Anomal past bosimli konlarni ishlatishda qo`llanilgan texnologiyalari




Download 1.51 Mb.
bet2/8
Sana03.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#48408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bosh qismi
3X4 RASMMM111, Blank Template, 1-ma\'ruza, 3, 5-Shaxsiy topshiriq 2023, План стен Аэропорт, 1323354, 1-LABOR, FOTIMA REJA55, Mavzu-3, Tarmoq
1.2 Anomal past bosimli konlarni ishlatishda qo`llanilgan texnologiyalari.
Hozirgi unda anomal past bosimli gazkondensat konlari kupchilik qismi ishlatilmay turibdi. Chunki bu konlarga yangi loyiha qilish ko’zda tutilan. Konni vaziyatidan uni texnik texnologik parametrlaridan kelib chiqib loyiha qilish kuzda tutilgan. Umuman olganda past bosimli gazkondensat konlariga quduq parametrida kelib chiqib har xil usullar tanlash mumkin masalan: gidrorazriv, Quduq tubiga kimyoviy usul orqali ta’sir ko’rsatish, Quduq tubiga mexanik usulda ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, Quduq tubiga issiqlik usulida ta’sir ko’rsatish, suv yoki gaz haydash usullarini kurib chiqish mumkin.
Qatlamdan mahsulotni olish va unga har qanday ko’rinishda ta’sir qilish quduq orqali amalga oshiriladi. Konni samarali ishlashi quduq tubi atrofining holatiga bog’liq bo’ladi.Kam o’tkazuvchan qattiq tog’ jinslarida depressiya qancha katta bo’lsada, neftning quduq tubi tomon oqimi kam bo’ladi. Bunday tog’ jinslaridan tuzilgan mahsulot oluvchi quduqlarning bosimi past bo’ladi, haydovchi quduqlarda, qancha katta bosim bilan suvni haydamaylik qabul qilishi juda kichik bo’ladi. Bu kabi quduqlarda mahsulot oqishini yoki qabul qiluvchanlik darajasini oshirish uchun suniy ta’sir etish usullaridan foydalaniladi. Buning uchun g’ovaklar soni va o’lchamini oshirish, tog’ jinsi yorig’ini (g’ovakligini) kengaytirish, shu bilan birga g’ovakliklarga joylashib qolgan parafin va smolalarni olish kerak bo’ladi. Quduq tubi atrofiga ta’sir qilish tavsifiga ko’ra, ta’sir qilish usullari quyidagi uchta asosiy guruhga ajratiladi: kimyoviy, mexanik va issiqlik. Bu usullarni qo’llab yaxshi natija olish uchun, bir nechta usullarni birgalikda qo’llanilishi ham mumkin. Quduq tubi atrofiga ta’sir etish usullari qatlam sharoitiga qarab tanlab olinadi. G’ovak kanalchalar devoriga qotib qolgan smola va parafinlardan tozalash uchun issiqlik kimyoviy usul bilan ishlov berish va kam o’tkazuvchan karbonat (dolomit, ohaktosh) tog’ jinslardan tuzilgan qatlamlarga kislotali ishlov berish usuli qo’l keladi. Quduq tubi atrofiga tuz kislotali ishlov berish.Quduq tubi atrofiga tuz kislotali ishlov berish usuli dastlab faqat karbonat tog’ jinslaridan tuzilgan kollektorli konlarda qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik uni qo’llash kengaydi.
a) karbonat tog’ jinslaridan va tarkibida qumtoshi bo’lgan karbonat kollektorli konlarda quduq debitini oshirish maqsadida ishlov berish.
b) haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligini oshirish maqsadida quduq tubi atrofiga kislotali ishlov berish .
