Quduq tubiga mexanik usulda ta’sir ko’rsatish




Download 1.51 Mb.
bet4/8
Sana03.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#48408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bosh qismi
3X4 RASMMM111, Blank Template, 1-ma\'ruza, 3, 5-Shaxsiy topshiriq 2023, План стен Аэропорт, 1323354, 1-LABOR, FOTIMA REJA55, Mavzu-3, Tarmoq
Quduq tubiga mexanik usulda ta’sir ko’rsatish.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda va xususan mamlakatimizda xam maxsuldorlikni oshirishning qatlamni gidravlik yorish jarayoni keng qo‘llanilmoqda va ushbu texnologiya o‘zini oqlab kelmoqda Qatlamni gidravlik yorish-mahsuldor qatlamning quduq tubi zonasida yoriqlarni kengaytirish va tabiiy yoriqlarni chuqurlashtirish hamda o‘tkazuvchanlikni kuchaytiradigan texnologik jarayondir. Qatlamni gidravlik yorish texnologiyasiga asosan chuqur quduqlar uchun tog‘ bosimidan past yoki teng va undan yuqori bo‘lgan bosimlar ta’sirida yorilishlar sodir bo‘ladi.
Qatlamni gidravlik yorish usuli o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan qatlamlardagina qo‘llanilmasdan, balki o‘tkazuvchanligi yuqori quduqlarda xam butun dunyo bo‘ylab taraqqiy etgan davlatlarda keng qo‘llaniladi. Buning asosiy sababi quduq tubi atrofining o‘tkazuvchanligini pasayishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda, quduq va quduq tubi atrofining o‘zaro aloqasini yaxshilash maqsadida,qatlamdagi kuchlanishlarni minimumlashtirishda, tezlikni pasaytirish va boshqalar hisoblanadi.
Qatlamni gidravlik yorish (QGYO) texnologiyasini amalga oshirishda neftni qazib olish uchun yuqori quvvatga ega bo‘lgan nasos stansiyasi yordamida quduqqa yoruvchi suyuqlik (gel, suv, kislota yoki qum aralashmasi) neftlilik qatlamini yorilish bosimidan yuqori bosim ostida quduq orqali bostiriladi. Yoriqlarni ochiq holatda ushlab turish uchun terrigen kollektorlarida elimlanuvchi agent-propantdan, karbonat kollektorlarida-kislotadan foydalaniladi, bunda kislota hosil qilingan yoriqlarni devorini yemiradi. Karbonat kollektorlarida ham propantdan foydalanish mumkin.

3-rasm. Qatlamni gidravlik yorish jarayoni
Qatlamni gidravlik yorish (QGYO) usulidan foydalanib noana’naviy usullarda gaz qazib olishda zichlamali tog‘ jinslariniig bo‘shliqlari tutashtiriladi va tabiiy gazni bo‘shatish imkoniyatini beradi. QGYO da qatlamga quduq orqali maxsus aralashma haydaladi. Bunda aralashmaning tarkibiga 99% suv va qum hamda 1 %-atrofida kimyoviy reagentlar qo‘shiladi. Gelli agentning tarkibi, (50% dan ko‘pi kimyoviy reagentlar), korroziyaga qarshi ingibitor (faqat kislotali QGYO) da ishqalanish kamaytirgich, loyni barqarorlashtirgichlar, kiyoviy birikmalar, to’quvchi chiziqli polimerlar, cho‘kindilarni hosil qiluvchi ingibitorlar, deemulgatorlar, suyultirgichlar, biotsid (suv bakteriyalarini parchalash uchun; kimyoviy reagentlar), quyuqlashtirgichlardan foydalaniladi. QGYOda suyuqlikni quduqdan yoki er osti suvlari orqali oqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qatlamlarni izolyasiya qilishni har xil usullari qo‘llaniladi.
Qatlamni gidravlik yorish usuli – o’tkazuvchanligi yomon tog’ jinslaridan tuzilgan neft quduqlarini mahsuldorligini oshirish va haydovchi quduqlarda qatlamning qabul qiluvchanligini oshirishda eng samarali usullardan hisoblanadi. Bu usulda yer yuzidan haydalayotgan yuqori bosimli suyuqlik yordamida mahsuldor qatlamda bosim hosil qilib, mavjud yoriqlarni kengaytirib quduq mahsuldorligi oshiriladi. Hosil qilingan yoriqlar bosim tushgandan keyin qayta yopilib qolishini oldini olish uchun qatlamga kvars qumlari suyuqlik bilan haydaladi.
Hosil qilingan yoriqlar qatlamga bir necha o’n metrlab kiradi va quduq mahsulotini bir necha o’n marotaba oshiradi.
Qatlamni gidravlik yorish quyidagi ketma-ketlikda bajariladigan jarayonlar orqali amalga oshiriladi.

  1. qatlamda yoriq hosil qilish uchun suyuqlikni haydash;

  2. hosil qilingan yoriqlarni to’ldirish uchun qum tashuvchi suyuqlikni qum bilan haydash;

  3. yoriqlarga qumni bostirish uchun, bostiruvchi suyuqliklarni haydash.



Download 1.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quduq tubiga mexanik usulda ta’sir ko’rsatish

Download 1.51 Mb.