• Dvigatel ishchi hajmi, litr Modellarining boshlanishi
  • Agregat
  • Detal
  • 1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja




    Download 13,22 Mb.
    bet2/36
    Sana31.01.2024
    Hajmi13,22 Mb.
    #149374
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    Ma\'ruza avt servis

    Dvigatel ishchi hajmi, litr

    Litraji

    1,2 litrgacha

    Mikro litrajli

    1,2 litrdan 1,8 litrgacha

    Kichik litrajli

    1,8 litrdan 3,5litrgacha

    O‘rta litrajli

    3,5 litrdan yuqori

    Katta litrajli

    MDH davlatlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning dvigatel hajmiga qarab sinflanishi quyidagicha:





    Dvigatel ishchi hajmi, litr

    Modellarining boshlanishi

    1,2 litrgacha

    11XX

    1,2 litrdan 1,8 litrgacha

    21XX

    1,8 litrdan 3,5litrgacha

    31XX

    3,5 litrdan yuqori

    41XX



    Avtomobil – bu agregatlar, mexanizmlar va tizimlar yig‘indisidan iborat murakkab mashinadir.
    Avtomobillarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning ko‘pchiligining mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, tuzilishi bir-biriga o‘xshash.
    U tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan tashkil topgan:



    Agregat–bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan qurilma.
    Tizim–bitta umumiy vazifani bajaruvchi qismlar yig‘indisi (masalan, ta’minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari va boshqalar).
    Mexanizm–harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi tuzilma.
    Uzel–mashinada ma’lum mustaqil vazifani bajaruvchi bir necha detallar birikmasi.
    Detal–mashina va mexanizmlarning yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan ayrim qismi.
    Avtomobilning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:

    • dvigatel

    • transmissiya

    • yurish qismi

    • boshqaruv mexanizmi

    • elektr jihozlari qo‘shimcha jihozlar.

    Dvigatelda yonish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi ta’sirida tirsakli valni harakatga keladi, undan keyin transmissiya orqali harakat yurish qismining elementi bo‘lgan yetakchi g‘ildirak uzatiladi va ... avtomobil harakatlanadi. Avtomobil harakatlanish vaqtida haydovchi rul boshqarmasi va tormoz tizimidan foydalanadi (boshqaruv mexanizmi), chiroqlarni yoqadi (elektr jihozlari) va albatta haydovchi o‘rindiqda o‘tirganida xavfsizlik kamarini taqadi (qo‘shimcha jihozlar). Bularning hammasi kuzovga mustahkam qilib mahkamlanadi.





    Avtomobilning umumiy tuzilishi.
    1-dvigatel; 2-old o‘q; 3-old osma; 4-old tormoz mexanizmi; 5-old g‘ildirak;
    6-ilashish muftasi; 7-uzatmalar qutisi; 8- kardan uzatma; 9- asosiy uzatma; 10,11-orqa o‘q; 12-orqa ko‘prik; 13-orqa tormoz mexanizmi; 14-orqa g‘ildirak;
    15-rul chambaragi; 16-rul mexanizmi; 17-rul vali; 18-rul trapetsiyasi; 19-kuzov.


    Dvigatel bu agregat hisoblanib, yonilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi (burovchi moment shaklida).
    Transmissiya burovchi moment va uzatishlar sonini o‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga harakatni uzatadi. Ular quyidagilardan iborat:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 13,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja

    Download 13,22 Mb.