|
1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja
|
bet | 5/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servisKengayish yoki ish yo‘li takti, ikkala klapanning yopiq xolatida tirsakli valning 360 dan 540° gacha burilishida amalga oshadi. Ishchi aralashmaning alangalanishi natijasida silindrdagi harorat va bosim tez ko‘tariladi. Gazlarning maksimal harorati esa benzinli dvigatellarda 2200...2500°S ga, dizellarda 1600...1900°S ga yetadi.
Chiqarish takti, porshenning PCHN dan YUCHN ga tomon harakatlanishi bilan boshlanadi va tirsakli valning 540...720°S gacha burilishida davom etadi. Bunda chiqarish klapani ochiq bo‘ladi. Bu takt davomida, porshen yuqoriga harakatlanib ishlatilgan gazlarni atmosferaga siqib chiqaradi va silindrni tozalaydi. Takt oxirida silindr ichida qolgan gazlarning harorati esa 600...950°S ni tashkil etadi (14g rasm).
Ikki taktli dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda ham xuddi to‘rt taktli dvigatellar kabi ish aralashmasini silindr tashqarisida yoki ichida tayyorlanadi. Shunga qarab bu sikl bo‘yicha ishlaydigan dvigatellar karburatorli, injektorli yoki dizel bo‘lishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga haydash bilan silindrni tozalash uchun yonilg‘i aralashmasi (karburatorli dvigatelda) yoki havo oqimidan (dizelda) foydalaniladi.
Dvigatelning turli silindrlarda bir xil nomli taktlarning takrorlanishidagi ketma-ketlik dvigatelning ish tartibi deb ataladi. To‘rt silindrli to‘rt taktli dvigatellarning ish tartibi 1-3-4-2 yoki 1-2-4-3 ketma-ketligida bajarilishi mumkin.
1-jadval
To‘rt taktli to‘rt silindrli ish tartibi 1-3-4-2 bo‘lgan dvigatelda taktlarning takrorlanishi
|
| |