar) ning vakillari taklif etiladi. Ushbu kengashda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning har taraflama muhokama qilinishi va bu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash lozim bo‘ladi.
    Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kengash qatnashchilariga munozarali masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar majmuidan ko‘chirmalar yuboradi. Kengash taklifnomalarini uning qatnashchilariga kengash boshlanishiga kamida 10 kun qolganda oladigan qilib yuboriladi.
    Kengash qarori uning qatnashchilari imzo chekkan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilingan alohida ro‘yxatda kengash ishtirokchisining har birini familiyasini, ismi, otasining ismi va mansabi (tashkilotning nomini qo‘shib) ko‘rsatiladi.
    Kengashda qabul qilingan qarorga binoan, standart loyihasining so‘nggi tahriri tuziladi hamda tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi aniqlanadi. Bundan tashqari, agar standart loyihasida davlat nazorati, kasaba uyushmasi, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyati doirasiga taalluqli talablar qo‘yilgan bo‘lsa, loyiha ushbu idoralar bilan ham kelishib olinishi kerak.
    Standart loyihasi yuzasidan tashkilotlar o‘rtasida davom etayotgan kelishmovchiliklar bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zlariga yuklatilgan faoliyat turlari to‘g‘risida so‘nggi qarorni qabul qiladi.
    Standartga o‘zgartish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan tashkilotlarning manfaatlariga monelik qilmasa, o‘zgartish faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.

    Download 103.34 Kb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




    Download 103.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxona va tashkilotlar tomonidan yuborilgan standart loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalar qayta ishlanib, ular asosida fikr-mulohazalar majmui tuziladi

    Download 103.34 Kb.