v) tuz qatlamlarini eritish maqsadida ishlov berish.
g) parafin-smola qoldiqlarini g’ovaklardan tozalash uchun termokislotali ishlov berish.
Tuz kislotali ishlov berish usuli tuz kislotasining karbonat tog’ jinslarini eritishiga asoslangan. Bu reaksiya quyidagi tarzda kechadi.
a) ohaktosh uchun 2HCl +CaCO3=CaCl2+H2O+CO2
b) dolomit uchun 4HCl +CaMg(CO3)2= СaCl2+MgCl2+2H2O+2CO2
Reaksiya natijasida hosil bo’lgan CaCl2 va MgCl2 suvda yaxshi eriydi va quduqdan chiqarish oson kechadi
Hozirgi vaqtda kislotali ishlov berishning quyidagi turlari mavjud:
1) kislotali vanna;
2) oddiy kislotali ishlov berish;
3) bosim ostida kislotali ishlov berish;
4)issiqlik kimyoviy va issiq kislotali ishlov berish;
Kislotali vanna usulida ishlov berishdan maqsad quduq tubi atrofini ifloslovchi modda (sement yoki loyli qobiqlar va korroziya mahsulotlari)dan tozalashdir. Kislotali vanna usuli boshqa usullardan farqi shuki, kislota eritmasi mahsuldor qatlam qalinligi bo’yicha olinib, unda bosim bilan ta’sir qilinmaydi.
Oddiy kislotali ishlov berish usuli eng ko’p tarqalgan usullardan biridir. Quduq tubi atrofiga kislotani bostirish yo’li bilan g’ovakliklarni tozalash uchun mo’ljallangan bo’lib, uni bostirish bitta nasos agregati yordamida amalga oshiriladi. Oddiy ishlov berish usulida ishlov berish uchun 20-35 m3 kislota eritmasi kerak bo’ladi. Bosim ostida kislotali ishlov berish usuli oddiy usuldan farqi, katta bosim ostida (200,250,300 kgs/sm2) ishlov berilishidadir. Ishlov berish samarasi kislota konsentrasiyasi, uning miqdori, bosimi, harorati, tog’ jinsi tavsifi va boshqalarga bog’liqdir.
Quduq tubi atrofiga 8-15 % konsentrasiyali tuz kislotali eritma bilan ishlov berish samarali hisoblanadi. Yuqori konsentrasiyali tuz kislota eritmasi bilan ishlov berish natijasida quduq jixozlarining mustahkamligiga ta’sir qilib ularni tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Gips bilan reaksiyaga kirishi g’ovakliklarda qoldiqlar hosil qiladi. Past konsentrasiyali tuz kislota eritmalari yordamida ishlov berishda kislota eritmasi miqdorini ko’proq olishga va reaksiya natijalarini chiqarib olishda qiyinchiliklar tug’diradi. 1 m qalinlikka ishlov berish uchun 0,4-1,5 m3 hajmda konsentrasiyasi 8-15% bo’lgan kislota eritmasi kerak bo’ladi.[6,7]
Kam o’tkazuvchan kollektorlardan tuzilgan qatlamga va past debitli quduqqa ishlov berishda 0,4-0,6 m3 hajmda kislota eritmasi ishlatiladi. Yuqori o’tkazuvchan qatlamlar uchun 0,8-1 m3 hajmda kislota eritmasi qo’llaniladi. Yuqori o’tkazuvchan tog’ jinslaridan tuzilgan va boshlang’ich debiti yuqori bo’lgan quduqlar uchun 1-1,5 m3 hajmda kislota eritmasi qo’llaniladi.
Qatlam bosimi kichik bo’lgan quduqlarda birinchi ishlov berishda 10-12% li tuz kislotali eritmasi bilan ishlov berish kerak bo’ladi. Yuqori bosimli quduqlarda 12-15% li tuz kislotasi bilan ishlov berilsa yaxshiroq natija beradi. 8% li kislota eritmasi bilan karbonatli qum toshlardan tuzilgan qatlamlarga ishlov berish uchun qo’llaniladi.

