|
1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja
|
bet | 15/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servisGidrokompensatorning ishlashi: Klapan yopiq holatda bo‘lganda turtkich 5 (23-rasm, plunjerning prujinasi 11 ta’sirida taqsimlash valining mushtchasiga, gilza 7 esa klapan sterjeniga 3 tiralib turadi. Shunda A va B bo‘shliqlaridagi moyning bosimi bir xil bo‘lib, teskari klapan 8 prujina 9 ta’sirida o‘z o‘rindig‘iga tiralgan bo‘ladi. Klapanning ochilishida taqsimlash valining mushtchasi turtkichni 5 pastga surib plunjerga 6 ta’sir etadi. Plunjerning gilza ichida pastga surilishi natijasida B bo‘shlig‘idagi moyning bosimi ortadi. Shunda moy, bosim ta’sirida gilza bilan plunjer oralig‘idagi radial tirqishdan turtkich bo‘shlig‘iga V oz miqdorda sizib o‘tadi.
Ishlash davomida mushtchaning klapanga ta’sir etish vaqti juda qisqa bo‘lgani uchun moyni qisman V bo‘shlig‘iga sizib o‘tishi amalda turtkich bilan gilzaning birgalikda yaxlit bo‘lib ishlashiga, ya’ni klapanning o‘z vaqtida ochilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Demak, klapan qiziganda sterjenining uzayishi moyning B bo‘shlig‘idan V bo‘shlig‘iga sizib o‘tishi hisobiga bo‘ladi. Klapanning yopilgan fazasida B bo‘shlig‘idagi bosim A bo‘shlig‘idagiga nisbatan pasayadi. Shunda bo‘shliqlarda vujudga kelgan bosimning farqi tizimdan kelayotgan moy hisobiga yo‘qotiladi. Ya’ni A bo‘shlig‘idan B bo‘shlig‘iga, bosimning farqi ta’sirida ochilgan teskari klapan 8 orqali moy o‘tadi va u yerdagi moyning kami to‘ldiriladi. Natijada klapan yuritmasida doimo tirqishsiz holat ta’minlanadi.
23-rasm. Gidrokompensatorning ishlash sxemasi:
a-klapan ochilganda; b-klapan yopilganda; A-plunjer bo‘shlig‘i; B-gilza bo‘shlig‘i;
V-turtkich bo‘shlig‘i. 1-taqsimlash valining mushtchasi; 2-silindrlar blokining kallagi; 3-klapan sterjeni; 4-moy kanali; 5-turtkich; 6-plunjer; 7-gilza; 8-teskari klapan; 9- teskari klapan prujinasi; 10- teskari klapan stakani; 11-plunjer prujinasi.
10-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizm(GTM)larini asosiy nosozliklari.
Reja:
1. Texnik xizmat ko‘rsatish.
2. Gaz taqsimlash mexanizmi.
3. Gaz taqsimlash mexanizm(GTM)larini asosiy nosozliklari.
Dvigatelning kompressiyasini (silindrdagi maksimal bosimni) kompressometrda, tirsakli valni startyor yordamida aylantirib aniqlanadi, bunda kompressometrning rezinali konussimon uchi yondirish svechasi yoki forsunka o‘tiradigan teshikka o‘rnatiladi.
Kompressograf silindrlar bo‘yicha kompressiya miqdorini yozish mexanizmiga ega. Aniqroq natijalarni olish uchun, kompressiya miqdori qizdirilgan dvigatelda aniqlanadi. Bunda dvigateldagi barcha yondirish svechalari va forsunkalar yechib olinadi. Valning berilgan aylanishlar chastotasini yaxshi zaryadlangan akkum ulator batareyasi yordamida ta'minlash lozim. Har bir silindrdagi kompressiya miqdorini aniqlashdan avval manometr strelkasini nol holatga keltiriladi. Dizel dvigatellari uchun ruxsat etilgan kompressiya miqdori 2 MPa atrofida, benzinli va gazli dvigatellar uchun esa uning miqdori siqish darajasiga bog‘liq bo’lib, 0,60 - 1,00 M Pani tashkil qiladi. Alohida silindrdagi kompressiya miqdorining farqi dizellar uchun 0,02 MPa dan, benzinli va gazli dvigatellar uchun esa 0,1 M Pa dan oshmasligi lozim.
