1. Anomal past bosimli konlarda olib borilgan tadqiqiotlarni taxlil qilish




Download 1.51 Mb.
bet6/8
Sana03.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#48408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bosh qismi
3X4 RASMMM111, Blank Template, 1-ma\'ruza, 3, 5-Shaxsiy topshiriq 2023, План стен Аэропорт, 1323354, 1-LABOR, FOTIMA REJA55, Mavzu-3, Tarmoq
8-rasm. Elektroqizdirish jarayonida quduq tubi haroratining o’zgarishi:
1-21 kVt; 2-10,5 kVt; 3,4-21 kVt; 5,6,7-10,5 kVt
1,2-egri chiziqlar Arlansk koni uchun; qolganlari-Ishimbaysk koni uchun
Quduqda olib borilgan o’lchashlar orqali harorat tarqalishi yuqoriga 20-50 m va pastga 10-20 m tashkil qilgan. O’zbekistonda quvvati 10,5 kVt bo’lgan qizdirgich bilan 5-7 sutka qizdirilgandan keyin harorat tushishi 3-5 oC/soatni tashkil qilgan. Shuning uchun quduq tubiga ishlov berilgandan keyin quduq tezda ishga tushirilishi kerak bo’ladi.
Ishlov berish ta’siri 3-4 oy davom etadi. Qayta qizdirishda samaraning past bo’lishi kuzatiladi.
Ozbekistonda 814 elektroqizdirgich bilan ishlov berilib, 66,4% samarali bo’lgan, bunda bitta muvoffaqiyatli ishlov berish orqali 70,3 t qo’shimcha neft qazib olingan.
Chuqur bo’lmagan quduqlarda quduq tubi atrofiga siklik bug’ haydash usuli elektroqizdirish usulidan samarali hisoblanadi. Bug’ haydashda issiqlik energiyasi miqdori haydalayotgan chuqurlikka bog’liq bo’ladi. Konda o’tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlanishicha 800 m chuqurlikka 1 t/soat tezlikda bug’ haydalsa, samarasiz bo’ladi. Haydash tezligi qancha katta bo’lsa NKQ da harorat yo’qotilishi shuncha kam bo’ladi. Nazariy va amaliy baholash natijasida aniqlanishicha haydash tezligi 4-5 t/soatda 800 m chuqurlikka issiqlik tashuvchi haydalganda NKQ da harorat yo’qotilish 20 % kamayadi.
Quduq tubiga issiq bug’ bilan ishlov berish uchun harakatlanuvchi ППГУ-4/120M, ДКВП-10/39 va chet elda ishlab chiqarilgan “Takuma”, КСК va boshqa shu kabi qurilmalardan foydalaniladi. Harakatlanuvchi bug’ generator qurulmasi katta og’irlikka ega, bir nechta bloklardan tashkil topgan bo’ladi, uni o’rnatish joyiga prokladka, suv va gaz quvuri kerak bo’ladi. Stasionar qurilmalar ishlov beriladigan quduqlar guruhi atrofiga o’rnatilib, vaqtinchalik bug’ o’tkazgichlar bilan ulanadi
Quduq jixoziga quduq ustini bog’lash uchun issiqlikka bardoshli maxsus armatura, quvur orti qismini ajratish uchun issiqlikka bardoshli paker, NKQ va mustahkamlovchi quvurlar tizmasida haroratni kompensatsiyalash uchun maxsus quvurli harorat kompensatorlari kiradi.
1 t qo’shimcha neft olish elektroqizdirgich bilan ishlov berishga nisbatan siklik bug’ haydashda 2,8 marta ko’p issiqlik (issiqlik bilan ishlov berishda 333 000 kJ, elektroqizdirgich bilan ishlov berishda 120000 kj sarflanadi)sarflanadi

Download 1.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Anomal past bosimli konlarda olib borilgan tadqiqiotlarni taxlil qilish

Download 1.51 Mb.