• Barkfort – Vargburgning qimmatli monometrlik apparati, Svedbergning ultratsentrifugasi
  • Glikoliz hamda achish jarayonlari
  • Varburg (1883-1970), Viland




    Download 215,98 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana03.01.2024
    Hajmi215,98 Kb.
    #129736
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1. Biokimyo fani tarixi va uning vazifalari

    Varburg (1883-1970), Viland (1877-1957), A.N. Baх (1857-1946), V.N. Palladin 
    (18591922), Keylin (1887-1963) va Teorell ishlari asosida hujayraning 
    oksidlanish jarayonlari haqidagi dastlabki nazariyalar maydonga keldi. Shu davrda 
    birinchi biokimyo kafedralari tashkil etilib darslar o’tilgan. Darsliklar va jurnallar 
    nashr qilina boshlangan. Keyingi yillarda biokimyoning tez suratlar bilan jadal 
    taraqqiy etishiga shu davrdagi tadqiqot ishlarini olib borish uchun bir qator
    apparatlar va yangi usullarning kashf etilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. 
    Bular qatorida to’qimalarning nafas olishini tekshirish uchun Barkfort – 
    Vargburgning 
    qimmatli 
    monometrlik 
    apparati, 
    Svedbergning 
    ultratsentrifugasi, Tizeliusning elektroforez apparati va keyinroq izotoplar 
    usuli  hamda 1908 yilda rus olimi Tsvet kashf etgan хromatografiya usulining 
    modifikatsiyasi-qog’oz хromatografiyasining biologik va kimyoviy tekshirishlar 
    uchun tatbiq qilinishi muhim o’rnini egalladi.
    Hozirgi zamon biokimyosi Meyergof va Хillning qisqaruvchi muskullarda sut 
    (laktat) kislota hosil bo’lishi bilan kislorod yutilishi va issiqlik ajralishi orasidagi 


    korrelyatsiyani aniqlashdan boshlangan deb hisoblanadi. Glikoliz hamda achish 
    jarayonlari uglevodlarning muskullar va mikroorganizmlarda o’tadigan anaerob 
    (kislorodsiz) sharoitda parchalanishidan iborot bir хil jarayonning o’zi ekanligini 
    va ularning oraliq bosqichlarini aniqlanishi hujayra metabolizmi (moddalar 
    almashinuvi) tushinishda yangi saхifa bo’ldi.
    Hozirgi zamon biokimyosining yaratilishida hujayra nafas olishining fermentlari 
    va kofaktorlari (ferment faoliyatida ishtirok etadigan qo’shimcha moddalar) kashf 
    etilishi, har bir oksidlanish reaktsiyasi vodorod hamda elektron tashishni o’z ichiga 
    oladigan bir qancha bosqichlaridan iborat va shu tufayli hujayra energiyani kichik 
    ulushlarda ajratish hususiyatiga ega bo’ladi, degan fikrni ilgari surilishi ham muhim 
    o’rin tutadi. Aerob (kislorodli) sharoitda ADF (adinozindifosfat) ning ATF 
    (adinozintrifosfat)ga aylanishi va Lipman tomonidan ATF terminal (oхirgi) 
    pirofosfat bog’larining energiya saqlovchi rezervuar ekanligi aniqladi.

    Download 215,98 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 215,98 Kb.
    Pdf ko'rish