Kompressiyani birdaniga pasayishi (30 - 40% ga), halqalarning singanligini yoki porshendagi ariqchalarga yopishib qolganligini ko‘rsatadi. K -69M asbobi halqalarni haddan tashqari yeyilib ketganligini, elastikligini yo‘qolganligini, qurum bosganligini yoki sinib ketganligini, porshen ariqchalarini yeyilganligini, shuningdek, klapanlar va silindr kallagi qistirmasi germetikligini y o‘qolganligini aniqlashga imkon beradi. Avvalo, porshen halqalarining yeyilganligi tekshiriladi, buning uchun tekshirilayotgan silindrdagi porshen, siqish taktining boshlanishiga mos kelgan holatga o’rnatiladi (hamma klapanlar yopiq bo‘ladi), forsunka yoki o‘t oldirish svechasi o‘rnashadigan teshikdan uchlik orqali, siqilgan havo 0,4 M Pa bosim ostida yuboriladi. Porshen halqalari yeyilgan bo‘lsa, havoning kolp miqdorda sizib chiqishi sodir bo‘ladi, shun in g uchun monometr qayd etib turgan silindrdagi bosim 0,4 MPa dan kichik bo'ladi. Zonalarga ajratilgan m anom etr shkalasi (dvigatelni holati yaxshi, qoniqarli va ta’mirtalab), foizlarda ifodalangan sizib chiqishni ko‘rsatadi. Ikkinchi tekshirishni, siqish taktida porshenni YCHNga yaqin holatida bajariladi. Havoning 15 foizdan ko‘p sizib chiqishi, silindrlarni ortiqeha yeyilganligini ko'rsatadi. Klapanlarning o‘z o‘rinlariga zich o‘tirmasligi oqibatida ular orqali havoni sizib chiqishi, eshitib ko‘rib aniqlanadi. Silindr kallagi qistirmasining germetikligi esa radiator bo'g‘zida yoki kallakning silindrlar bloki bilan tutashgan (sovunli eritm ada hoMlangan) qismida havo pufakchalarining paydo bo'lishiga qarab aniqlanadi. Kallak, silindrlar blokiga gayka va shpilkalar yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Gaykalar yoki boltlarni bo'sh tortilishi, dvigatel silindrlarining germetikligini buzilishiga, qistirmani kuyib kyetishiga va sovutish suyuqligini silindrlarga tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dvigatelni ishlatish jarayonida, davriy ravishda, kallaknin gaykalari yoki boltlari tortib turiladi: cho‘yanli kallak dvigatel qizigan paytda, aluminiyli kallak esa sovigan paytda tortiladi. Kallaklarni tortish, dinamometrik kalit bilan, zavod ko‘rsatmalarida belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Tortish momenti 3M 3-53 va 3M 3-24 dvigatellari uchun ( ГАЗ-53 va ГА З-24 “ В о л га” avtomobillari) 73-78 N-m, ЗИЛ-130 dvigateli uchun (ЗИЛ-130 avtomobili) 70-90 N-m, КамАЗ-740 dvigateli uchun (КамАЗ-5320 avtomobili) 190-210 N-m bo’ladi. ВАЗ dvigatellarida, silindrlar kallagiga taqsimlash vali podshipniklarining korpusi mahkamlangan bo‘lib, uning mahkamlovchi gaykalari ham ma’lum bir ketma-ketlikda qotirilishi kerak .Bu gaykalarni yakuniy tortish momenti 22 N-m ga teng. Silindr, silindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexanizmidagi boshqa detallar dvigatelni isishiga qarab 80-150°C gacha, klapanlar esa 300-600°C gacha qiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik tirqishi kam ayadi, bu esa detallarni haroratli deformatsiyalarida, klapanlarni o‘z uyalariga zich o‘tirishini kafolatlamaydi. Masalan, dvigatel ishlaganda, chiqarish klapanida issiqlik tirqishi haddan ziyod kichik bo‘lsa, tarelka o‘ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo‘ladi, klapan o‘rindig‘i yumshab, gazlar chiqib ketishi oqibatida uning yeyilishi tezlashadi. Ikkinchi tomondan, agar issiqlik tirqishi zarur m iqdordan katta bo‘lsa, klapanlar ishlashida kuchli taqillashlar paydo bo‘ladi va gaz taqsim lash mexanizmi detallari jadallik bilan eyila boshlaydi. Amaliyotda issiqlik tirqishi, odatda , po‘lat shchup yordami bilan 20 - 25°C da aniqlanadi.
Agar klapan yuritmasining po‘lat detallari hamda ular o‘rnatilgan aluminiy detallar harorati ko‘rsatilgandan farq qilsa, u holda tirqishga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi, chunki detallarning harorati kam ayganda o’lchangan tirqish kichik, harorat ortganda esa katta bo‘ladi. Shu ningdek, quyidagilarni ham e’tiborga olish zarur, tutashuvchi sirtlarning yeyilishi hisobiga ariqcha hosil bo‘ladi va u o‘lchash jarayonida shchup ostida qoladi. Natijada haqiqiy tirqish shchup bilan o‘lchangan tirqishdan katta bo‘ladi. Shuning uchun yuritma richagini klapan bilan tutashadigan zonasidagi yo‘lini o'lchash uchun indikatordan foydalangan ma’qul.
K allaklarni silindrlar blokida m ahkam lovchi gayka va boltlarni sirib tortish ketm a-ketligi (raqam lar bilan k o ‘rsatilgan):
|
| |