• Matematik ta’lim yangi texnologiyalari
  • Matematik mashq-b
  • Auksion uyini.
  • Ilmiylik prinsipi
  • Tarbiyaviylik prinsipi- o’q
  • 1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari




    Download 1,52 Mb.
    bet49/54
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,52 Mb.
    #132670
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
    Bog'liq
    seminar va oxirigacha

    Mustaqil ishlar -masalalar yechish bo’yicha mashqlar bo’lishi, yangi teoremani tahlil qilish bo’yicha ish, yangi formulani chiqarish bo’yicha masalalar bo’lishi mumkin.
    O’qitishda leksiya (ma’ruza) usuli- bunda o’qituvchi materialni o’zi bayon etadi. Bu usul asosan yuqori sinflarda foyda beradi.
    Matematika o’qitishda muammoli ta’lim usuli - ko’pgina tushunchalarni o’rganish muammoli vaziyatni yaratishga olib kelinishi mumkin.
    3. Matematik ta’lim yangi texnologiyalari.
    tayanch konspektlarga asoslangan o’qitish usuli (V.F. Shatalov usuli), yiriklashgan didaktik birliklar usuli (P.M.Erdniyev usuli) va x.k.lar shular jumlasiga kiradi.
    Darslarni nostandart usullarda tashkil qilish -mo’jizalar maydoni, didaktik o’yinlar
    tarzida tashkil qilish mumkin.
    Matematik mashq-bu o’yin ko’p sondagi o’quvchilarga bilimlarni tezlikda tekshirishga imkon beradi. Sinf qatorlar bo’yicha jamoalarga bo’linadi. Har bir qator esa ikki variantga bo’linadi. Har bir variant o’quvchilari, agar ular javob beradigan obyekt haqida so’z borganda yoki o’rnidan turadi, yoki qo’l ko’taradi.
    Auksion uyini. Savdoga biror mavzu bo’yicha topshiriqlar qo’yiladi, bunda o’qituvchi oldindan o’quvchilar bilan o’yinning mavzusini kelishib olishi kerak. Masalan, 7 - sinfda “Algebraik kasrlar ustida amallar” mavzusi bo’lsin. O’yinda 4-5 jamoa qatnashadi. Kodoskop bilan ekranga 1-lot: kasrlarni qisqartirishga doir beshta topshiriq namoyish qilinadi. 1- jamoa topshiriq tanlaydi va unga 1 dan 5 ballgacha baho qo’yadi.
    Agar bu jamoa bahosi boshqalarga qaraganda yuqori bo’lsa, bu topshiriqni jamoa oladi va uni bajaradi.
    Ilmiylik prinsipi matematika o’qitish mazmunining ilmiy bo’lishi, matematikaning hozirgi ahvoli va uning rivojlanishini obyektiv aks ettirishni ifodalaydi. Mohiyati o’qitish mazmuni va o’qitish usullari hozirgi paytdagi matematika fani saviyasi va talablariga mos kelishini ta’minlashdan iborat.
    Tarbiyaviylik prinsipi- o’quvchilarga fanga bo’lgan qiziqishni uyg’otish, yangi bilimlarni o’zlashtirishga harakatini, ularni egallash va mustaqil kengaytira olishga o’rgatishni o’z ichiga oladi, shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, xotira va diqqatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarbiyalash kabi ishlarni amalga oshirishni talab etadi.

    Download 1,52 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




    Download 1,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari

    Download 1,52 Mb.