Quduq tubiga ishlov berishda qo’llaniladigan tuz kislotasi quduq jixozlarini yemiradi. Buning oldini olish uchun ingibitorlar qo’shiladi. Ingibitor sifatida formalindan foydalaniladi. Bir tonna kislota eritmasiga 6 kg formalin qo’shilsa, eritmaning korrozion aktivligini 7-8 marta kamaytiradi.
Eng ko’p tarqalgan ingibitor – unikol PB-5 – qo’ngir rang suyuqlik bo’lib, 0,25-0,5 % gacha unikol qo’shilsa, korrozion aktivlikini 31-42 martagacha kamaytiradi. Unikol tuz kislotasida to’liq eriydi, lekin suvda erimaydi. Shuning uchun reaksiyadan keyin kislota eritmasi CaCl va MgCl ga aylanganda undan qoldiq qoladi, bu uning kamchiligidir. Shuning uchun uni juda kam miqdorda 0,1 % qo’shiladi va bu korrozion aktivligini 15 martagacha kamaytiradi.

Yuqorida ko’rsatilgan ingibitorlardan tashqari I-I-A va uratropin aralashmasi va UFE8 lardan foydalaniladi.


Ishlov berishning samarasini oshirish uchun intensifikatorlar ya’ni sirt faol moddalar qo’shiladi.
OP-10, UFE8, karbozalin O, katapin va katamin kabi sirt faol moddalar qo’shilganda kislotaning karbonatlar bilan reaksiyasi 3 marta kamayadi.
Tuz kislotasi zavodda yuqori konsentrasiyada ishlab chiqariladi. Uni bu holatda qo’llash qiyin, uni qo’llashdan oldin kerakli konsentrasiyagacha suv bilan aralashtiriladi[9,15].
Tuz kislotasining 4 xil turi ishlab chiqariladi: a) sintetik texnik tuz kislotasi; b) texnik tuz kislotasi; v) organik kelib chiqishli obgazlardan tayyorlangan tuz kislotasi; g) zavodni o’zida ingibirlangan tuz kislotasi.
Quduqqa tuz kislotali ishlov berishda kislota eritmasi markaziy kislota bazasida yoki ishlov berilayotgan quduq atrofida tayyorlanadi. Buning uchun jadvalda ko’rsatilgan suv miqdoridan umumiy qo’shiluvchilar uksus kislotasi va agar kerak bo’lsa, ftor kislotasi miqdorlari yig’indisini ayirib o’lchov idishiga quyiladi. Keyin ko’rsatma bo’yicha hisoblab chiqilgan kislota miqdori suvning ustidan idishga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Zichligi bo’yicha eritma konsentrasiyasi tekshiriladi va agar suv kam bo’lsa – suv, kislota kam bo’lsa –kislota qo’shiladi. Keyin eritmaga BaCl qo’shilib, u aralashib ketgunga qadar aralashtiriladi. Aralashtirilib bo’lgandan keyin 5 minut o’tkazib intensifakator qo’shiladi va eritma yana aralashtiriladi. Eritma to’liq oqarguncha 2-3 soat tinch qoldiriladi va shundan keyin eritma ishlov berishga tayyor bo’ladi.


1-rasm. Oddiy ishlov berishda jixozlarni joylashishi:
1- azinmash nasos agregati; 2-agregatga o’rnatilgan kislota idishi; 3-tirkamaga o’rnatilgan kislotali idish; 4-kislota uchun idish; 5-bostiruvchi suyuqlik uchun idish; 6-quduq usti.

2-rasm.Quduqqa tuz kislotali ishlov berish tarxi.
Haydash jaryonini 3 bosqichga bo’lish mumkin: oldin neft haydash, keyin eritma haydash va qatlamga bostirish. Tuz kislotali ishlov berish tarxi keltirilgan. Quduqqa kislota bostirilgandan so’ng bir necha soat tinch holatda qoldiriladi.

Download 1.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Anomal past bosimli konlarni ishlatishda qo`llanilgan texnologiyalari

Download 1.51 Mb.