• X-BOB. AVTMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh IShLARI BO‘YIChA MABLAG’LAR SARFINI HISOBLASh TAMOYILLARI
  • 1 A. X. O‘roqov




    Download 10.95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/101
    Sana23.06.2022
    Hajmi10.95 Mb.
    #24296
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101
    Bog'liq
    O\'roqov tamirlash va saqlash
    Reference-346211105004, 1-MAVZU, Молия, abdulla-qodiriy-romanlarida-badiiy-asar-poetikasi, Shashka talabnoma ko\'chalar kesimida namuna, Ijara rasm 28-maktab, KIRISH, Талабнома
    Nazorat savollari
    1. Yo‘llarni qanday boshqarish kerak va yo‘llarga xizmat ko‘rsatishning asosiy 
    vazifalari nimalardan iborat? 
    2. Yo‘l-patrul xizmati va harakatni boshqarish xizmatining tuzilishi qanday? 
    3. Yo‘l texnik tashkilotlari qanday ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lishi kerak? 
    4. Yo‘llarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni qanday tashkil qilinadi ? 
    5. Ishni tashkil etish tamoyillari va usullari qanday? 
    6. Yo‘llarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishga qabul qilish qanday 
    amalga oshiriladi? 
    7. Yo‘llarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sifatini baholash 
    tushunchasini ayting?
    8. Yo‘l xizmati ishlab chiqarish ob’ektlariga qanday talablar qo‘yiladi?
    9. Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash paytida mehnatni muhofaza qilish.
    10. Mehnatni muhofaza qilishni tashkil qilish ?


    397 
    X-BOB. AVTMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh VA SAQLASh 
    IShLARI BO‘YIChA MABLAG’LAR SARFINI HISOBLASh 
    TAMOYILLARI
    10.1. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha 
    mablag’lar sarfini hisoblash qoidalari 
    Avtomobil yo‘llari tarmog’i bo‘yicha butunlay ta’mirlanishi lozim bo‘lgan 
    avtomobil yo‘llari uzunligi, yo‘l to‘shamasi va qoplamasini amaldagi 
    ta’mirlashlararo xizmat muddatini hisobga olgan holda, yo‘l va yo‘l inshootlarini 
    holatini baholash va diagnostika qilish natijalari asosida aniqlanadi. U yoki bu 
    turdagi ta’mirlash turiga tegishli bo‘lgan muayyan avtomobil yo‘llari va yo‘l 
    bo‘laklari uzunligi va ularni bajarish muddati, muvofiq keladigan ta’mirlash turini 
    belgilash uchun o‘rnatilgan mezonlar asosida, avtomobil yo‘llari va yo‘l 
    inshootlari haqiqiy holatini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Har qaysi avtomobil 
    yo‘li va uning bo‘lagini talab qilinadigan ta’mirlash turi, ta’mirlash bo‘yicha ishlar 
    hajmi va tarkibi, ularning haqiqiy holatini baholash va diagnostika qilish natijalari, 
    muhandislik qidiruvi, sinash va tekshirish, no‘qsonlar qaydnomasi va boshqa 
    avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini holatini baholashdan iborat bo‘lgan 
    hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunda yo‘l holati muvofiq keladigan ta’mirlash turini 
    aniqlash mezonlari taqqoslanadi.
    Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari balans bahosiga kiritilgan binolar va 
    yordamchi inshootlar, yo‘l xizmati binolari va ishlab chiqarish bazalari 
    inshootlarini ta’mirlash, o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta 
    hujjatlariga muvofiq alohida topshiriq bo‘yicha amalga oshiriladi. Mazkur qoida 
    avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar hajmini 
    rejalashtirish, yil mavsumlari va rejadagi davrlar bo‘yicha ularni taqsimlash, 
    mehnat va material-texnik resurslarga bo‘lgan ihtiyojni aniqlash uchun 
    mo‘ljallangan.
    Mukammal ta’mirlash o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan 
    loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajariladi va ta’mirlanayotgan yo‘l bo‘lagi butun 


