|
1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari
|
bet | 50/54 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #132670 |
Bog'liq seminar va oxirigachaKo’rgazmalilik prinsipi -matematika o’qitishning eng muhim prinsiplaridan biri bo’lib, u o’quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipi -o’quvchilarning fan ma’lumotlarini, o’quv materialini egallashi, uni chuqur fikrlay olishi, bilimlarni yangi sharoitlarda amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi, bilimlarni ishonchga, amalda qo’llanmaga aylanishi sifatida tushuniladi.
Puxtalik prinsipi- o’quvchilarning ta’limni muvaffaqiyatli davom ettirishlari uchun, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni qobiliyatlarini rivojlantirish amaliy faoliyatga tayyorlash uchun zarur.
Tabaqalashtirish -o’qitishda o’quvchilarni o’z bilim saviyasi va qobiliyatlariga ko’ra guruhlarga ajratgan holda, tabaqalarga bo’lgan holda o’qitishni nazarda tutadi.
Matematika darsligi, o’quv qo’llanmasi - dastur va didaktika talablari bilan aniklanuvchi o’qitish maqsadlariga mos keluvchi matematika bo’yicha bilimlar asoslarini bayon etuvchi kitob hisoblanadi.
Darslikka qo’yiladigan talablar: a) u o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi; b) matematika bo’yicha ma’lumotlarni sistemali va ilmiy bayon qilishi;
uslubiy nuqtai nazardan ketma-ket joylashtirilgan yetarli sondagi turli xil masala va mashqlarni o’z ichiga olishi kerak.
Didaktik materiallar - mustaqil va nazorat ishlari matnlari, testlar va ularni amalga oshirish bo’yicha tavsiyalar hamda javoblarni beradi.
O’quv qo’llanmasi ko’rgazmaliligiga qo’yiladigan talablar -a) bilish vazifasi shundan iboratki oddiydan murakkabga boriladi, o’quvchilar faoliyatini ko’rgazmalilik vosita va usullari bilan boshqaradi, nazorat va kommunikativ amallarni bajarishga imkon beradi; b) intrpretasion funksiyasi, turli xil belgi va rasmlar orqali mavzu va tushunchalar konkretlashtiriladi; v) estetik vazifalari- uning ko’rinishi va bezalishi o’quvchilarda go’zallikni va estetik did kabi tuyg’ularni uyg’otishi uchun xizmat qilishi zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari
|