|
O’quv materialining asoslangan holda tanlanishi
|
bet | 52/54 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #132670 |
Bog'liq seminar va oxirigachaO’quv materialining asoslangan holda tanlanishi. Bu quyidagi-larni nazarda tutadi: 1) asosiy o’quv maqsadining mazmunga mos kelishi; 2) yetarli hajmda o’quv materialining mavjudligi; 3) konkret va abstrakt materialning optimal munosabatda bo’lishi; 4) nazariy va amaliyotning o’zaro aloqasining yoritilishi muhimdir.
Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi o’qitish usullarini qo’llash. Bunda qo’yidagilarga e’tibor berilishi lozim: a) o’quvchilarning o’zlari navbatdagi navbatdagi muammolarni ifodalay olishi; b) kiriti-layotgan tushunchalarni ta’riflashni amalga oshirishlari zarur. Bunda o’quv materialini qismlarga ajratish hamda o’quvchilar oldiga xususiy o’quv masalalarni qo’yib borish talab etiladi.
Darsning tashkiliy puxtaligi talabini amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy shartlar bo’lishi zarur: a) o’qituvchi dars materialini erkin bilishi; b) har bir navbatdagi savol uslubiyatini bilishi, uni o’rgatish usul va vositalarini egallagan bo’lishi; v) o’quvchilar individual xususiyatlarining taqsimoti to’g’ri yo’lga qo’yilishi, sinf taxtasi va daftardagi mazmun va yozuvlar joylashishini hisobga olish, darsda ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish, uning tayyorgarligini yo’lga qo’yish.
Matematika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik tizimi
Yangi o’quv yili arafasidagi tayyorgarlik, bunda kalendar ish rejasi tuziladi.
O’quv mavzusi bo’yicha darslar sistemasi tuzib chiqiladi.
Har bir darsga tayyorgarlik, konspektlar tayyorlash. Bunda: a) har bir mavzu o’rni, uning mazmuni, o’rganish vazifalari aniqlanadi – zarur o’quv materiali tanlanadi; b) masala va o’quv materiali darslarga taxminan taqsimlanadi; v) vaqt va mazmun bo’yicha o’tilganlarni takrorlash amalga oshiriladi, mustaqil va nazorat ishlar o’tkazish vaqti aniqlanadi.
Darsga tayyorgarlik ko’rish: 1) o’quvchilarni mavzuga kiritish, ularga navbatdagi o’quv masalani qo’yish; 2) yangi tushunchalarni bayon etish; 3) kiritilayotgan tushunchalar xossalarini qanday topish mumkinligini ko’rsatish; 4)induktiv asoslashga erishish; 5) bir xil tipdagi masalani yechish usulini ko’rsatish; 6) darsga masalalarni materialga mos tanlash; 7) o’quvchilarni masala sharti bilan tanishtirish; 8) tanlangan masala qanday yechilishini bayon qilishi lozim.
Asosiy dars tiplari :
Yangi materialni bayon qilish darsi
O’rganilganlarni mustahkamlash darsi.
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi.
O’rganilganlarni sistemalashtirish va umumlashtirish darsi
|
| |