• O‘IBDO‘ ISH HUJJATLARI
  • -Mavzu: Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi




    Download 13,22 Mb.
    bet36/36
    Sana31.01.2024
    Hajmi13,22 Mb.
    #149374
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
    Bog'liq
    Ma\'ruza avt servis
    Abdulhayev.Z ISSIQLIK TEXNIKASI yakuniy savollari, ARTUR KONAN DOYL, TITUL (3), Niluzar 1, Kurs ishi betlik, migratsiya, Taqdimot, Layli va Majnun dostoni (1), shortcut 30, montaj yakuniy, Mantiqiy elementlar va-fayllar.org, 38-23 informatika , 4.18.7 Лекция 17 Инновационные технологии операционного менеджмента, ELEKTR ENERGIYA SIFATINI NAZORAT QILISH, pdf 20230819 0001
    30-Mavzu: Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi.
    Reja:

    1. Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi.

    2. Starterning asosiy nosozliklari.

    3. Texnik xizmat ko‘rsatish.

    Starterning asosiy nosozliklari. Ularga quyidagilar kiradi: kollektorni ifloslanishi va kuyishi, cho’kani yeyilishi va osilib qolishi, cho‘tka simining uzilib qolishi, erkin yurish muftasining qadalib qolishi yoki shataksirashi, yakor cho'lglamini sochilib ketishi, tortish relesidagi startyorning ulash kontaktlarini kuyishi, tortuvchi vintlar bilan mahkamlangan qopqoqni bolshab qolishi, cho’katutkichni izolatsiyali shaybalari va plastinalarining kuyishi, elektro magnitning g‘altagi vtulkasida tortish relesi yakorini qadalib qolishi, podshipniklarning yeyilishi, yakor vali yuritmasini qadalib qolishi, tortish relesi cho‘lg‘amlarining uzilishi, bufer prujinasini kuchsizlanishi, uyg‘otish cho‘lg‘ami yoki yakorning “massa” bilan tutashuvi, kollektor plastinalari orasidagi tutashuv, starter ishlayotgan paytda chiqadigan g‘alati shovqinlar.


    Texnik xizmat ko‘rsatish. Starterlarga texnik xizmat ko'rsatishda, avval, starter zanjiridagi simlar va klemmalarning holati, so'ngra starter cho'tkalari ham da kollektorning holati tekshiriladi. Kollektorning ishchi yuzasi ko'p kuymagan va silliq bo'lishi lozim. Ishchi yuza kirlangan bo'lsa, benzin bilan namlangan toza lattada artiladi. Agar kuyish izini va kirlarni tozalashga erishilmasa, u holda kollektorni mayin oynasimon (donadorligi 80 - 100 bo'lgan) jilvir bilan tozalash kerak. Bunda ham kuyish izlari yo'qolmasa, starterni qismlarga ajratiladi va kollektor dastgohda yo'niladi. Cho'tkalar cho'tka tutkichda tiqilmay erkin siljishi hamda ko‘p yeyilmagan bo'lishlari lozim. Starter relesidagi kontaktlarning holati tekshiriladi, kontakt qutisi esa changdan tozalanadi. Kontaktlar birmuncha kuygan bo'lsa, ularni mayin oynasimon jilvir yoki mayin tishli tekis egov bilan tozalanadi. Agar kontakt boltlarini kontakt diski bilan tutashadigan joylarida yeyilishi katta bo'lsa, u holda ularni 180°C ga burish lozim. Dvigateldan yechib olingan starterni salt ishlashda va to'la tormozlanish rejimida tekshiriladi. Salt ishlash rejimida, starter iste'mol qilayotgan tok miqdori va aylanishlar chastotasi tekshiriladi. To'la tormozlanish rejimida iste’mol toki, kuchlanish va tormoz lahzasi (momenti) o'lchanadi. Ushbu rejimda starterni ulash davomiyligi 5 soniyadan oshmaydi. Starter shesternasining tashqariga chiqishini tekshirish va rostlashda ak k u m u lato r batareyasining plusli klemmasini startyor relesi cho'lg'amini chiqarish klem m asiga, minusli klem m asini esa starter korpusiga (“massaga”) ulanadi. Bunda, rele yakori tortiladi va shesternani suradi.
    Shesternaning tores qismi bilan tirak halqa orasidagi tirqish, metall chizgich yordam ida o‘lchanadi. Changlardan tozalash uchun starter havo bilan purkaladi. Starterni ichki bo‘shlig‘i kuchli ifloslanganda esa uni qismlarga ajratib tozalash zarur. Starter qopqog‘ini va yuritmasini iflosliklardan kerosinda nam langan latta yordamida tozalanadi. Yuqoridagi detallarni kerosinli vannaga botirib yuvish ta’qiqlanadi, chunki erkin yurish muftasi yuritmasidagi va bronzagrafitli g'ovak sirpanish podshipniklaridagi moylar yuvilib ketishi mumkin. Yuritma harakatlanadigan starter vali ЦИАТИМ-201 yoki Ц И А Т И М -202 moyi bilan m oylanadi. Avtomobilni qishda ishlatishga tayyorlashda (M XKda), yurgazish isitkichini, shuningdek, dvigatelni yurgazishga ko‘maklashuvchi boshqa yordamchi vositalarning holati va ishlashi tekshiriladi.



    O‘IBDO‘
    ISH HUJJATLARI

    Download 13,22 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




    Download 13,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Startyor va uning yuritmasi tuzilishi, ishlashi

    Download 13,22 Mb.