-Mavzu: Moylash tizimining asosiy nosozliklari va ularni ta’mirlash




Download 13,22 Mb.
bet24/36
Sana31.01.2024
Hajmi13,22 Mb.
#149374
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Ma\'ruza avt servis

17-Mavzu: Moylash tizimining asosiy nosozliklari va ularni ta’mirlash.
Reja:
1. Moylash tizimining asosiy nosozliklari.
2. Moylash tizimining asosiy nosozliklari va ularni ta’mirlash.
3.Texnik xizmat ko‘rsatish.



25.13-chizma. Markazdan qochma moy filtrini tozalash va yuvish uchun qismlarga ajratish:
1,3-gaykalar; 2 -g‘ilof; 4-qalpoq; 5-kirgazma; 6 -to‘r-filtr; 7-rotor; 8-tiqin.

Moyni (va yonilg'ini) oksidlanishi oqibatida qurum va laksimon cho'kindilar hosil bo'ladi. Moy magistrallari va filtrlari kirlanganda, qurum zarrachalari dvigatel karteriga tushib qoladi. Moy filtrlarini tozalash uchun ular qismlarga ajratiladi, kerosin bilan yuviladi va artib yoki siqilgan havo purkalib quritiladi. Mayin tozalash filtrining ifioslangan elementlari almashtiriladi. Birinchi toifali ekspluatatsiya sharoitlarida ishlagan КамАЗ-740 dvigatelining moylash tizimidagi filtrlovchi elementlar 12 ming km masofa bosib o'tilgandan so'ng moy bilan birgalikda almashtiriladi. Markazdan qochma moy tozalash filtrini tozalash uchun, qizigan dvigatel to'xtatiladi va karterga moy oqib tushishi uchun 20 - 30 daqiqa kutib turiladi; gayka (1) (25.13-chizma) bo'shatib olinadi va g'ilof (2) yechiladi; tiqin (8) burab olinadi va teshikka rotor (7) aylanib ketmasligi uchun sumba (borodok) tiqiladi; rotor va qalpoqqa (4) belgi qo'yiladi; gaykani (3) b o 'sh a tib q alp o q (4) yechib olinadi; so'ng plastmassa kirgizma (5), to'r-filtr (6) va qistirma ham olinadi. Yechib olingan detallar kirlardan va quyqalardan tozalanadi. Yig'ish, teskari ketm a-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda zichlovchi rezina halqalarning holatiga va g'ilof (2) qistirmasini o'rnatishga e’tiborni qaratish lozim. Shuningdek, rotor (7) va qalpoqchaga (4) belgilar ham mos tushishi kerak.


Shundan so'ng filtrni ishlashi, qizigan dvigatelda eshitib ko'rib tekshiriladi. Dvigatel to'xtatilgandan so'ng ishga yaroqli (soz) filtrning rotori, o'ziga xos guvillagan ovoz chiqarib, 2 - 3 daqiqa davomida aylanib turadi. Agar guvullash qisqa vaqt davom etsa, u holda rotor torm ozlanayotgan bo'ladi (m asalan, qulokdi gayka haddan ziyod qotirib qo'yilsa). Bu gaykani qo'l bilan, hech qanday asbob yordamisiz qotirish kerak. Karterni shamollatish tizimidagi trubkalar shlanglar yechib olinadi va tozalanadi, havo filtri ham tozalanadi va yuviladi. K arterni shamollatuvchi trubka va shlanglar o'zaro zich qilib biriktirishi lozim, shlanglar yorilmagan, qatlamlarga ajralmagan va shishmagan bo'lishlari kerak. ЗИЛ -130 dvigatelidagi karterni shamollatish klapani aseton bilan yuviladi. Qizdirilgan КамАЗ-740 dvigatelidagi moy bosimi, tirsakli valning 2600 min"1 aylanishlar chastotasida 0,45 - 0,55 M P a bo'lishi lozim. ГАЗ-53A va ЗИ Л -130 av to m obillari 40 - 50 km /soat tezlik bilan harakatlanganda, moylash tizimidagi moy bosimi 0,2 - 0,4 M Pa bo'lishi kerak. Salt ishlashda moy bosimi 0,09 - 0,04 M Pa gacha (3M3-53 dvigatelida) yoki 0,06 - 0,03 M Pa gacha (ЗИ Л-130 dvigatelida) pasayganda asboblar peshtoqchasidagi nazorat lampasi yonib qoladi.



Download 13,22 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Download 13,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Moylash tizimining asosiy nosozliklari va ularni ta’mirlash

Download 13,22 Mb.