|
1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja
|
bet | 7/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servisIkkinchi taktda porshen YUCHN dan PCHN ga harakat qiladi. Bunda siqish taktining oxirida boshlangan yonish jarayoni davom etadi, natijada silindrda ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi va gazlar bosimi ta’sirida porshen PCHN tomon harakatlanadi. Bu vaqtda silindrda kengayish takti ketadi.
Porshenning harakatlanishi vaqtida u o‘z devorlari bilan chiqarish darchasini ochishi bilanoq bosimga ega bo‘lgan ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa boshlaydi. So‘ngra kiritish darchalari ochilib, silindrga nasos yordamida yangi zarad (yonilg‘i aralashmasi yoki havo) yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan qisman aralashib ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi. Keyingi siklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi.
Rotorli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida kengaygan gazlar bosim bilan rotorga ta’sir etib uni aylantiradi. Hozirgi vaqtda, rotorli dvigatellar, ayrim kamchiliklari tufayli avtomobillarda kam qo‘llanilmoqda. Rotorli dvigatellar o‘z navbatida gaz turbinali va rotorporshenlilarga bo‘linadi.
Ekspluatatsiya jarayonida detallarning tabiiy yeyilishi, to‘satdan ishdan chiqishi va ish qobiliyatini yo‘qotishi natijasida silindr porshen guruhi (SPG), krivoship shatun mexanizmi (KSHM) va gaz taqsimlash mexanizmi (GTM), boshqa birikma va agregatlarda turli nosozliklar paydo bo‘ladi.
KSHM ning asosiy nosozliklariga silindrlar, porshen halqalari va ariqchalari, porshen bortmasi devori va teshiklari, shatun kallagi vtulkalari, tirsakli val bo‘yinlari vkladishlarining yeyilishi va porshen halqalarining qurum bosib qolishi kiradi. Asosiy buzulishlar va ishdan chiqishlarga esa porshen halqalarining sinishi, silindr yuzasining yeyilishi, porshenning tiqilib qolishi, podshipniklarning erishi, silindr bloki va uning kallagida darzlar hosil bo‘lishi misol bo‘la oladi.
KSHM nosozligining alomatlariga silindrdagi kompressiyaning yo‘qolishi va shovqin bilan ishlashi, gazlarning ko‘p miqdorda karterga o‘tib ketishi va moy quyish bo‘g‘izidan quyuq tutun chiqishi misol bo‘la oladi.
GTM ning asosiy nosozliklariga turtkich va uning vtulkalari, klapan tarelkalari va o‘rindiqlari, shesternyalari, gaz taqsimlash valining tayanch bo‘yinlari va mushtchalarining yeyilishi, klapan va koromisla orasidagi tirqishning buzilishi kiradi. Ishdan chiqishlarga esa klapan prujinalari elastikligini yo‘qotishi va sinishi, gaz taqsimlash shesternyasining sinishi, klapanlarning kuyishi va boshqalar kiradi. Gaz taqsimlash mexanizmining shovqin bilan ishlashi nosozlik alomatlaridan biri hisoblanadi.
|
| |