|
-Mavzu: Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning umumiy tuzilishi
|
bet | 25/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servis18-Mavzu: Karbyuratorli va injektorli dvigatellarning umumiy tuzilishi.
Reja:
19-Mavzu: Karbyuratorning dvigatel tejamli ishlash tartibiga ta’siri.
Reja:
20-Mavzu: Yoqilg‘ini uzatish va yonib bo‘lgan gazlarni chiqarish qismlarining tuzilishi va ishlash tartibi.
Reja:
1. Ichki yonuv dvigatellari.
2. Elektron yonilg‘i purkash tizimi.
3. Yoqilg‘ini uzatish va yonib bo‘lgan gazlarni chiqarish qismlarining tuzilishi va ishlash tartibi.
Ichki yonuv dvigatellarining ishlashi uchun uni havo va yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash kerak bo‘ladi.
Ta’milash tizimining vazifasi dvigatelning ish rejimiga mos ravishda ma’lum tarkibdagi yonuvchi aralashma tayyorlash (benzinli dvigatellarda silindrdan tashqarida, dizellarda silindr ichida) va uni kerakli miqdorda silindrlarga uzatish hamda ulardan ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi.
Ishlatiladigan yonilg‘ini turiga qarab ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi:
benzinli (karburatorli va injektorli) dvigatellar;
dizelli dvigatellar;
gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyuq va siqilgan) dvigatellar.
Karburatorli yonilg‘i ta’minlash tizimi bir vaqtning o‘zida quvvatni, momentni oshirgan holda yonilg‘i tejamkorligini oshirish va chiqindi gazlarni zararsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talabga javob bera olmaydi.
Karburatorli dvigatellarning ta’minlash tizimining asosiy kamchiligi quyidagidan iborat:
silindrlar sonini karburatordan har xil masofada joylashgan;
yonilg‘i aralashmasi karburatorda tayyorlanadi va silindrlarga tayyor aralashma uzatiladi.
Bu kamchiliklar natijasida silindrlarga har xil tarkibdagi yonilg‘i aralashmasi yetib boradi va yonilg‘i sarfi oshadi.
Bu kamchiliklarni yo‘qotish uchun yonilg‘i aralashmasini har bir silindr oldida tayyorlash kerak bo‘ladi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida har bir silindrning kiritish klapanlari yaqinida yonilg‘i aralashmasini tayyorlaydigan elektron yonilg‘i purkash tizimi (injektorlar) qo‘llaniladi.
Elektron yonilg‘i purkash tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
Yonilg‘i uzatish tizimi. Yonilg‘ini bakdan purkash injektorlariga yetkazib berish va ishlash uchun zarur bo‘lgan bosimni hosil ilish va ushlab turish uchun xizmat qiladi (28-rasm).
Yonilg‘i uzatish tizimi yonilg‘i nasosi, yonilg‘i filtri, yonilg‘i taqsimlash trubasi, bosim rostlagich, sovuq holda ishlaydigan va purkash injektorlaridan tashkil topgan (29-rasm).
Yonilg‘i uzatish tizimidagi yonilg‘i taqsimlash trubasi quyidagi muhim vazifani bajaradi:
yonilg‘ini yig‘ish;
yonilg‘ini bir xil bosim ostida ushlab turish va silindrlarga uzatish; - yonilg‘i bosimi miqdorini tebranishini oldini olish; - injektorni sodda o‘rnatish.
28-rasm. Injektorli dvigatel.
29-rasm. Injektor.
Purkash injektori (29-rasm). Purkash injektori yonilg‘i taqsimlash trubasiga har bir silindrning kiritish klapani yaqiniga yonilg‘ini bosim ostida purkab berish uchun xizmat qiladi. Elektromagnitli purkash injektorli elektr impulsi yordamida elektron boshqarish blokidan boshqariladi.
|
| |