• Рt.j=ρt.j·g·H
  • Yana boshqa usullardasn bir bu Qatlamni gidravlik yorish usuli




    Download 1.51 Mb.
    bet7/8
    Sana03.04.2023
    Hajmi1.51 Mb.
    #48408
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    bosh qismi
    3X4 RASMMM111, Blank Template, 1-ma\'ruza, 3, 5-Shaxsiy topshiriq 2023, План стен Аэропорт, 1323354, 1-LABOR, FOTIMA REJA55, Mavzu-3, Tarmoq
    Yana boshqa usullardasn bir bu Qatlamni gidravlik yorish usuli
    Qatlamni gidravlik yorish (QGYO) neft va gaz quduqlarining ishini jadallashtirishning metodlaridan biri bо‘lib, haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligi oshirishdan iboratdir. Qazib olinadigan flyuid oqimini taminlash uchun ( gaz, kondensat, neft va ularning aralashmasini) yuqori о‘tkazuvchan yoriqlar kanalini qatlamda yaratishdir.
    QGYO amalga oshirilgandan sо‘ng quduqning debiti keskin oshadi. Neftni va gazni an’anaviy usullarda qazib olish mumkin bо‘lmaganda yoki kam debitga ega bо‘lganda tо‘xtab qolgan quduqlarni jonlantirishda qо‘llaniladi. Bundan tashqari kо‘pgina neft kazib olish bilan shug‘ullanuvchi AQSH, Rossiya, Kanada, Qozog‘iston va hakozo davlatlarda ham bu eski yoki sо‘nish bosqichida ishlayotgan konlarda emas ishga tushirishning dastlabki davridan boshlab samarasi past yoki kam debitli quduqlarda ham an’anaviy usullar yordamida QGYO orqali ishlatilmoqda.
    Bu usulda qatlamga bosim ostida suyuqlik haydalib, bosim ta‘sirida qatlam ochiladi, qatlamchalarga ajratiladi. Bosim pasaytirilganda yoriqlarni bir-biri bilan birikishini oldini olish uchun suyuqlik bilan birgalikda yirik qumlar haydaladi, o’tkazuvchanlik saqlanib qoladi, buzilgan qatlamni 1000 martagacha o’tkazuvchanligi yaxshilanadi.
    Gidravlik yorish 100 MPa – ga bosimda amalga oshirilib, bunda katta miqdordagi suyuqlik sarflanadi, murakkab va har xil turdagi texnikadan foydalaniladi.
    Qatlam g’ovakligiga tik yo’nalgan, g’ovaklikdan yuqorida yotgan jinslarni og’irligiga teng bo’lgan kuch ta‘sir qiladi.
    Qoldiq tog’ jinsining o’rtacha zichligi odatda 2300 kg/m3 – ga teng qabul qilinadi.
    Tog’ jinsining bosimi
    Рt.j=ρt.j·g·H

    Bu yerda: suvni zichligi 1000 kg/m3. Tog’ jinsi bosimi (Рt.j) gidrostatik bosimdan 2,3 marta katta.


