|
-Mavzu: O‘t oldirish tizimi uskunalarining tuzilishi va ularga servis xizmat ko‘rsatish
|
bet | 35/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servis29-Mavzu: O‘t oldirish tizimi uskunalarining tuzilishi va ularga servis xizmat ko‘rsatish.
Reja:
1.O‘t oldirish tizimi uskunalarining tuzilishi.
2. O‘t oldirish tizimiga servis xizmat
3.Asosiy nosozliklar.
O‘t oldirish g‘altagining nosozliklariga yuqori voltli qopqoqning darz ketishi va kuyishi, birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar izolatsiyasining buzilishi oqibatida o‘ram lar orasidagi qisqa tutashuv, chollgbamlarning ulangan joyidan uzilib qolishi, qo‘shimcha rezistorning uzilib qolishi yoki kontaktning buzilishi, ikkilamchi cho‘lg‘am ning boshlanglch qatorlaridagi (izolatsiya orqali) elektr teshilishlar kiradi. Qopqog‘i shikastlangan va o‘ramlari tutashib qolgan o‘t oldirish g‘altaklari yangisiga almashtirilishi zarur. O‘t oldirish g‘altagining nosoz qo‘shimcha rezistorini ta’mirlash yoki almashtirish lozim. Uzgich-taqsimlagichning nosozliklariga kontaktlarning moylanishi yoki kuyishi, uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni yetarli emasligi yoki juda kattaligi, kondensatorning shikastlanishi (qoplama va chiqarmalar orasidagi kontaktning buzilishi), rotor va qopqoqni ifloslanishi, qopqoqni darz ketishi, richag prujinasi tarangligining bo‘shashishi, yetaklovchi valik vtulkasining yeyilishi, uzgich richagi vtulkasining (o’qini) yoki yostiqchasining yeyilishi, podshipnikdagi dum alash soqqalari y o ‘lakchasining ishdan chiqishi, m ark azd an qochm a rostlagich prujinasining kuchsizlanishi va yukchalarning qadalib qolishi, vakuumli rostlagich diafragmasini ishdan chiqishi, uzgich kulachogini yeyilishi, markazdan qochma rostlagich yukchalarining teshiklari va o ‘qlarini yeyilishi, izolatsiyalangan yoki “massa” simlarining uzilishi, taqsimlagich qopqog‘ining ichki yuzasi bo‘yicha elektrodlar orasining to‘silib qolish yuqori kuchlanishli simlarning yomon o‘tkazilishi tufayli taqsimlagich qopqogMdagi chiqarish uyalarini kuyib qolishi kabilar kiradi. U chqunli o ‘t oldirish svechalarining asosiy nosozliklari korpus va markaziy elektrod bo‘yicha germetiklikni yetarli emasligi, yon va markaziy elektrodlarni yeyilishi, izolatorning issiqlik konusini (yubkasini) yemirilishi, svechaning ichki yuzalarida elektrodlar orasidagi havo tirqishini shuntlanishiga olib keluvchi qurum larning (26.5-chizma) paydo bo'lishidir. Agar dvigatel, karburator, o‘t oldirish tizimi, shun in g d ek , ishlatilayotgan yonilg‘i va moy me’yorlarga mos kelsa, u holda dvigateldan yechib olingan svecha rangi zangli-jigarrang ko'rinishida bo‘ladi (26.5- chizma, a shakii). Ishlash davomiyligiga qarab korpus yupqa qurum qatlami bilan qoplanadi. M arkaziy elektrod normal kul rangga ega bo‘ladi. Bunday svechalarni tozalab, tirqishi rostlangandan so‘ng yana dvigatelga o‘rnatish m um kin. Agar svechaning yonish kamerasiga kirib turuvchi qismi mayda qurum za rrachalari bilan qoplangan bo‘lsa (26.5-chizm a, b shakii), demak buning asosiy sabablari aralashmani o‘ta quyuqlashuvi, havo tozalagichning ifloslanishi, uchqunni kuchsizligi, dvigatelni qo‘p vaqt salt ishlash rejimida ishlashi va klapanlarning noto ‘g bri rostlanganligidir. Svechani moy bilan qoplanishi (26.5-chizma, d shakii) porshen halqalarini yeyilganligi, dvigateldagi moy sathini yuqoriligi, moy filtrini ifloslanishi, karburatordagi aralashmani quyuq bo‘lishi, o‘t oldirish tizimining nosozligi tufayli sodir bo‘ladi.
