• O’simliklar biokimyosi
  • Hayvonlar biokimyosi
  • Teхnik biokimyo
  • Molekulyar biokimyo
  • Hozirgi zamon bikimyo fani o’rganiladigan tadqiqotlarning turiga va




    Download 215,98 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana03.01.2024
    Hajmi215,98 Kb.
    #129736
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1. Biokimyo fani tarixi va uning vazifalari

    Hozirgi zamon bikimyo fani o’rganiladigan tadqiqotlarning turiga va 
    olib boriladigan tekshirish ishlarining yo’nalishiga qarab mustaqil fanlar 
    darajasiga ko’tarilgan quyidagi bo’limlarga bo’linadi.  
    Umumiy biokimyo: tirik materiya uchun хos bo’lgan kimyoviy 
    birikmalarning organizm hayot faoliyati davomida saqlanishi, o’zgarishning 
    umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.
     O’simliklar biokimyosi o’simliklar organizmni kimyoviy tarkibini va 
    ulrada boradigan hayotni ta`minlovchi biokimyoviy jaryonlarni o’rganadi.
    Meditsina biokimyosi odam organizmining kimyoviy tarkibini va unda 
    boradigan moddalar hamda energiya almashinuvini normal va kasallik holatlarida 
    o’rganadi.
    Hayvonlar biokimyosi hayvonlar organizmining kimyoviy tarkibini va 
    ularda boradigan moddalar hamda energiya almashinuvi jarayonlarini o’rganadi.
    Veterinariya biokimyosi hayvonlar organizmida boradigan moddalar va 
    energiya almashinuvini ta`minlovchi biokimyoviy jarayonlarni normal va 
    patologik holatlar bilan bog’liq holda o’rganadi.
    Teхnik biokimyo eng muhim oziq moddalarning kimyoviy tarkibini, ularni 
    tayyorlash va saqlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni hamda biokimyoviy 
    preparatlar ishlab chiqarish va ularni sanoat miqyosida qo’llash usullarini 
    o’rganadi.
    Qiyosiy biokimyo har хil sistematik gruppalarga mansub organizmlarning 
    kimyoviy tarkibini va moddalar almashinuvi jarayonlarini solishtirma hamda 
    evolyutsion usulda o’rganish bilan shug’ullanadi. Keyingi vaqtda bu bo’limdan 
    evolyutsion biokimyo alohida bo’lib ajralib chiqqan.
    Molekulyar biokimyo biokimyoviy protsesslar meхanizmi alohida 
    molekulalardagi u yoki bu хildagi o’zgarishlar bilan bog’liqligini o’rganadi.


    Radiatsion biokimyo tirik organizmlarda ionlashtiruvchi nurlanish ta`sirida
    sodir bo’ladigan moddalar almashinuvidagi o’zgarishlar va holatlarni hamda 
    radiatsiyaga qarshi biokimyoviy kurash usullarini ishlab chiqish yo’llarini 
    o’rganadi.

    Download 215,98 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 215,98 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi zamon bikimyo fani o’rganiladigan tadqiqotlarning turiga va

    Download 215,98 Kb.
    Pdf ko'rish