    QGYО – da neftli yoki suvli asosdagi eritma tayyorlanadi. Qatlamni yutilishini kamaytirish va qum tashish holatini yaxshilash uchun neftli asosli eritmadan foydalaniladi. Suyuqliklar qo’llanilish kategoriyasi bo’yicha uchga bo’linadi: yoruvchi suyuqlik, qum tashuvchi – suyuqlik, yuvuvchi suyuqlik.
    QGYO texnologiyasini amalga oshirishda neftni qazib olish uchun yuqori quvvatga ega bо‘lgan nasos stansiyasi yordamida quduqqa yoruvchi suyuqlik (gel, suv, kislota yoki qum aralashmasi) neftlilik qatlamini yorilish bosimidan yuqori vosim ostida quduq orqali bostiriladi. Yoriqlarni ochiq holatda ushlab turish uchun terrigen kollektorlarida yolimlanuvchi agent-propantdan, karbonat kollektorlarida-kislotadan foydalaniladi, hosil qilingan yoriqlarni devorini yemiradi. Karbonat kollektorlarida ham propantdan foydalaniladi. QGYO usulidan foydalanib noana’naviy usullarda gaz qazib olishda zichlamali tog‘ jinslariniig bо‘shliqlari tutashtiriladi va tabiiy gazni bо‘shatish imkoniyatini beradi.
    QGYO yorishda qatlamga quduq orqali maxsus aralashma haydaladi. Bunda aralashmaning tarkibiga 99% suv va qum hamda 1 %-atrofida kimyoviy reagentlar qо‘shiladi. Gelli agentning tarkibi, (50% dan kо‘pi kimyoviy reagentlar), korroziyaga qarshi ingibitor (faqat kislotapi QGeda), ishqalanish kamaytirgich, loyni barqarorlashtirgichlar, kiyoviy birikmalar, tuquvchi chiziqli polimerlar, chо‘kindilarni hosil qiluvchi ingibitorlar, deemulgatorlar, suyultirgichlar, biotsid (suv bakteriyalarini parchalash uchun; kimyoviy reagentlar), qо‘yuqlashtirgichlardan foydalaniladi. QGYoda suyuqlikni quduqdan yoki yer osti suvlari orqali oqib chiqishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun qatlamlarni izolyatsiya qilishni har xil usullari qо‘llaniladi. Qatlamlarni gidravlik yorish natijasida kо‘tilgan natijalarga- ya’ni quduqning debiti jadallashtirilashtirish kiradi va quduqqa neft bilan birgaliqda suvlar kirib keladi (yaqin joylashgan kollektordan suvlarni germetik bо‘lmagan joydan kirib kelishi) hamda quduqning suvlanganlik kо‘rsatgichi oshib ketadi yoki bu jarayonda ijobiy natijaga erishib bо‘lmasligi ham mumkin.
    QGYoda asosiy muamolardan yana biri yoriqlarni kerakli bо‘lmagan tekisliklarda joylashganligi-mumkin bо‘lmagan holat bо‘lib, tog‘ jinslariga vektorli kuchlanishini ta’sir qilishni oldindan bilib bо‘lmaydi hamda bu yoriqlar tik yoki yotiq kо‘rinishida bо‘lishi mumkin. Bu metodika asosida kо‘pgina tadqiqot ishlari olib borilgan. Birinchidan burg‘ilash tizmasini ostki qismini kerakli texnologik jamlanmalar va geofizik datchiklar bilan jihozlash hamda birgaliqda burg‘ilash jarayonida litologik qirqimning geomexanik xossalarini aniqlashtirish zarur hisoblanadi.
    Ikkinchi muhim omillardan biri, QGYO orqali gorizontal yoriqlarni hosil qilishda chuqurligi 600-800 metrdan katta bо‘lganda tik kuchlanish gorizontal kuchlanishdan yuqori bо‘ladi. Shunday qilib gorizontal yoriqlarni hosil qilishda maxsus konstruktiv va texnologik GYO usullari qо‘llaniladi. Gorizontal yoriqlarni gidravlik yorishda metodik modellar ishlangan, tik quduqlarni gidravlik yorishdan farq qiladi hamda maksimallik kо‘rsatgichi bilan ajralib turadi. Uchinchi majburiy holatlardan biri yoriqlarni qiya yо‘nalishini boshqarishda quduqning belgilangan uchastkasida troyektoriyani joylashtirish kerak bо‘ladi. QGYodagi kо‘pgina muammolar yuqorida keltirilganlardan kelib chiqadi: yoriqlarni ochilishi bizni fikrimizga kо‘ra kichik bо‘ladi. Gorizontal quduqlarda propantni oraliqlarga kirib borishi va uni tо‘ldirishi kichik bо‘ladi hamda keyinchalik yoriqlarni siljish bosimi yuqori bо‘ladi. Bunda qoldiq oraliq masofada propantni mustahkamligiga bо‘lgan talab oshadi. Bunda yoriqli tog‘ jinslarida gorizontal yoriqlar kengligi bо‘yicha о‘zgarmasdan qoladi. Gorizontal quduqlarda QGYO texnologiyasining samaradorligi tik quduqlarga nisbatan 20-30% yuqori bо‘ladi. Shuning uchun oddiy kо‘p bosqichli yon otvodlardan foydalaniladi.
    Qatlamni gidravlik yorish texnologiyasi yoki gidravlik yorish bо‘yicha butun dunyoda bahslashuv ketmoqda. Qarshi bо‘lganlar atrof muhitga potensial ta’sir qilishi, tarafdorlari-jahon iqtisodiy krizisni yengib о‘tishning eng yaxshi imkoniyati deb hisoblaydi. Birinchi о‘rinda gidravlik yorishni qatlam suvlariga ta’sir qilishi bilan bog‘liqdir. Metanning ta’sir qilishi, otilmalarni chiqishi, qatlam suvlarini ifloslanishi jiddiy favqulodlardagi xatolarga sabab bо‘ladi. Agarda grunt suvlaridan foydalanilayotgan bо‘lsa, u holda atrof muhitning holati katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
    Bugungi kunda lokal muammolarni yechimini izlashda uni bor yо‘qligigaishonch hosil qilishimiz kerak. Texnik jihatdan qaraganimizda bu muammo mavjud, gidravlik yorish texnologiyasini qо‘llanilishi talab qilinadi.Qatlamni gidravlik yorish usulini qо‘llab, slanets gazlari qazib olinganda foydalaniladigan uglevodorod yoqilg‘isi kuchayadi. Xalqaro energetika agentligi hisobotini kо‘rib chiqadigan bо‘lsak, "Oltin gaz asrning oltin qoidasiga muvofiq kо‘mirni slanets gazi bilan almashtirish klimatni katostrafik о‘zgarishini inkor qiladi. Boshqa hisobotda: tabiatni muhofaza qilish, quyosh, shamol va atom hamda uglevodorod gazlarini ushlab qolish va saqlash iqlimni toza asrashda muhim rol о‘ynaydi.
    Qatlamni gidravlik yorishni olib borish texnologiyasi
    1) Geologik xizmati boshqaruvi tomonidan QGYoni hisobi uchun ma’lumotlarni о‘rnatilgan shakli tuziladi.

