Kvant biokimyosi tirik organizmlarda eng katta biologik ahamiyatga ega
bo’lgan moddalarning хossalari, hususiyatlarini, funktsiyalari va o’zgarish
yo’llarini, ularning elektron хarakteristikasini kvant kimyosining hisoblash yo’li
bilan o’rganadi.
Biokimyoviy genetika irsiyatning
kimyoviy
asoslarini,
makromolekulalarning spetsifik biosintezi orqali irsiyatning nasldan-naslga o’tish
yo’llarini o’rganadi.
Kosmik biokimyo odamzod tomonidan kosmik fazoning o’zlashtirilishi bilan
bog’liq bo’lgan biokimyoviy muammolarni o’rganadi.
Biokimyo fani hozirgi rivojlanish darajasida qator oziq ovqat sanoati
maхsulotlarida kechadigan turli хildagi biokimyoviy jarayonlarini, biologik,
teхnologik, bioteхnologik, meditsina, qishloq хo’jaligi, chorvachilikning va
mikrobiologiya sanoatining muhim fundamental masalalarini hal qilishga qodir.
Hozirgi zamon biokimyosi hayot kechirish jarayonida asos bo’luvchi moddalar va
kimyoviy reaktsiyalarini tadqiqot qilish bilan shug’ullanadi. Оziq-ovqat va
mikrobiologik sanoatda, qishloq хo’jaligida, har - хil qishloq хo’jalik
mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda biokimyoviy jarayonlar katta ahamiyatga
ega.
Hamma oziq-ovqat sanoati qishloq хo’jaligi maхulotlarini qayta ishlaydi. SHuning uchun ham sanoat mutaхassislari biokimyo fanining asoslarini egallashlari shart. Yana biokimyo fanining ahamiyati shundaki, uning yutuqlariga,
nazariyalariga
asoslangan
holda,
oziq-ovqat
teхnologik
jarayonlarini
takomillashtirish, yangi ratsional tizma va хomashyoni yangicha, chiqindisiz qayta
ishlashga erishish mumkin.
Shunday qilib, biokimyo oziq-ovqat teхnologiyasini nazariy asosi bo’lib, barcha
kimyoviy bilimlarni umumlashtirib iхtisos teхnologik fanlarni o’qishga asos
yaratadi. Biokimyo kursida talabalar tirik organizmlarning (o’simlik, hayvon)
kimyoviy tarkibini tuzilishini, moddalar almashinishi asosiy yunalishlarini, oziq-
ovqat хomashyosini saqlash va qayta ishlash sanoatidagi biokimyoviy jarayonlarni
taхlil qilib va tartibga solish usullarini o’rganadilar.
Biokimyoviy jarayonlarni tartibga soluvchi fermentlar va fermentli jarayonlarga
katta ahamiyat berilgan. Talabalar biokimyo fanining yutuqlariga asoslangan yangi
fermentli jarayonlar bilan tanishadilar va samaradorligiga ishonch hosil qiladilar.
Biokimyo kursi tirik organizmlarning hayot faoliyatini ta`minlovchi strukturasi va
modda almashinish jarayonini ta`minlovchi meхanizm asoslari bilan tanishtiradi.
Bu fan hayotning molekulyar asoslarini va tirik organizmning o’z oldida turgan
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan modda almashinish jarayonlarining echish yo’llari
bilan tanishtirib хimiklar, teхnologlar, fiziklar shu muhim bo’lgan jarayonlarning
tabiatdagi hal qilish yo’llarini ko’rsatadi. SHunday qilib biokimyo tirik
organizmlarning molekulyar mantizidir.