|
1- mavzu: Kirish. Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari. Reja
|
bet | 20/36 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 13,22 Mb. | | #149374 |
Bog'liq Ma\'ruza avt servisTermostat - avtomatik klapan bo‘lib, sovuq dvigatelning yurgazilganda uning tez qizishiga imkon yaratish bilan radiatordan o‘tayotgan suyuqlik miqdorini rostlab sovitish tizimida optimal haroratni saqlashda xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida suyuqlikli va qattiq to‘ldirgichli termostatlar qo‘llaniladi. Sovitish tizimidagi suyuqlikning harorati ma’lum darajaga (70…800S) ko‘tarilganda ballondagi aralashmaning bug‘lanishi natijasida undagi bosim ortib qobirg‘ali silindr bo‘yiga uzayadi va termostat klapani qisman ko‘tarilib, suyuqlikning ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suyuqlik nasosiga o‘ta boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 90…950S ga yetishi bilan klapan to‘la ochiladi, suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Bunday termostatlardan sovitish suyuqligining orticha bosimi katta bo‘lgan yopiq tizimli dvigatellarda foydalanilmaydi. Bunday termostatlarning balloni yupqa devorli bo‘lgani uchun sovitish tizimidagi ortiqcha bosimga sezgirligi yuqori bo‘ladi. Bunday xol termostatning aniqlik bilan ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qattiq to‘ldirgichli termostatlar suyuqlikli termostatlarga nisbatan yetarli mexanik mustakamlikka ega bo‘lgani uchun ular tizimdagi suyuqlik bosimining o‘zgarishidan qat’i nazar ishlashi barqaror bo‘ladi.
Shu sababli hozirgi vaqtda dvigatellarda ko‘pincha qattiq elementli termostatlar qo‘llanilmoda. Bunday termostat qalin devorli ballonga ega bo‘lib ichiga, kengayish hajmi katta bo‘lgan serezin (neftyannoy vosk) aralashtirilgan mis kukuni to‘ldiriladi. Sovituvchi suyuqlik harorati (70±20S) dan oshgach, ballondagi qattiq aralashma eriy boshlaydi va uning hajmi kengayib, diafragma shtokni ko‘tarib, klapanni ochadi, natijada suyuqlikning ma’lum qismi radiator tomon yo‘naladi. Harorat (83±20S) ga yetganda klapan to‘la ochiladi va radiator orqali o‘tadigan suyuqlikning miqdori yanada ko‘payadi. Suyuqlik harorati pasayib ballon ichidagi element xajmi qisqarsa klapan qaytargich prujina ta’sirida yopiladi. Natijada sovituvchi suyuqlik yana suv nasosiga o‘tib, kichik doira bo‘yicha aylana boshlaydi. Ba’zida (Tiko, Damas avtomobillari dvigatellari) termostat ballonida qattiq to‘ldirgich sifatida qirrali parafin donalaridan (granula) foydalanilgan.
|
| |