-rasm.Qatlamni gidravlik yorish sxemasi




Download 1.51 Mb.
bet5/8
Sana03.04.2023
Hajmi1.51 Mb.
#48408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bosh qismi
3X4 RASMMM111, Blank Template, 1-ma\'ruza, 3, 5-Shaxsiy topshiriq 2023, План стен Аэропорт, 1323354, 1-LABOR, FOTIMA REJA55, Mavzu-3, Tarmoq
4-rasm.Qatlamni gidravlik yorish sxemasi.
1-yoruvchi suyuqlikni haydash; 2-qum-suyuqlik aralashmasini haydash; 3-bostiruvchi suyuqlikni haydash.1-glina; 2-neft qatlami.
Qatlamni yorish uchun quduq tubida bosimni quyidagicha aniqlaymiz:
Pyor=1,5Hρg ÷2,5 Hρg
bu erda: H - quduq chuqurligi; m da ; ρ - tog’ jinsi zichligi; kg/m3 da;
Asosan yoruvchi suyuqlik va qum tashuvchi suyuqlik sifatida bir xil suyuqlikdan foydalaniladi. Shuning uchun bu suyuqliklarni atashni soddalashtirish uchun yorish suyuqligi deb ataladi. Ikki xil yoruvchi suyuqligi qo’llaniladi:
1) uglevodorod asosli suyuqlik;
2) suv asosli eritmalar
Ayrim hollardagina suv-neft va neft-kislota emul’siyalari qo’llaniladi.
Neft quduqlarida uglevodorodli suyuqliklardan foydalaniladi: ularga yuqori qovushqoq neft mahsulotlari, mazut yoki uning neft bilan aralashmasi, dizel yoqilg’ilari yoki xom neft, neftni sovun bilan aralashmasi.
Suv haydovchi quduqlarda suv eritmalari qo’llaniladi: ularga suv, sul’fit-spirtli bardani suvli eritmasi, tuz kislota eritmalari va har-xil reagent bilan aralashtirilgan suv.
Mahsuldor qatlam o’tkazuvchanligiga qarab yoruvchi suyuqlik qovushqoqligi 50 dan 500 gacha oraliqda tanlab olinadi.
Qatlamni gidravlik yorishda yoriqni to’ldiruvchi qumlar quyidagi talablarga to’liq javob berishi kerak:
1) mehanik mustahkam bo’lishi, yoriqlarni orasida ezilib ketmasligi kerak.
2) yuqori o’tkazuvchanlikni saqlab qolishi kerak.
Bu talablarga kvars qumi to’liq javob beradi. Qum zarralari o’lchami 0,5 mm dan 1 mm gacha bo’ladi. Qatlamga qumni haydash miqdori tog’ jinsi yorilish darajasiga bog’liq. Ko’p yoriqli tog’ jinslaridan (ohaktosh va dolamit) tuzilgan qatlamlarga bir necha o’n tonna qum haydash mumkin[6,28].
Qatlamni gidravlik yorish texnologiyalari quyidagilardan tashkil topgan bo’ladi. Ishlov berishdan oldin quduq oqimi tekshiriladi, uning qabul qiluvchanligi va yutilish bosimi aniqlanadi. Tekshirish natijasida yorish suyuqliklari miqdorini, haydash bosimi aniqlanadi va ishlov berilgandan keyingi natijani tahlil qilinadi.
Qatlamni gidravlik yorishdan oldin quduq qumli va loyli tiqinlardan tozalanadi va quduq devori ifloslovchi qoldiqlardan yuviladi. Ko’p hollarda kislotali ishlov beriladi yoki qatlam tekshiriladi. Bu ishlar yorish bosimini pasaytiradi va uning samaradorligini oshiradi.
Qatlamni gidravlik yorish uchun quduq tubi jixozlari sxemasi keltirilgan.



5-rasm.Qatlamni gidravlik yorishda yer osti jixozlarining joylashish sxemasi.
1-mustahkamlovchi quvurlar tizmasi;
2-nasos-kompressor quvuri; 3-gidravlik yakor; 4-paker; 5-mahsuldor qatlam;
6-dumcha.



Yuvilgan, tozalangan va maxsus shablonda tekshirilgan quduqqa 89-114 mm li quvurlar tizmasi tushirilib, u orqali yorish suyuqligi haydaladi. Qatlamni gidravlik yorishda kichik diametrli quvurlardan foydalanilmaydi, chunki undan suyuqlik haydalganda ko’p bosim yo’qotiladi. Mustahkamlovchi quvurlar tizmasiga yuqori bosim ta’sir qilmasligini ta’minlash uchun yoriladigan qatlam yuqorisidan paker o’rnatiladi.
Quduqda bosim oshirilganda pakerni tizma bo’ylab harakatlanishini oldini olish maqsadida gidravlik yakor o’rnatiladi.
Quduq usti yoruvchi suyuqlik haydovchi agregatlar qo’shilgan maxsus boshcha bilan jixozlanadi.
Gidravlik yorish jarayonida quduq usti jixozlanishi sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan.

