-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizm(GTM)larini asosiy nosozliklari hamda joriy ta’mirlash




Download 13,22 Mb.
bet16/36
Sana31.01.2024
Hajmi13,22 Mb.
#149374
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
Ma\'ruza avt servis

11-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizm(GTM)larini asosiy nosozliklari hamda joriy ta’mirlash.
Reja:
1. Klapan mexanizmidagi issiqlik tirqishini rostlash.
2. Gaz taqsimlash mexanizm(GTM)larini asosiy nosozliklarini aniqlash.
3. Gaz taqsimlash mexanizm(GTM)larini asosiy nosozliklari hamda joriy ta’mirlash.

Issiqlik tirqishini va uning qiymatini rostlash tartibi har bir dvigatelni ishlatishga doir ko‘rsatmalarda beriladi. Misol uchun, КaмА З-740 dvigatelining klapan mexanizmidagi issiqlik tirqishini rostlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:


1. Yonilg’i berish ulanadi.
2. Silindrlar kallagining qopqog’i yechib olinadi.
3. Silindrlar kallagini mahkamlash boltlari tekshiriladi, zarur bo'lsa to rtib (qotirib) qo‘yiladi.
4. Maxovik fiksatori pastki holatga o‘rnatiladi (25.7-chizma, a).
5. Ilashma karteridagi darchaning qopqog‘i bo‘shatib olinadi.
6. Maxovikdagi teshikka uzun temir (lomcha) tiqiladi va fiksator (25.7-chizma, a) maxovik bilan ilashgunga qadar tirsakli val aylantiriladi.
7. Purkashni ilgarilatish muftasi korpusining (1) tores qismidagi hamda yuqori bosimli yonilgl nasosi yuritmasining yetaklovchi yarim m uftasi (2) flanesidagi chiziqlar holati tekshirib ko‘riladi (25.7-chizma, b). Agarda chiziqlar past tomonda bo‘lsa, fiksator maxovik bilan ilashishdan chiqariladi va tirsakli val bir m arta to‘liq aylantiriladi, shunda fiksator maxovik bilan yana ilashishi kerak.
8. Maxovik fiksatori yuqorigi holatga o‘rnatiladi.
9. Tirsakli valni aylanish tomoniga qarab 60° burchakka buriladi (m axovikdagi qo‘shni teshiklar orasidagi masofa tirsakli valni 30° ga burilishiga shiga mos keladi). Shunda birinchi va beshinchi silindrlar klapanlari yopiq bolishi lozim (klapan shtangalari qo‘l bilan osonginaqimirlatiladi).
10. Rostlana yotgan klapan korom islosining stoykasini (ustunini) mahkamlovchi gaykalarni tortilish momenti (payti) (40 - 50 N-m) tekshiriladi.

25.7-chizma. Maxovik fiksatori (a) va birinchi silindrga yonilg’l berilishiga mos keluvchi belgilar holati:


1-yonilg’i purkalishini ilgarilatish muftasi; 2 -yuritmaning etaklovchi yarim muftasi.

11. Koromislo tumshug'i bilan klapan o'zagining tores qismi oralig'idagi tirqish tekshiriladi (25.6-chizma, v ga qarang). Bu tirqishga, kiritish klapani uchun 0,20 mm qalinlikdagi shchup, chiqarish klapani uchun 0,30 m m qalinlikdagi shchup bemalol kirishi kerak. Kiritish klapani uchun 0,25 mm, chiqarish klapani uchun 0,35 mm qalinlikdagi shchuplar esa bir oz kuch bilan kirishi lozim. Tirqishni rostlash uchun rostlash vintining (2) gaykasi (8) bo'shatiladi, tirqishga kerakli qalinlikdagi shchup qo'yiladi va vintni otvyortka (9) bilan burab zarur tirqishga o'rnatiladi. Vintni otvyortka bilan ushlab turgan holda gayka (8) qotiriladi va tirqish yana tekshiriladi. 12. Shundan so‘ng tirsakli valni aylanish tom onga q arata harsafar 180° ga burib, bir juft silindrdagi, ya’ni 4 va 2, 6 va 3, 7va 8-silindrlardagi tirqishlar rostlanadi.


