-Mavzu: Krivoship-shatun mexanizmining (KSHM) texnik holatini tashxislash




Download 13,22 Mb.
bet11/36
Sana31.01.2024
Hajmi13,22 Mb.
#149374
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
Ma\'ruza avt servis

6-Mavzu: Krivoship-shatun mexanizmining (KSHM) texnik holatini tashxislash.
Reja:
1. Silindrlar bloki va kallagi.
2. Dvigatelning asosiy nosozliklari
3. Krivoship-shatun mexanizmining (KSHM) texnik holatini tashxislash.

Silindrlar bloki va kallagi (yoki kallaklar) krivoship-shatun mexanizmining eng yirik va m urakkab detallari hisoblanadi. 2.1-chizmadan ko‘rinadiki, silindrlar bloki (5) va silindrlar kallagi (1) murakkab shaklga ega. Shuning uchun ular quyish usuli bilan tayyorlanadi. Ular orasiga germetiklikni saqlash uchun qistirma (prokladka) (9) qo‘yiladi. Blokning old tom oniga (ba’zan orqa tom oniga) qistirma (6) q o ‘yib taqsimlovchi shesternalar qopqogl (8) mahkamlanadi. Krivoship-shatun mexanizmining qolgan barcha detallari (2.2-chizma) silindrlar blokida joylashadi va ular, odatda, bir necha guruhga ajratiladi. Silindrlar bloki. Uni asosan cho‘yandan (C H 21-40, CH 18-36) va alum iniy qotishmasidan (masalan, А Л 4 ) quyish usuli bilan tayyorlanadi. Cho’yan va aluminiy blok-karterlarining massalari nisbati taxminan 4:1 ga teng. Karterning yuqori qismi blok bilan bir butun holda qo‘yilgan bo'ladi. Quyib tayyorlangan silindrlar blokida, silindrlarni qamrab turuvchi sovitish g'ilofi, tirsakli valning o'zak podshipniklari va taqsimlovchi valning podshipniklari uchun tagliklar (uyalar), boshqa uzellar hamda detallarni o'rnatish uchun maxsus joylar m avjud bo'ladi. Cho'yan blok-karterlar silindrlar bilan yaxlit tarzda, bir butun yoki silindrlari (gilzalari) olib-qo'yiladigan qilib, aluminiy blok-karterlar esa faqat gilzalari olib qo'yiladigan qilib tayyorlanadi. Gilzalar blokka zichlovchi qistirmalar yoki rezina halqalar (3) (2 .1-chizmaga qarang) yordamida zich o'tkaziladi. Gilzaning (yoki silindrlarning) juda aniqlik bilan ishlov berilgan ichki yuzasi uning ko'zgusi deb ataladi. Silindrlar kallagi. Kallak silindrlarni yuqori tomonidan berkitadi. Unda klapanlar, yonish kamerasi, svechalar, forsunkalar joylashgan bo'ladi. Shuningdek, silindr kallagiga klapanlarning o'rindiqlari hamda yo‘naltiruvchi vtulkalari tig‘izlik hisobiga o'tkazilgan. Silindrlar bloki bilan uning kallagi oralig‘i, po'lat asbestli qistirma yordam ida zichlanadi. Silindr kallagi va klapanlar qopqog‘i orasiga esa po‘kak yoki rezina qistirmalar qo‘yiladi. Silindr kallagi aluminiy qotishmasi yoki cho‘yandan quyib tayyorlanadi. Silindrlari bir qator joylashltirilgan dvigatellarda bitta kallak bo‘lsa, V simon dvigatellarda esa bir nechta kallak bo‘lishi mumkin. Masalan, З И Л -130 dvigatelida ikkita (har bir qator uchun), ЯМ З-240 dvigatelida to‘rtta (har uch silindr uchun), КамАЗ-740 dvigatelida sakkizta (har bir silindr uchun) kallak bo'ladi.



1-o ‘ng qalordagi silindrlar kallagi; 2-silindr gilzasi; 3-gilza qislirmasi; 4-gilzaning yo'naltiruvchi uyasi (poyasok); 5-silindrlar bloki; б-taqsimlovchi shestem yalar qopqogining qistirmasi; 7-tirsakli valning oldingi salnigi;
Dvigatelning asosiy nosozliklari. Quvvat sezilarli kam ayganda, yonilg'i va moy sarfi ko‘payganda, taqillash paydo bo’lganda, notekis ishlaganda va tutaganda dvigatel diagnostika qilinadi. Undagi nosozliklarning sabablari hamda rostlash va ta'mirlash ishlariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi. Dvigatelni diagnostikalashda u ko‘zdan kechiriladi va yurgazib ko‘riladi, quvvat miqdori o‘lchanadi, krivoship-shatun m exanizmi va gaz taqsimlash mexanizmining texnik holati tekshiriladi. Dvigatelni ko’zdan kechirish va yurgazib ko‘rish moy, yonilgl yoki suvni sizib chiqishini ko‘z bilan aniqlashga hamda dvigatelni oson yurishini, bir m arom da ishlashini va tutashishini baholashga imkon beradi. Dvigatelning ishlashini eshitish bilan shovqin va taqillashning bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bunday tekshirish yordamida dvigatelning odatiy nuqsonlarini chuqurlashtirilgan diagnostika o‘tkazilgunga qadar aniqlash mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘p holatlarda sizib chiqishni, birikmalarni qotirish yoki shikastlangan qistirmalarni almashtirish bilan tuzatish mumkin. Dizel dvigatelining tutashi yoki benzinli va gazli dvigatellarning chiqindi gazlari tark ibidagi C O miqdorini ko‘payib ketishi, ko'p hollarda yonilg‘i apparatlarining nosozligi natijasida vujudga keladi. Taqillash va qattiq tovushlar porshen barmoqlarini, porshen bo’lmasidagi teshiklarni, shatunlarning yuqorigi kallagidagi vtulkalarni, shatun va o‘zak podshipniklarning ichqo‘ymalarining yeyilishi natijasida hosil bo’lishi mumkin. Ular silindr va porshen yuzalari tirnalganda ham da klapan yuritmasidagi issiqlik tirqishlari ko‘payganda yoki klapan prujinalari singanda ham vujudga keladi. 1-TXK va 2-TXKning vazifasi-nazorat - diagnostika, moylash, qotirish, rostlash va boshqa ishlarni o‘z vaqtida bajarish yo‘li bilan dvigatelning mexanizmlari hamda tizimlaridagi nosozliklarni o‘z vaq­tida, aniqlash shuningdek, buzilishlarning oldini olish hisoblanadi. 1 -T X K da bajariladigan ishlarni ko‘p qismini mahkamlangan jihozlardagi, shovqin so‘ndirgich quvurlaridagi hamda dvigatel tayanchlaridagi rezbali birikmalami tekshirish va mustahkamligini tiklash ishlari tashkil etadi.


Download 13,22 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Download 13,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Krivoship-shatun mexanizmining (KSHM) texnik holatini tashxislash

Download 13,22 Mb.