• Tushunchalar
  • 1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari




    Download 1,52 Mb.
    bet47/54
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,52 Mb.
    #132670
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
    Bog'liq
    seminar va oxirigacha

    Deduksiya lotincha deduktio – keltirib chiqarish ma’nosini anglatib, tasdiqning bir shakli bo’lib, bitta umumiy hukmdan va bitta xususiy hukmdan yangi unchalik umumiy bo’lmagan yoki xususiy hukm keltirib chiqariladi. Umumiy hukm EKUB (6,7) =1. Yangi xususiy hukm: 6 va 7 o’zaro tub sonlar.

  • Deduktiv xulosalar - uch xilda bo’ladi: a) umumiyroq qoidadan umumiyroq bo’lmagan (yoki birlik) hukmga o’tish, masalan, yuqoridagi misol bundan dalolat beradi; b) umumiy qoidadan umumiy qoidaga o’tish

    (masalan, barcha juft sonlar 2 ga bo’linadi, barcha toq sonlar 2 ga bo’linmaydi, hyech qanday juft son bir vaqtda toq son ham bo’lolmaydi);

    1. birlikdan xususiyga o’tish ( 2 soni-tub son, 2 –natural son, ba’zi natural sonlar tub sonlardir).

    1. Matematik induksiya prinsipi -u orqali ko’pgina mulohxazalarni isbotlash mumkin bo’ladi.Uning bosqichlari quyidagilardan iborat: 1) kuzatish va tajriba; 2)faraz; 3) farazni asoslash( isbotlash). U uch qadamda amalga oshirilishi mumkin: 1) p=1 uchun mulohaza to’g’riligi tekshiriladi: 2)p=k uchun mulohaza to’g’ri deb, mulohazaning p=k+1 uchun to’g’riligi isbotlanadi.3) isbotning oldingi ikki qadami va matematik induksiya prinsipiga asosan teorema yoki mulohaza har qanday p uchun to’g’ri degan xulosaga kelinadi.

    2. Tafakkur- inson ongida ask etgan obyektlar tomonlar va xossalarini ajratish va ularni yangi bilim olish uchun boshqa obyektlar bilan tegishli munosabatlarda qo’yish jarayoniga aytiladi. Umuman olganda, tafakkur obyektiv borliqning inson ongida faol aks ettirish jarayonidir.

    3. Tafakkurning shakllari -tushuncha, hukm va tasdiqlar.

    4. Tushunchalar- obyektlarning turli xil sifatlari, belgilari va xususiyatlarini aks ettiradi, bunda birlik va umumiylik xossalari mavjud. Birlik xossalari faqat shu obyektga tegishli bo’lib, uni boshqalaridan farqlovchi belgilarini o’z ichiga oladi, umumiy xossalari – obyektlarga tegishli muhim xossalarni ifodalash uchun tushunchani boshqa tushunchalardan farqli belgilari va umumiyligini ta’minlash uchun qo’llaniladi.

    5. Tushunchaning xususiyatlari- moddiy dunyoni aks ettiruvchi kategoriya hisoblanadi; bilishda umumlashgan narsa sifatida paydo bo’ladi; tushuncha o’ziga xos inson faoliyatini bildiradi; inson ongida tushuncha shakllanib, u nutqda, yozuvda va belgilarda ifodalanishi bilan xarakterlanadi.

    6. Tushunchaningng shakllanish jarayoni boskichlari: qabul qilish, xissiy bilish, tasavvur , tushunchaning shakllanishi.

    7. Tushuncha mazmun va hajmga ega: mazmun – bu tushunchaning barcha muhim belgilari to’plamidan iborat, hajmi esa – bu tushunchani qo’llash mumkin bo’lgan obyektlar to’plami, demak, mazmun – belgi, xossalar, hajm- obyektlarni ifodalaydi.

    Tushunchaninng ta’rifida har bir belgi zaruriy, barchasi esa yetarli bo’lishi zarur..

    Download 1,52 Mb.
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




    Download 1,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari

    Download 1,52 Mb.