13. Dvigatel yurgazib ko'riladi. Tirqishlar to‘g‘ri rostlanganda, klapan mexanizmida hech qanday taqillashlar bo’lmaydi.
14. Ilashma karteridagi darcha­ning hamda silindrlar kallagining qopqoqlari o‘z joyiga o'rnatiladi. BA3-2108 dvigatelida issiqlik tirqishi, doirasimon kirgazmalarni (6) almashtirib rostlanadi (25.6-chizma, b shakliga q aran g ). Avvalo shchup yordamida, kirgazmaning ishchi yuzasidagi yeyilishlarni hisobga olgan holda haq iqiy issiqlik tirqishi В aniqlanadi. So'ng maxsus moslama yordamida turtkich (7) pastga bosiladi, kirgazma (6) olinadi va mikrometr bilan uning qalinligi aniqlanadi. O'lchangan issiqlik tirqishi va kirgazma qalinligi yig'indisidan iborat bo'lgan В qiymatdan , issiqlik tirqshining ko'rsatmada berilgan qiymati ayriladi va turtkichga qo'yilishi lozim bo'lgan kirgazmaning A qalinligi topiladi. Aylanishlari yuqori bo'lgan benzinli ВАЗ dvigatellarida, taqsimlash vali silindrlar kallagida joylashgan

25.8-chizma. Gaz taqsimlash mexanizmi tishli-tasmali yuritmasining shartli tasviri (BA3-2105):
1-tirsakli val shkivi; 2-sham olparrak tasmasi; J,J,
bo‘lib, tarangligi davriy ravishda rostlab turiladigan tishli tasm a yoki zanjir orqali tirsakli valdan harakatga keltiriladi. Masalan, BA3-2105 dvigatelidagi tishli tasm ani taranglash, quyidagi ketma-ketlikda bajariladi (25.8-chizma):
1. Yuqorigi himoya qopqog‘i (8) yechib olinadi.
2. Taranglash roligining kronshteyni (11) m ahkam langan boltlar (6) yetarlicha bo‘shatiladi va tirsakli val 2 - 3 marta ohista aylantiriladi. Bunda prujina (12) tasmani (10) avtomatik tarzda kerakli darajada taranglaydi.
3. Boltlar (6) qotirib qo‘yiladi va yuqorigi him oya qopqog‘i (8) o‘z o‘rniga m ahkam lanadi. Tishli tasmani almashtirish quyidagi ketm a-ketlikda am alga oshiriladi:
1. Sham olparrak tasmasi (2) hamda yuqorigi himoya qopqog‘i (8) yechib olinadi. 2. Tirsakli val shkividagi (1) “C ” belgini o‘rta himoya qopqog‘idagi (5) “D ” (YCHN) belgi bilan, taqsimlash vali shkividagi(9) “F ” belgini esa blok kallagi qop q o g ‘idagi “E ” belgi bilan mos kelgunga qadar tirsakli val aylantiriladi.
3. 0 ‘rta (5) va pastki (3) himoya qopqoqlar yechib olinadi.
4. Prujina (12) yechib olinadi, boltlar (6) bo‘shatiladi, taranglash roligining (7) kronshteyni (11) chapdagi eng chekka vaziyatga suriladi va tasma (10) yechib olinadi.
5. Yangi tasma shkiv (1) ortidagi tishli shkivga (4) kiydiriladi, so‘ng tasmani taranglagan holda uni moy nasosi valigining shkiviga (13) hamda yuqoridagi shkivga (9) kiydiriladi.
6. Tasma taranglash roligiga (7) kiydiriladi, kronshteynni (11) o ‘ngga surib, prujina (12) o‘rnatiladi.
7. Tirsakli val ikki m arta aylantiriladi ham da “ E ” va “ F ”, “C ” va “ D ” belgilarni m os tushishi tekshiriladi, agar belgilar m os tushm asa, 5 va 6 amallar qaytariladi. 8. Boltlar qotiriladi, qopqoqlar (3, 5 va 8) o’z joyiga o‘rnatiladi, shaolparrak tasmasi (2) o‘z o‘rniga kiydiriladi va ko‘rsatmaga mos holda taranglanadi.



Download 13,22 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Download 13,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizm(GTM)larini asosiy nosozliklari hamda joriy ta’mirlash

Download 13,22 Mb.