|
a) Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab
|
bet | 4/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servisa) Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab:
benzin yonilg‘isida ishlaydidigan (injektorli va karburatorli);
dizel yonilg‘isida ishlaydigan;
gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyultirilgan-propan, siqilganmetan).
b) Ish siklining amalga oshishi bo‘yicha:
ikki taktli;
to‘rt taktli; olti taktli.
v) Ish aralashmasining alangalanishi bo‘yicha:
elektr uchquni bilan alangalanadigan-karburatorli va injektorli dvigatellar;
siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi-dizel dvigatellari.
g) Silindrlar soniga qarab:
uch silindrli;
to‘rt silindrli; olti silindrli;
sakkiz silindrli.
Avtomobillarda asosan to‘rt taktli dvigatelining ish siklidan foydalaniladi. Bular:
kiritish;
siqish;
kengayish (ish yo‘li); chiqarish.
Ish sikli tirsakli valning ikki marta aylanganida sodir bo‘ladi.
Kiritish takti, porshen yuqorigi chetki nuqta (YUCHN)dan pastki chetki nuqta (PCHN)ga tomon harakatlanganida amalga oshib, tirsakli valning 0 dan 180° gacha burilishiga to‘g‘ri keladi. Bu taktning boshlanishi oldidan kiritish klapani ochiladi. Silindrga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havo (dizellarda) kiritiladi. Silindrga kiritilgan yonuvchi aralashma qizigan detallarning ta’sirida qiziydi va kiritish takti oxirida uning harorati 40°...80°S ga yetadi (14a rasm).
Siqish takti, porshenning PCHNdan YUCHN tomon siljiganida amalga oshadi va tirsakli valning 180° dan 360° gacha burilishiga to‘g‘ri keladi. Bunda kiritish hamda chiqarish klapanlari yopiq bo‘ladi. Harorat 270...650°S ga yetadi (14b rasm).
|
| |