|
Moyning kamayishini tekshirish uchun
|
bet | 8/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servisMoyning kamayishini tekshirish uchun avtomobilni ekspluatatsiya qilish davrida moy sathi me’yorigacha to‘ldiriladi. Moyning kamayishi porshen halqalar yeyilishi va klapanlar zichligi buzilishidan darak beradi. Moy sathining me’yoridan kamayishi yoki ko‘payishi dvigateldan chiqadigan gazlarning rangi o‘zgarishiga ham olib keladi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, u avtomobil ekspulatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, faqat halqalarning yeyilishi bilangina emas, balki klapan vtulkalarining yeyilishi va jipslik buzilishi oqibatida ham sodir bo‘lishi mumkin.
Gazlarning karterga o‘tishi silindr-porshen guruhi (SPG) detallarining yeyilishiga bog‘liq bo‘lib, ish jarayonida ko‘payib boradi. Dvigatelning eng katta burovchi momentida, diagnostikalash jihozi(gaz hisoblagtchi) moy o‘lchash tayoqchasi o‘rniga ulanadi, ma’lum vaqt ichida karterga o‘tgan gaz miqdori aniqlanadi.
Shovqin va tebranish. Mexanizmlar ishlash jarayonida tebranish va shovqin hosil bo‘ladi. Ularning chastotasi, balandligi va fazasi maxsus asbob yordamida aniqlanadi va etalon ko‘rsatkich bilan solishtirilib, mexanizmning texnik holati aniqlanadi.
Zamonaviy Neksiya, Espero, Matiz va shunga o‘xshash dvigatellar GTM tuzilishlarida gidrokompensatorlarning paydo bo‘lishi klapan mexanizmida tirqish sozlanishini avtomatik ravishda ta’minlaydi, ammo gidrokompensatorlar moyning sifati va uni tozalanish darajasiga judayam sezgir. Moyning kokslanishi, yeyilgan va yemirilgan detallarning zarrachalari gidroitargichning qotib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu vaqtda mexanizmda hisobga olinmagan zarbli yuklanishlar paydo bo‘ladi, natijada klapan va taqsimlash validan foydalanib bo‘lmaslik darajasigacha yeyilishga olib keladi.
4-Mavzu:Krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi.
Reja:
1. Krivoship-shatun mexanizmi.
2. Krivoship-shatun mexanizmi tuzilishi.
3. Silindrlar blokinng kallagi.
Krivoship-shatunli mexanizm silindrda yonilg‘i aralashmasi yonganidan hosil bo‘lgan gaz bosimini qabul qilib porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi.
Krivoship-shatunli mexanizmning barcha detallari harakatlanuvchi va harakatsizlarga bo‘linadi. Harakatsiz detallari dvigatelning korpusini tashkil etib, ularga silindr, uning kallagi va karterlar kiradi. Harakatlanuvchi detallari, porshen, uning barmog‘i, shatun, tirsakli val va maxoviklardan tashkil topadi (16-rasm).
Avtomobil dvigatellarida keng tarqalgan krivoship-shatunli mexanizmi bir qatorli silindrlari vertikal joylashgan turidir (“Neksiya”, VAZ-2108, “Tiko”, “Damas”, “Matiz” avtomobillari).
Silindrlar bloki.
Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo‘ladi. Silindrlar bloki yaxlit bo‘lib, u o‘z navbatida karter bilan birga quyib tayyorlanadi. Silindrlar bloki dvigatelning asosi bo‘lib, uning ichki qismida krivoship-shatunli mexanizm va gaz taqsimlash mexanizmlarining detallari, shuningdek, sovitish tizimining suv g‘iloflari va moylash tizimining moy kanalchalari joylashgan. Uning tashqi qismiga esa dvigatel mexanizmi va uning tizimlariga kiruvchi ba’zi detallari biriktirilgan bo‘ladi (16-rasm).
|
| |