    398 
    uzunligida avtomobil yo‘lining hamma elementlari va inshootlari bo‘yicha 
    kompleks bajarilishi lozim.
    Har qaysi muayyan yil ob-havo sharoitini oldindan aytib bo‘lmaydi, bu esa 
    saqlash bo‘yicha asosiy ishlar zarur hajmiga kuchli ta’sir qiladi. Agar Buyurtmachi 
    saqlash bo‘yicha me’yoriy ishlarga ko‘p yuqori ishonchlilikni qo‘ysa, tajribalar 
    shuni ko‘rsatadiki, Bajaruvchi, qachonki, me’yoriy saqlash hajmi haqiqiy hajmdan 
    oshgan yillarda ortiqcha moliyalashtirishni oladi, qachonki, haqiqiy hajmlar 
    me’yoriy saqlash hajmidan oshgan yillarda esa, qo‘shimcha moliyalashtirishni 
    talab qiladi.
    Haqiqiy bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigani va haq tulanadigani 
    bilan me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlarni uyg’unlashtirish zarur.
    Quyidagi ish turlari, ya’ni yo‘llarni o‘yiqlarini ta’mirlash, yo‘l belgilari 
    taxtalarini almashtirish, qishgi davrlarda qorni chiqarib tashlash va boshqa shunga 
    o‘xshash kabilar haqiqiy bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigan va haq 
    to‘lanadiganlar toifasiga kiradi.
    Saqlash bo‘yicha qisman ishlar, hajmlarni tomomlagungacha va qo‘shimcha 
    ish hajmlarini bajarishga Buyurtmachining topshirig’i (yoki Buyurtmachi 
    tomonidan tasdiqlangan, Bajaruvchi taklifi) mavjud bo‘lguncha – haqiqiy 
    bajarilgan ishlar bo‘yicha qabul qilinadigan va haq to‘lanadigan hisoblanadi.
    Me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlar hajmi oldindan aniqlanadi (bu ishlarni 
    bajarish zarurati paydo bo‘lguncha) va Bajaruchi-tashkilot bilan bitimga kiritiladi. 
    Me’yoriy saqlash bo‘yicha ishlar sifati yo‘l tarmog’i holatini baholash bilan 
    nazorat qilinadi. Agarda, saqlash sifatiga bo‘lgan talablar bajarilmasdan qolsa, u 
    holda Buyurtmachi o‘rnatilgan tartibda Bajaruvchi tashkilotga moliyalashtirishni 
    kamaytirishni qo‘llashi mumkin.
    Mazkur Qoida uchta bo‘limdan tashkil topadi: 
    - yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar hajmini rejalashtirish; 
    - ishlarni bajarish uchun ishchi kuchiga, asosiy mashina mashina va 
    mexanizmlarga bo‘lgan ihtiyojni aniqlash;


    399 
    - avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini rejalashtirish 
    tartibi. 
    Mazkur Qoida rejali va hisobiy ko‘rsatkichlarning tarkibini, ularni hisoblash 
    tartibini, rejali hujjatlar shakllarini va tuman yo‘l-ekspluatastiya korxonasida 
    (TYEK) avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash rejalarini ishlab chiqish 
    muddatlari o‘z ichiga oladi.
    TYEK va uning bo‘linmalari uchun avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va 
    saqlash bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqish amaldagi me’yoriy va uslubiy hujjatlar 
    doirasida 
    amalga 
    oshiriladi.
    Joriy ta’mirlash va saqlashning ishlab chiqilgan rejalari, yo‘l tashkiloti va 
    uning bo‘linmalarini quvvatidan maksimal foydalanishni, ishlab chiqarishni tashkil 
    qilish va texnologiyalarining ilg’or uslublarini tadbiq etish hisobiga ishlab 
    chiqarish jarayonlarini jadallashtirish, ishlarni mehnat va material-texnik resurslar 
    bilan o‘z vaqtida va kompleks ta’minlashni nazarda tutishi lozim.

    Download 10.95 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101




    Download 10.95 Mb.
    Pdf ko'rish