|
1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja
|
bet | 1/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servis
1- Mavzu: Kirish.Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari.
Reja:
1.Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari.
2.Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi.
3.Avtotransport sanoatini rivojlantirish sohasida hukumatlarning qarorlari.
Insoniyat hayoti avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Avtomobilni bajaradigan fuksiyasiga qarab to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat ishonchli va chidamli xizmat qiladi.
Avtomobil – o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobillotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir.
Transport avtomobillariga yo‘lovchi, yuk va yuk yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari kiradi.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish kabi avtomobillar kiradi.
Vazifasiga ko‘ra avtomobillar quyidagi turlarga bo‘linadi.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan.
Yuk avtomobillariga yetakchi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar kiradi va ular yuk tashish uchun xizmat qiladi.
Yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkiga bo‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. O‘rindilar soni haydovchi o‘rindig‘i bilan birga 8 tagacha bo‘lsa yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo‘lsa avtobus deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmi bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:
|
| |