-Mavzu: Suyultirilgan va siqilgan gazlarda ishlovchi avtomobillar uchun mo‘ljallangan gaz uskunalariga servis xizmat ko‘rsatish




Download 13,22 Mb.
bet29/36
Sana31.01.2024
Hajmi13,22 Mb.
#149374
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
Ma\'ruza avt servis

23-Mavzu: Suyultirilgan va siqilgan gazlarda ishlovchi avtomobillar uchun mo‘ljallangan gaz uskunalariga servis xizmat ko‘rsatish.
Reja:
1.Suyultirilgan va siqilgan gazlar.
2. Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmali avtomobilining ta’minlash tizimi.
3. Suyultirilgan va siqilgan gazlarda ishlovchi avtomobillar uchun mo‘ljallangan gaz uskunalariga servis xizmat ko‘rsatish.

Yuqori bosim manometri 21 yordamida ballonlardagi gaz bosimi va unga proporsional ravishda miqdori nazorat qilinadi. Past bosim manometri 20 yordamida esa reduktorning ishlashi nazorat qilinadi. Ikkala manometr ham avtomobil kabinasidagi asboblar taxtachasiga o‘rnatilgan.


Ballonlar gaz bilan ventil (jo‘mrak) 5 orqali to‘ldiriladi.
Rasmda keltirilgan qurilma universal bo‘lib, rezervdagi benzin yonilg‘i tizimi tufayli, ehtiyot bo‘lganda benzinda ham me’yoriy ishlashlik imkoniyatini beradi.
Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmalarda gazni bug‘simon holatga o‘tishi maxsus issiqlik almashtirgichda, ya’ni bug‘latgichda sodir bo‘ladi. Suyultirilgan gaz qurilmasning o‘ziga hosligi, undagi ish bosimi ballondagi gaz miqdoriga bog‘liq bo‘lmay, balki gaz aralashmasining komponent tarkibi va atrof-muhit haroratiga bog‘liqligidadir. Suyultirilgan gaz qurilmasida, siqilgan gaz qurilmasidan farqli ravishda, ballondagi suyuqltirilgan gaz miqdorini aniqlash uchun maxsus sath ko‘rsatkich o‘rnatilishi lozim bo‘ladi.
Suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan qurilmali avtomobilining ta’minlash tizimini (31-rasm) ko‘rib chiqiladi.
Suyultirilgan gaz platforma ostida o‘rnatilgan va ramaning chap tomon lonjeroniga qotirilgan hajmi 225 litrli ballonda 20 saqlanadi. Ballonning old devoriga sarflash ventillari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali gaz ballon o‘lchagichidan (troynigidan) 19 tezlik klapaniga 18 o‘tadi. Gaz yuqorida o‘rnatilgan sarflash ventilidan esa suyuq fazadan olinadi.
Uchlikdan (troynikdan) 19 gaz naychalar 16,17 orqali elektromagnit klapaniga 15 o‘tadi. O‘t oldirish ulanganda gaz yuqori bosimli shlang orqali 12 dvigatelning kiritish kollektoriga 1 o‘rnatilgan bug‘latkichga 13 uzatiladi. Bug‘latgichdan 13 gaz ikki pog‘onali reduktorga 8 kiradi va bosimini kamaytiradi. Reduktorning birinchi pog‘onasidan oldin filtr 9 o‘rnatilgan. Reduktorning ikkinchi pog‘ona bo‘shlig‘idan gaz dozalovchi-ekonomayzer qurilmasiga o‘tadi va undan dvigatelning ish rejimiga mos ravishda kerakli miqdordagi gaz aralashtirgichga 7 yuboriladi.
Dvigatelning ishga tushirish tizimi dozalovchi jiklyorli elektromagnit ishga tushirish klapani 10, naychalar va klapanni o‘chirgichlarini o‘z ichiga oladi. Sovuq dvigatelni o‘t oldirishda ishga tushirish klapani ulangandan so‘ng, gaz reduktorni birinchi pog‘onasidan bosim ostida naycha 2 orqali aralashtirgichni salt ishlash tizimiga o‘tadi.
Ta’minlash tizimining ishlashi haydovchi kabinasiga o‘rnatilgan manometr orqali nazorat qilinadi. Reduktorning birinchi pog‘onasidan so‘ng gaz bosimi 0,12÷0,15 MPa bo‘lishi lozim.
Gaz ballonli qurilmalarning reduktorlari. Gaz reduktorining vazifasi ballondan dvigatelga kirayotgan (o‘tayotgan) gaz bosimini kamaytirish, dvigatelni ish rejimlariga mos ravishda aralashtirgichga uzatilayotgan gaz miqdorini avtomatik rostlash (o‘zgartirish) hamda dvigatel ishlashdan to‘xtaganda gaz magistralini bir lahzada uzib qo‘yishdan iborat.
Konstruktiv nuqtai nazaridan avtomobil gaz reduktorlari dozalovchi, pasaytiruvchi (razgruzochnoye) qurilmalar va pnevmatik yuritmali ekonamayzerdan iborat membrana-richag turli ikki pog‘onali avtomatik bosim regulatoridir.

Download 13,22 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Download 13,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Suyultirilgan va siqilgan gazlarda ishlovchi avtomobillar uchun mo‘ljallangan gaz uskunalariga servis xizmat ko‘rsatish

Download 13,22 Mb.