    2) Elektron hisoblash mashinasidagi hisoblarni natijasi bо‘yicha QGYoni olib borishni programmasi tuziladi.


    3) Quduqning teritoriyasida jihozlarni va QGYO agregatlarini joylashtirish uchun maydon tayyorlanadi.
    4) Quduqda maxsus quduq usti jihozlari о‘rnatiladi.
    5) Quduqni kapital ta’mirlash ustasi QGYO bо‘yicha mas’ulga ishlarni olib borish akti topshiriladi.
    6) Ilovadagi sxemaga muvofiq QGYO muhandisi boshchiligida agregat va jihozlar joylashtiradi.
    7) Quduq usti jihozlari, manofoldlar va haydovchi chiziqni bog‘lovchi agregatlar 10 daqiqa davomida 700 atm bosim ostida germetiklikka sinaladi.
    8) Quduq ustidagi birikmalarni germetikligi о‘rnatilgandan keyin quduqqa QGYO uchun gelli suyuqlik haydaladi. Kompyuterdagi programma asosida quduqni qabul qiluvchanligiga erishish guvohnomasi о‘rnatiladi.
    9) Quduqni yorishga erishilgandan keyin programma bо‘yicha qudukka 10 dan 40 m3.gacha toza gelli yorish suyuqligi haydaladi.
    10) Yoruvchi suyuqlikka gellangan suyuqlik hisobiy dozadagi propant 100 dan 900 kg/m3 gacha belgilangan programma asosida 450 atm. bosim ostidahaydaladi. Yoriqlarni mahkamlash uchun 4-30 t propant haydaladi.
    11) Propant va suyuqlikdan keyin qatlamning shipigacha hajmda suyuqlik bostiriladi. QGYO jarayonini amalga oshirish pult yordamida va radio aloqa orqali boshqariladi.
    12.Qatlamning kon-geologik ma’lumotlariga asosan suyuqlikni haydash kо‘rsatgichi 3-7 m3/min. chegarasida ushlab turiladi.
    13) Quduqqa gelni tushishi uchun 24 soat davomida tanffus bosim ostida qoldiriladi.
    14) QGYoda quyidagi parametrlar doimiy ravishda nazorat qilinadi: haydash bosimi, haydash kо‘rsatgichi, quvur orti bosimi, propantning miqdori, suyuqlikning zichligi, kimyoviy reagentlarning miqdori. Parametrlarni yozib olish bir vaqtning о‘zida EHMning ekranida grafik kо‘rinishida, yozuvlar EHMning xatirasida, disketda,printerda pechatlanadi va ma’lumotlar jadval kо‘rinishida yoziladi.

