|
1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja
|
bet | 23/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servisMoy filtrlari moyni, dvigatel detallarining yeyilishi natijasida xosil bo‘ladigan metall zarrachalari, shuningdek, chang va moyning eskirishi natijasida unda xosil bo‘ladigan turli oksid moddalari va boshqa ifloslantiruvchi elementlardan tozalaydi. Arganik va noarganik zarrachalar bilan ifloslangan moy, detallarning ishqalanib ishlaydigan yuzalarining tez yeyilishiga sabab bo‘ladi va moy kanallarini ifloslantiruvchi smola va moy quyilari bilan to‘lib olishiga olib keladi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida qo‘llaniladigan filtrlarning turi moyni tozalash usuliga ko‘ra, tirqishli yoki markazdan qochma bo‘lishi mumkin. Tirqishli filtrlarda moyning tozalanish darajasi uning moy o‘tkazadigan mikro teshikchalari (tirqishlari)ning o‘lchami bilan belgilanadi. Markazdan qochma filtrlarda qattiq zarrachalarni moydan ajratish markazdan qochma kuch ta’sirida amalga oshiriladi.
Filtrlar, ushlab oladigan zarrachalarning o‘lchamlariga ko‘ra dag‘al (40mkm gacha zarrachalarni ushlaydi) va mayin (1..2mkm gacha zarrachalarni ushlaydi) filtrlarga bo‘linadi.
16-Mavzu: Moylash tizimini tashxislash.
Reja:
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida mayin filtr sifatida tirqishli yoki markazdan qochma tozalash filtrlaridan foydalanilmoda. Bunday filtrlar moyni 1-2mkm gacha bo‘lgan mexanik zarrachalardan to‘la tozalaydi. Shuningdek, smola va moy quyilarini ham ushlab qoladi. Tirqishli filtrlarda almashtirib turiladigan tozalovchi elementi sifatida lentali-qog‘oz, maxsus karton yoki karton disklar to‘plami va boshqa materiallardan foydalaniladi. Nasosdan bosim bilan xaydalgan moy filtrlovchi elementlarning mikro kavaklaridan (tirqishlaridan) tozalanib o‘tib asosiy moy kanaliga boradi.
Karterni shamollatish. Dvigatelning ish jarayonida porshen ustida xosil bo‘lgan yuqori bosimga ega gazlarning bir qismi porshen xalqalari bilan silindr oralig‘idagi tirqishdan karterga o‘tadi. Bu gazlar yonuvchi aralashma, to‘la va qisman yongan maxsulotlardan iborat bo‘lib karter gazlari deb ataladi. Karterga o‘tadigan gazlarning miqdori dvigatel yuklanishining ortishi, shuningdek silindr, porshen va porshen xalkalari yeyilishining oshishi natijasida ko‘payib boradi. Bu gazlarning tarkibida yonilg‘i va suv bug‘i, karbonat angidrid, oltingugurt, azot va qisman karbon-vodorod birikmalari bo‘ladi. Yonilg‘i bug‘i tomchiga aylanib moyni suyuqlashtiradi, suv bug‘i va boshqa birikmalar moyni oksidlaydi, natijada moyning sifati yomonlashadi. Karter gazlarining moyga yomon ta’sirini kamaytirish uchun ularni karter bo‘shlig‘idan uzluksiz ravishda chiqarib turish lozim bo‘ladi. Shuningdek karter bo‘shlig‘ini yetarli darajada shamollatilmasa, karterda gaz bosimi ortib, tirsakli valning salnik elementi va karterning zichlovchi qistirmalaridan moy oqaboshlaydi. Bundan tashqari, gazlar kabina yoki kuzovga o‘tsa, xaydovchi va yo‘lovchilarni zaxarlaydi.
Gazlarni karterdan uzluksiz chiqarib turish karter bo‘shlig‘ini shamollatish; bu jarayonni ta’minlovchi majmua tuzilmalarni karterni shamollatish tizimi deb ataladi.
Shamollatilganda karter moyining sifati nisbatan yaxshi saqlanadi uni almashtirish orqalig‘i uzayadi va dvigatelning xizmat muddati ortadi.
Avtomobil dvigatellarida ikki xil shamollatish usuli qo‘llanilgan bo‘lib, agar karter gazlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga, atmosferaga so‘rilishini ta’minlansa ochiq yoki dvigatelning ta’minlash tizimiga ya’ni kiritish taktiga majburiy qaytarilsa yopiq shamollatish tizimi deyiladi.
