9-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmlariga servis xizmat ko‘rsatish.
Reja:
1. Gaz taqsimlash mexanizmlari.
2. Gaz taqsimlash mexanizmlariga servis xizmat ko‘rsatish.
3. Gidrokompensatorning ishlashi.
Klapanlar yuqori harorat sharoitida ishlaydi. Qizigan dvigatelda klapanning o‘z o‘rindig‘iga jips o‘rnashishi ishonchli bo‘lishi uchun klapan sterjeni bilan koromislo 10 (20 b, v-rasm) yoki turtkich 2 (21arasm) oralig‘ida katta bo‘lmagan (A=0,15….0,30 mm) tirqish nazarda tutilishi lozim. Chunki klapanlarning qizishi natijasida ularning sterjeni uzayadi. Shunda, agar tirqish bo‘lmasa, klapanning qizigan sterjeni koromisloga tiralib qolib yuqoriga emas pastga, kallagi tomon uzayadi. Natijada klapanning kallagi o‘z o‘rindig‘iga jips o‘rnashmasdan dvigatel ish jarayonining normal o‘tishini buzilishiga olib keladi. Ya’ni, ayniqsa ish yo‘li taktida yuqori harorat va bosimga ega gazlar to‘liqligicha porshenga ta’sir etmasdan qisman ochiq qolgan klapan orqali tashqariga chiqa boshlaydi. Buning oqibatida klapanning ishchi yuzasi kuyadi, dvigatel quvvati pasayadi. Tirqish me’yoridan katta bo‘lsa klapanning ochiqlik davrining qisqarishi hisobiga bunda ham dvigatelning quvvati pasayadi, uning ishlashida o‘ziga xos shovqin (taqillash) kuzatiladi. «Issiqliq» deb nomlangan bu tirqishni rostlash uchun taqsimlash mexanizmi yuritmasida rostlovchi bolt va qotiruvchi gayka o‘rnatilgan. Ayrim zamonaviy avtomobil dvigatellari gaz taqsimlash mexanizmining yuritmasida «gidrokompensator» deb nomlangan tuzilma qo‘llash bilan klapanlar tirqishsiz o‘rnatilgan. Bunday konstruksiyani qo‘llash gaz taqsimlash mexanizmining shovqinsiz ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, texnik qarovda tirqishni rostlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar qisqaradi. Gidrokompensatorni yuritmada joylashtirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Neksiya avtomobilining S2 rusumli dvigatelida gidrokompensator turtkich ichida joylashtirilgan bo‘lib, u dvigatelning moylash tizimi bilan bog‘langan (22- rasm).
22-rasm. Neksiya avtomobili S2 rusumli dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmida gidrokompensatorning joylashtirish sxemasi:
1-taqsimlash valining mushtchasi; 2-gidrokompensator; 3-moy kanali; 4-klapan.
|