|
-Mavzu: Havo bilan sovitish tizimining tuzilishi va ishlash tartibi
|
bet | 18/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servis13-Mavzu: Havo bilan sovitish tizimining tuzilishi va ishlash tartibi.
Reja:
Sovitish suyuqligi.
Havo bilan sovitish tizimi.
Havo bilan sovitish tizimining tuzilishi va ishlash tartibi.
Sovitish suyuqligi. Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi, chunki u issiqlikni o‘ziga tez oladi va o‘zidan tez tarqatadi, arzon va etarli miqdorda. Lekin sovitish tizimida qaynagan suvning quyqasi (nakip) cho‘kib, suv g‘ilofi devorlarida tuz qatlami hosil qiladi. Buning natijasida silindrlar blokining issiqlik o‘tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g‘iloflarining devorlari zanglaydi. Qish faslida tizimdan to‘kilmagan suv muzlab, silindrlar blokini yorib yuborishi mumkin.
Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida, yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklardan holi bo‘lish uchun antifriz suyuqligidan keng foydalanilmoqda. Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi: tarkibi 47% suv va 53% etilen glikol bo‘lgan antifriz M-40 (muzlash harorati - 400S). 34% suv va 66% etilen glikoldan tashkil topgan; antifriz M-65; (muzlash harorati 650S). Antifriz inson organizmi uchun zaharli hisoblanadi. Uning issiqlik sig‘imi suvnikiga nisbatan kam. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida antifriz qo‘llanilganda tizimning issiqlik tarqatish qobiliyati suv bilan sovitilgandagiga nisbatan past bo‘ladi, natijada silindrlar devorining harorati 15…200S ga ortiqroq qiziydi. Antifriz qiziganda suvga nisbatan birmuncha ko‘proq kengayadi. Tizimda suyuqlik sifatida suv ishlatilganda yomg‘ir yoki oqar suvlaridan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu suvlar yumshoq xususiyatiga ega. Sovituvchi suyuqlik sifatida quduq, buloq yoki dengiz suvlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday suvlarni yumshatish uchun 30…40 daqiqa qaynatiladi va tizimga quyishdan avval besh-olti qavat dokadan o‘tkazib filtrlanadi.
25-rasm. Radiator va jalyuz:
1 va 9 birlashtiruvchi shlanglar; 2-jo‘mrak; 3 va 6 - pastki va yuqorigi bakchalar; 7-radiator qopqoqi; 8-radiator bo‘izi; 10-radiator o‘zagi; 11-yo‘naltiruvchi kojux.
|
| |