• Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimi umumiy sxemasi.
  • 1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja




    Download 13,22 Mb.
    bet33/36
    Sana31.01.2024
    Hajmi13,22 Mb.
    #149374
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
    Bog'liq
    Ma\'ruza avt servis

    Batareyali o‘t oldirish tizimi. Ushbu tizim quydagi asosiy asboblardan iborat: o‘zgarmas tok manbai (akkumulator yoki generator), uzgich taqsimlagich, kondensator, yondirish g‘altagi va yondirish svechalari. Aytib o‘tilgan asboblar ikkita elektr zanjirni tashkil qiladi: birlamchi va ikkilamchi.
    Birlamchi tok zanjiri quyidagilardan iborat: energiya manbai Ʀ, uzgich, yondirish g‘altagining birlamchi cho‘lg‘ami L1 va uzgich kontaktlariga paralel ulangan kondensator C1 dan iborat.

    33-rasm. Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimi umumiy sxemasi.
    Ikkilamchi tok zanjiri: yondirish g‘altagini ikkilamchi cho‘lg‘ami L2 dan, yondirish svechalaridan va yuqori kuchlanish tokni o‘tkazuvchi simlardan iborat.
    Yondirish kaliti ochilib kontaktlar bir biriga ulanib turganida birlamchi zanjirdan tok o‘taboshlaydi, buning natijasida yondirish g‘altagini birlamchi cho‘lg‘am atrofida, o‘zakdan chiqqan magnit maydonini kuch chiziqlari xosil bo‘ladi. Magnit maydonini kuch chiziqlari birlamchi cho‘lg‘am bilan birga ikkilamchi cho‘lg‘am L2 ni o‘ramlariga ham kirib o‘tadi. Yondirish g‘altagi kuchlanishni kuchaytiruvchi transformator vazifasini bajaradi. Agar birlamchi cho‘lg‘amda kuchlanish 10...12V ni tashkil qilsa, ikkilamchi cho‘lg‘amda kuchlanish 300…400V gacha oshadi.
    Yondirish svechasini elektrodlari orasidagi havo masofasidan (tirqishdan) elektr uchquni o‘tishi uchun kamida 16000…20000 V kerak buladi.
    Bunday yuqori kuchlanish impulsi birlamchi tok zanjiri uzgich kontakitlari tomonidan uzilishi bilan xosil bo‘ladi, chunki tok yunalishi bilan magnit maydonini kuch chiziqlari ham keskin yo‘qola boshlaydi. Magnit kuch chiziklari katta tezlikda o‘zak tomonga intilish jarayonida ikkilamchi cho‘lg‘am o‘ramlarini kesib o‘tadi. Buning natijasida ikkilamchi cho‘lg‘amda 16...25kV gacha yuqori kuchlanishli elektr yurituvchi kuch (EYUK) xosil bo‘ladi va shu tufayli yondirish svechasi elektrodlari orasidan elektr uchqun o‘tadi.
    Birlamchi tok zanjiri uzilganda yondirish g‘altagini birlamchi cho‘lg‘amida ham 200...400V o‘z-o‘zini induksiyalash EYUK toki xosil bo‘lib, uning yo‘nalishi ikkilamchi cho‘lg‘amdan chiqgan tokga qaramaqarshi bo‘ladi. Shuning uchun bu tok ochilib turgan uzgich kontaktlari orasidan uchqunlanib o‘tishiga olib ketadi, natijada ular tez-tez kuyib, kichik kuchlanishli tokni o‘tkazishi mumkin. Kontaktlarga paralel ulab qo‘yilgan kondensator S1 o‘z-o‘zini induksiyalash EYUKni o‘ziga qabul qilib kontaklarni kuyishdan saqlaydi. Undan keyin kondensatordagi tok birlamchi cho‘lg‘am orqali zryadsizlanishi natijasida ikkilamchi cho‘lg‘amda tok xosil bulishiga olib keladi. Bu zaradsizlanish indukitiv fazasini uzoqroq davom etishiga olib keladi, bu xol o‘z navbatida aralashmani yaxshiroq yonishini ta’minlaydi.

    Download 13,22 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




    Download 13,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja

    Download 13,22 Mb.