-Mavzu: O‘t oldirish tizimining umumiy tuzilishi va ishlash tartibi




Download 13,22 Mb.
bet32/36
Sana31.01.2024
Hajmi13,22 Mb.
#149374
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Ma\'ruza avt servis

27-Mavzu: O‘t oldirish tizimining umumiy tuzilishi va ishlash tartibi.
Reja:
1.O‘t oldirish tizimi.
2. O‘t oldirish tizimining umumiy tuzilishi.
3. O‘t oldirish tizimining ishlash tartibi.

Yangi o‘t oldirish sistemalarini yaratish yo‘nalishidagi eng katta yutuq mikroprotsessorli o‘t oldirish sistemasining ixtiro qilinishi va amalda tatbiq qilina boshlanishidir. Mikroprotsessor - bu kichik elektron hisoblash mashinasi bo‘lib, u yordamida o‘t oldirishni boshqarish bilan bir qatorda dvigateldagi boshqa ko‘p jarayonlar ham nazorat qilinadi va rostlanadi. Mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimiga misol tariqasida Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimini keltirish mumkin (33-rasm). Bu avtomobillarda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi elektron boshqarish bloki (EBB), ya’ni mikroprotsessor vositasida rostlanadi. Bu dvigateldagi o‘t oldirish daqiqasini belgilashda markazdan qochma va vakuum rostlagich kabi mexanik moslamalarga nisbatan ancha yuqori aniqlikka erishish, dvigatelni tejamkorligini, quvvatini oshirish va chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarning miqdorini kamaytirish imkoniyatini beradi.


O‘t oldirish daqiqasini belgilash uchun elektron boshqarish bloki quyidagi ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi:

  • tirsakli valning buralish burchagi;

  • tirsakli valning aylanishlar chastotasi;

  • dvigatelning yuklamasi (kiritish kollektoridagi siyraklanish orqali); - dvigatelning sovitish tizimidagi suyuqlik harorati.

O‘t oldirish tizimi, karburatorli dvigatelning silindrlarida yonilg‘i havo aralashmasini silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda, o‘z vaqtida va ishonchli o‘t oldirish uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani o‘t oldirish, har bir silindrning yonish kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi elektr razrad natijasida hosil bo‘ladigan uchqun vositasi bilan amalga oshiriladi. O‘t oldirish shamlarining elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lishi, ularga uzatilgan yuqori kuchlanish (a12000 V) ta’sirida sodir bo‘ladi. Ishchi aralashmani ishonchli o‘t oldirish uchun o‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi uchqunli razrad yetarli energiyaga ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon dvigatellarida uchqunli razrad energiyasi 20-100mDj ni tashkil qiladi va u dvigatelni hamma ish rejimlarda me’yorida ishlashini ta’minlaydi.
Past kuchlanishda (48 V gacha) ishlovchi izolatsiya va asboblar chastotasi 50 Gs kuchlanishi 220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda tekshiriladi. O‘zgaruvchan tok generatorlari, starterlar, cho‘g‘lanish svechalari, faralar, nazorat o‘lchov asboblari, yoritgichlarni uzgichlari bunday asboblar jumlasiga kiradi.

Download 13,22 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 13,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: O‘t oldirish tizimining umumiy tuzilishi va ishlash tartibi

Download 13,22 Mb.