• Matematika o’qitishda predmetlararo aloqalar- bu
  • 1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari




    Download 1,52 Mb.
    bet44/54
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,52 Mb.
    #132670
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
    Bog'liq
    seminar va oxirigacha

    Matematika o’qitish uslubiyati fani- "matematika pedagogikasi" sifatida ta’limning umumiy qonuniyatlarining matematika sohasida namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganadi.

    1. Nima uchun matematikani o’rgatish kerak?

    Bu savolga javobni ta’lim va tarbiya umumiy vazifalariga asoslanib topish mumkin, o’z navbatida bu vazifalar jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida uning oldida turgan umumbashariy maqsad va vazifalar bilan aniqlanadi.

    1. Kimni matematikaga o’rgatish kerak?

    Bir tomondan bu savol yosh haqida bo’lib, qachondan boshlab bolalarni matematikaga o’rgatish maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy dastur o’rnatishni tugatish zarurligini ifoda etadi. Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi matematik ta’limning uzviyligini ifodalaydi.

    1. O’rganiladigan matematika mazmuni qanday bo’lishi kerak? Yoki nimani o’rgatish

    kerak?
    Bu savolga javob matematika o’kitish maqsadlari haqidagi savol bilan mustahkam
    bog’liq. Matematika fanidan uni o’qitish va o’rgatish uchun qanday hajmda va qanday ma’lumotlar olish masalasi bahsli masalalardan hisoblanadi.

    1. Matematikani qanday o’rgatish kerak?

    Bu savolga javob matematika o’qitish uslubiyatining muhim qismi bo’lib, eng harakatchan, eng ilg’or va eng qulay o’qitish usullari bilan birga ijodiy yondashishni talab etadigan usullar tizimini asoslash va targ’ib qilish talab etiladi.

    1. Matematika o’qitish uslubiyati fanining asosiy vazifalari quyidagilar- matematikani o’rganishning maqsadlari va o’quv predmeti maz-munini aniqlash; qo’yilgan masalalarni amalga oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy o’qitish shakllarini yaratish.

    2. Matematika o’qitish uslubiyati bo’limlari-matematika o’qitish umumiy uslubiyati (masalan, o’qitish usullari prinsiplari va hokazo masalalar kiradi); matematika o’qitish xususiy uslubiyati (maktab matematika kursining ayrim bo’limlari yoki tushunchalari yo’nalishlarini o’rganish usul va yo’llari qaraladi); matematika o’qitish maxsus uslubiyati (masalan, akademik lisey, kasb-hunar kollej va maxsus o’quv yurtlarida matematika o’qitishning xususiyatlari o’rganilishi mumkin).

    1. Maktabda matematika o’qitishning asosiy maqsadlari -umumta’lim, tarbiyaviy va amaliy maqsadlar.

    2. Umumta’lim maqsadlar-: o’quvchilarga ma’lum matematik bilim, ko’nikma va malakalar sistemasini berish; o’quvchilarga olamni o’rganishning matematik usullarini egallashlariga yordam berish; o’quvchilarni og’zaki va yozma matematik nutqqa o’rgatish; o’quvchilarning ta’lim jarayonida va o’z ustida ishlashlarida faol bilish faoliyatini oshirish uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollanishga hamda qo’llashlari uchun yetarli matematik ma’lumotlarni olishiga erishish.

    3. Tarbiyaviy maqsadlari- matematika faniga bo’lgan turg’un qiziqishni tarbiyalash; o’quvchilarni axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash( masalan, mehnatga hurmat, burch hissi, go’zallik, ziyraklik, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni tarbiyalash); o’quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

    4. Amaliy maqsadlari- olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga, boshqa o’quv fanlarni o’rganishda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni mustaqil egallay olish ko’nikmalarini tarkib toptirish.

    5. Maktabda o’quvchilarga matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan maqsadlar:

    • o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishida hamda hayotga tadbiq eta olishiga intilish;

    • o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql- zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish;

    • insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning o’qitilishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish;

    • vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish, rivojlantirish, matematika rivojiga komusiy olimlarimiz qo’shgan ulkan hissalaridan o’quvchilarni xabardor qilish;

    • jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantrish;

    • o’quv jarayonini demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga eri-shish.

    1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematik ta’limning vazifalari -son haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi o’rnini ko’rsatish; hisoblashning amaliy ko’nikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish; algebraik amallarni bajarish ko’nikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi masalalarni yechishda qo’llash; elementar funksiyalarning xossalari, grafiklarini o’rganish va ularni tabiatdagi mavjud munosabatlarni tahlil qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish; planimetriyaning usullari va asosiy ma’lumotlarini o’zlashtirish; o’rganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va tabiatda ro’y berayotgan hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to’g’risida tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini o’rganishda bu xossalarning amaliyot masalalarini yechishga tadbiq qilish ko’nikmalarini shakllantirish.

    2. Davlat ta’lim standarti(DTS)- matematikadan ta’lim mazmunining majburiy hajmini; o’quvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan o’quv yuklamasining yuqori miqdoridagi hajmini; asosiy yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar va ularni baholash me’yorlarini belgilaydi.

    3. Matematik ta’limning asosiy yunalishlari- son va hisoblashlar; ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar; tenglamalar va tengsizliklar; funksiyalar va grafiklar; geometrik shakllar va kattaliklar.

    4. O’quvchilarning matematik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar-:

    a) matematik ta’lim jarayonida o’quvchilarga beriladigan imkoniyatlar bayon etiladi; v)o’quvchilarning matematikadan egallashlari majbur bo’lgan bilim va malakalar, masalalar yechish ko’nikmalari ko’rsatiladi.
    19 Matematika o’qitishda predmetlararo aloqalar- bu
    matematika boshqa o’quv fanlari bilan ,ayniqsa fizika, astronomiya, biologiya, chizmachilik, kimyo va hokazo fanlar bilan bog’lanishlarga.

      1. Matematika boshqa predmetlar bilan ichki aloqalari-bu geometriya va algebra orasida ham aloqalar

      2. Matematik tadqiqotning matematika o’qitishda qo’llaniladigan asosiy usullari- kuzatish va tajriba; taqqoslash va analogiya; analiz va sintez; umumlashtirish, maxsuslashtirish, konkretlashtirish va abstraksiyalash.


      3. Download 1,52 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




    Download 1,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari

    Download 1,52 Mb.