    Qatlamni gidravlik yorish-tanlangan quduq uchun QGYoda debit aniqlanadi (qabul qiluvchanligi), quduq tubi va qatlam bosimi, mahsulot qazib olinadigan quduqdagi suvning miqdori va gaz omili aniqlanadi. Quduq tubini va qatlam quduq tubi atrofini tozalash tadbirlari amalga oshiriladi. Ishlatish tizmasining va sement halqasining germetikligi tekshiriladi.Quduqqa NKQ (bosimni yо‘qotilishini kamaytirish uchun kattaroq diametrli quvur) paker va yakor bilan birgalikda tushiriladi. Paker yoriladigan qatlamdan 5- 10 m yuqori otmetkaga о‘tkazmaydigan qatlamga (loyli, argillitga, alevrolit) о‘rnatiladi. Pakerning ostiga NKQ (xvostovik) о‘rnatiladi. Xvostovikning uzunligi shunday tanlanadiki, haydaladigan qumning yoriq bо‘ylab harakatlanishi ta’minlanadi va qum zumpfga о‘tirib qolmasligi kerak. Quduqning ichi ustigacha neft konidan qazib olinadigan gazsizlantirilgan neft bilan haydovchi quduqlar haydaladigan suv bilan tо‘ldiriladi. Paker о‘rnatilgandan keyin ochiq quvur orqasiga NKQ orqali neft yoki suv haydash orqali opressovka qilinadi. Pakerdan suyuqliklarni chiqishi kuzatilganda u uzib olinadi va qaytadan о‘tqaziladi hamda opressovka qilinadi. Agarda bunday holatda pakerni germetikligiga erishilmaganda paker almashtiriladi yoki о‘rnatish joyi о‘zgartiriladi. QGYO uchun jihozlar maydondagi quduqning oldiga shaxsan GYO olib boradigan brigada tomonidan texnologik sxemaga asosan taxlanadi, jihozlarga quvur uzatmalarining bog‘lanmasi (past bosimli uchun quldasta yordamida, yuqori bosim bо‘lganda - pо‘lat quvurlar) о‘rnatiladi.Hamma quvur uzatmalar о‘natilgan keyin zaxira koeffitsiyenti vakutiladigan ishchi bosimga (agarda ishchi bosim 650 atm kutilganda 1,25 zaxira koeffitsiyenti bilan) opressovka qilinadi. Sig‘imda joylashgan qatlamni gidravlik yorish suyuqligi kimyoviy reagentlar va yuqori qovushqoqli kо‘rsatgichda tayyorlanadi. Suyuqlikni yorishga tayyorlashni davom etishi uning hajmiga, sifatiga va haroratiga bogliq bо‘ladi. Texnologik sxemaga muvofiq QGYO jarayoni yoruvchi suyuqlikni sarf va bosim bilan haydash asosida olib boriladi. Qatlamni yorish bosimini pasayishi va quduqning qabul qiluvchanligini oshishiga qarab aniqlanadi.


    Quduq P tubini gidravlik yorish bosimi RQGYoformula yordamida aniqlanadi:


    Download 1.51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yana boshqa usullardasn bir bu Qatlamni gidravlik yorish usuli

    Download 1.51 Mb.