Svechada kulrang-jigarrangdan tok ulrang -k o‘k ranggacha qattiq qurumlar mavjudligiga (26.5-chizma, e shakii) svechadagi kalil sonining pastligi, karburatordagi aralashmani suyuq bo'lishi, yondirish lahzasi ertaligi, porshen tubini va silindr kallagini q urum bilan qoplanishi, dviga tel silindriga qo‘shimcha havoning so‘rilishi, svechada zichlash halqasini yo‘qligi sabab bo‘ladi.
Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga izolatsiyani yorilishi va teshilishi, uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli yom on kontaktda b o ‘lishi, sinishlar, uzilishlar va qarshilikni ortib kyetishi kiradi. Texnik xizmat ko‘rsatish. Taqsimlagichni davriy ravishda moylab turish, uning kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va rostlash, detallarning holati hamda tozaligini kuzatib borish lozim. Xizmat ko‘rsatish chog‘ida taqsimlagichni qanday mahkamlanganligi tekshiriladi, zarur bolsa, uni ishonchli mahkamlanadi. Oktan-korrektor gaykasini qotirishdan avval, o ‘t oldirishni to ‘g‘ri o ‘rnatilganligini tekshirish lozim. Taqsimlagich qopqog‘i ifloslanganda uni yechib, ichki va tashqi tomonidan yaxshilab tozalanadi. Uzgich kontaktlari orasiga moy tushib qolmasligi uchun mushtchani va uzgich o‘qini m oylashda ehtiyot choralariga amal qilish lozim.
Agar uzatgichga kirlar yoki moy tushib qolgan bolsa, kontaktlarni albatta, benzin shim dirilgan zam sh materialida tozalash kerak. Kuygan kontaktlarni maxsus abraziv plastina yoki donadorligi 150 bo‘lgan ma in oynasimo n jilvir bilan tozalash zarur (26.6- chizma). Kontaktlarni tozalashda ulardan biridagi do'nglikni va ikkinchisidagi chuqurlikni (karterni) tekislash lozim. Bu chuqurlikni to‘la tekislash tavsiya etilmaydi. Kontaktlarn i tozalash uchun foydalaniladigan asboblar boshqa metallarga ishlov berishda ishlatilm asligi hamda toza va moylan magan bo‘lishlari kerak. Kontaktlar tozalangandan so‘ng, changdan tozalash uchun uzgichni havo bilan purkash, kontaktlarni benzinda yengil namlangan zamsh bilan artish va kontaktlar orasidagi tirqishni yoki kontaktlarni berk holatda turish burchagini o‘rnatish lozim.
26.5-chizma. Svecha yuzalarining ko‘rinishi:
a-normal; b-svecha qurum bilan qoplangan; d-svecha moy bilan qoplangan; e-kuygan svecha.
Yuzalari kulrangga va birm uncha notekisliklarga ega bo‘lgan uzgich kontaktlarini tozalash shart emas. Richagni o‘z o‘qida qadalib qolishini tekshirish uchun richagni barmoq bilan tortib, so'ng qo‘yib yuboriladi. Qo'yib yuborilgan richag prujina yordamida chertilgandek, tez suratda dastlabki holatiga qaytishi lozim. Agar richag dastlabki holatiga sekin qaytsa, u holda uzgich richagidagi prujinaning tarangligi 26.7-chizmada ko'rsatilganidek, dinamometr yordamida tekshiriladi. Kuchni dinamom etrga kontaktlar o‘qining yo'nalishi bo‘yicha qo‘yish kerak (ularning yuzalariga tik holda ).
Dinamometr ko‘rsatish natijalarini, uzgich kontaktlarining ajralishini boshlanish vaqtida olish zarur. Prujinani tarangligi, mana shu turdagi uzgich-taqsimlagichlarni texnik shartlarida keltirilgan oraliqda bo‘lishi lozim (odatda 4,9 - 6,4 N). Taqsimlagichdagi markazdan qochma va vakuumli avtomatlarning tavsifnomalarini ham da uchqunning sinxronligini tekshirishni, shuningdek, kontaktlarning yopiq holatda turish burchaklarini o‘rnatishni maxsus С П З -1 2 stendida yoki shuna o‘xshash stendlarda amalga oshirish darkor. Zoldirlarni dumalash yoMaklarining ishdan chiqqan joylarini siljitish maqsadida, zoldirli podshipnikning tashqi halqasini davriy ravishda burib turish lozim.
|
| |