Moyning ifloslanishi va sizib oqishi, tizimdagi bosimni ortib yoki pasayib ketishi - moylash tizim idagi nosozliklar alomati bo‘lib hisoblanadi. Moy sathi yetarlich bolm aganda yoki u suyulib ketganda, moy oqishi paydo bo’lganda, moy nasosining detallari hamda tirsakli va taqsimlash vallari podshipniklari yeyilganda, reduksion klapan ochiq holatda buzilib qolganda tizimdagi bosimning pasayib ketishi kuzatiladi. Bosimning ortib ketishi esa, qovushqoqligi tavsiya etilgandan katta bo'lgan moy ishlatilishi, reduksion klapan yopiq holatda buzilib qolishi, moy magistralini kirlanib ketishi natijasida yuzaga keladi. Texnik xizmat ko’rsatish. Kundalik xizmat ko'rsatishda moy oqqanoqmaganligi tekshiriladi. Dvigatel karteridagi moy sathi nazorat qilinadi va zarur hollarda moy quyib turiladi. Dizellarda yuqori bosimli yonilg'i nasosidagi va tirsakli valning aylanishlar chastotasining rostlagichidagi moy sathi tekshiriladi. Dvigatel tekshirish uchun yurgazib ko'riladi va to'xtagandan so'ng, markazdan qochma moy tozalash filtrining ishlashi eshitib ko'rish bilan tekshiriladi. 1-TXK o'tkazilganda: havodagi chang miqdori ko'p bo'lgan sharoitda ishlagan dvigatel karteridagi moy almashtiriladi, filtrlar korpusidan cho'kindilar to'kib tashlanadi va m arkazdan qochma moy tozalash filtri qalpog'ining ichki sirti quyqumlardan tozalanadi, karterni shamollatishda ishlaydigan havo filtrining filtrlovchi elementi yuvib tozalanadi. Moy sathini tekshirish uchun dvigatel to'xtatiladi, moy karterga oqib tushguncha 2 - 3 daqiqa kutib turiladi, moy o'lchovchi sterjen (shchup) sug'uriladi va uni artib o'z joyiga, oxirigacha kiritiladi, so'ng yana sug'urib belgilarga qarab moy sathi aniqlanadi. Agar moy sathi "Kamigaquy ” (25.12-chizma) belgisidan pastda bo'lsa, u holda “To'la ” belgisiga qadar moy quyiladi. Uzoq vaqt to'xtab turgan dvigateldagi moy sathi, yurgizishdan oldin, moy o'lchovchi sterjendagi to'g'ri burchakli belgiga (1) m os kelishi kerak. Dvigatel karteridagi moy tayyorlovchi-zavod tavsiya etgan davriylik bo'yicha almashtirib turiladi. Moy almashtirilganda - dag'al tozalash filtrining filtrlovchi elementi yuviladi va mayin tozalash filtrining elementi almashtiriladi yoki markazdan qochma moy tozalash filtri tozalanadi, moy filtrlari korpusidan cho'kindilar to'kib tashlanadi, dvigatel karterini shamollatuvchi klapan tozalanadi va yuviladi. Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatishda, moy rusumi almashtirilganda (yil fasliga qarab) dvigatel moylash tizimi yuviladi, qishki tayyorgarlikda moy radiatori uzib qo'yiladi. Ishlatilgan moyni dvigatel qizib turganda to'kish tavsiya etiladi. Buning uchun karter poddonidagi tiqin bo'shatib olinadi va ishlatilgan moy to'kib tashlanadi. Moy filtrlarining korpuslaridan (qalpoqlaridan) cho'kindilar to'kib tashlanadi, filtrlar qismlarga ajratiladi va yuviladi. Moy haddan ziyod ifioslangan bo'lsa, dvigatel karteri ham yuviladi. Karterni yuvish uchun unga, moy o'lchovchi sterjendagi pastki belgiga qadar, qovushqoqligi kichik bo'lgan (qishki) toza moy quyiladi, dvigatel yurgaziladi va unga 2 - 3 daqiqa salt ishlashga imkon beriladi. So'ng, yuvish uchun ishlatilgan moy to'kib tashlanadi, karterga yangi moy quyiladi va dvigatel 3 - 5 daqiqa yurgazib turiladi. Dvigatel to'xtatilib, 5 - 1 0 daqiqa o'tgandan so'ng karterdagi moy sathi o'lchanadi. Moyni (va yonilg'ini) oksidlanishi oqibatida qurum va laksimon cho'kindilar hosil bo'ladi. Moy magistrallari va filtrlari kirlanganda, qurum zarrachalari dvigatel karteriga tushib qoladi. Moy filtrlarini tozalash uchun ular qismlarga ajratiladi, kerosin bilan yuviladi va artib yoki siqilgan havo purkalib quritiladi. Mayin tozalash filtrining ifioslangan elementlari almashtiriladi.
Birinchi toifali ekspluatatsiya sharoitlarida ishlagan КамАЗ-740 dvigatelining moylash tizimidagi filtrlovchi elementlar 12 ming km masofa bosib o'tilgandan so'ng moy bilan birgalikda almashtiriladi. Markazdan qochma moy tozalash filtrini tozalash uchun, qizigan dvigatel to'xtatiladi va karterga moy oqib tushishi uchun 20 - 30 daqiqa kutib turiladi; gayka bo'shatib olinadi va g'ilof yechiladi; tiqin burab olinadi va teshikka rotor aylanib ketmasligi uchun sumba (borodok) tiqiladi; rotor va qalpoqqa belgi qo'yiladi; gaykani bo'shatib qalpoq yechib olinadi; so'ng plastmassa kirgizma ,to'r-filtr va qistirma ham olinadi. Yechib olingan detallar kirlardan va quyqalardan tozalanadi. Yig'ish, teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda zichlovchi rezina halqalarning holatiga va g'ilof qistirmasini o'rnatishga e’tiborni qaratish lozim. Shuningdek, rotor va qalpoqchaga belgilar ham mos tushishi kerak.
|
| |