6-rasm. Qatlamni gidravlik yorishda yer usti jixozlarining joylashish sxemasi.
1-quduq; 2-4АН-700 agregatlari; 3-qumaralashtiruvchi ЗПА agregati; 4-yordamchi nasos agregatlari; 5-qum tashuvchi suyuqlik uchun idish; 6-yoruvchi va bostiruvchi suyuqliklar uchun idishlar.
1.3 Quduq tubiga issiqlik usulida ta’sir ko’rsatish tasnifi.
Og‘ir qovushqoq, parafin va asfaltosmolali (5-6% dan yuqori) neftni qazib olishda quduq tubi atrofiga issiqlik ta’sir usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta’sir etish davriy olib borilib quduq uncha chuqur bo‘lmasligi kerak (1300 m gacha), quduqdan qizdirgich olingandan keyin suyuqlik yetarli issiqlikda qazib olinishini ta’minlashi shart. Neftning qovushqoqligini pasaytirish uchun quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta’sir etishdan foydalanilsa yaxshi natija beradi.
Parafin va asfoltasmolali moddalarning quduq tubi atrofiga qotib qolishi bosimning tez o’zgaradigan, ya’ni quduq devoridan 2,5 metr masofagacha kuzatiladi. Bu sizishga qarshilikning juda ortishiga va quduq debitining pasayishiga olib keladi.
Quduq tubi atrofi ikki usulda qizdiriladi: issiqlik tashuvchini (to‘yingan yoki qizdirilgan bug‘, eritma, issiq suv yoki neft) qatlamga ma’lum chuqurlikka haydash orqali;
Quduq tubiga qizdiruvchi moslamani elektropech yoki maxsus chuqurlik gaz gorelkalarini tushirib ishlov berish.
Ikkinchi usul arzon va sodda. Bundan tashqari tog‘ jinsining issiqlik o‘tkazuvchanligi pastligida elektroqizdirish usuli qatlamga issiqlik tashuvchilarni –suv yoki bug’, kondensat haydash bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Elektroqizdirish orqali ishlov berishda qatlamning issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan holatda 40oC gacha harorat o‘zgarishi 1m gacha bo‘ladi.
Issiqlik tashuvchilarni haydashda qizdirish radiusi 10-20 metrgacha yetadi buning uchun statsionar qozonxona qurilmasi-bug’generatori kerak bo‘ladi. Quduq tubi atrofiga elektroqizdirgichlar bilan davriy ishlov berishda quvvati bir necha o‘n kVt bo‘lgan elektroqizdirgichlar maxsus kabel-tros bilan kerakli chuqurlikka tushiriladi. Elektroqizdirgichning quvvatni oshirish, u o‘rnatilgan joyda neftdan koks hosil bo‘lishini ta’minlovchi haroratga 180-200 оС gacha oshiradi[6,8,14,15].
Quduq tubi atrofini davriy qizdirish uchun ЗИЛ-157Е avtomashinasiga o’rnatilgan o’zi yurar СУЭПС-1200 markali elektroqizdirgichlardan foydalaniladi. Avtomabil dvigateli bilan harakatlanadigan baraban korataj lebedkasi bilan mashinada joylashtirilgan. Barabanga uzunligi 1200 m, diametri 18 mm bo’lgan КТНГ-10 kabel –kanat o’ralgan. Kabel –kanat uchta tok o’tkazuvchi ko’ndalang kesimi 4 mm2 simdan va uchta ko’ndalang kesimi 0,56 mm2 bo’lgan simdan tashkil topgan bo’ladi.



7-rasm.Quduq elektroqizdirgichi:
1-kabel ushlagich; 2-o’tkazgich bandaji; 3-kabel-trost; 4-qizdirgich boshchasi;
5-asbest opletka; 6-quyma qo’rg’oshin; 7-pastki gayka; 8-qisqich bo’shlig’i;
9-qizdiruvchi quvur



1m kabel og’irligi 8 N. Bir o’qli tirkamaga quduqdan neftni haydashda qo’llaniluvchi markazdan qochma elektronasos qurilmasini boshqaruv stansiyasi va avtotransformator o’rnatilgan bo’ladi. СУЭПС-1200 qurilma jamlanmasiga uchta quduqqa xizmat qilish uchun mo’ljallangan tirkama, shu bilan birgalida yer usti qo’l yordamida ko’targichi, blok-balans uch oyog’i, ustki kabel qisgichi va boshqa yordamchi jixozlar kiradi. Qizdiruvchi element diametri 11 mm li qizil misdan tayyorlangan uchta U- shaklidagi quvurchadan tashkil topgan bo’ladi Qizdiruvchi quvurcha mexanik zararlanishidan himoya qilish uchun yuqorisidan metal qopqoq bilan yopilgan bo’ladi. Quvvati 10,5 kVt bo’lgan qizdirgich tashqi diametri 112 mm va uzunligi 2,1 m va quvvati 21 kVt bo’lgan qizdirgich uzunligi 2,1 m. Elektroqizdirgich yuqori qismiga termopara mahkamlanib u kabelning signal beruvchi simiga ulanib, u qizdirish davridagi quduq tubidagi harorat quduq ustida qayd qilib boriladi. Quduq ustida kabel-kanat boshqaruv stansiyasi va past voltli (380 V) set bilan bog’langan avtotransformatorga ulanadi. Elektroqizdirgichni quduq tubi atrofida qo’llash amaliyoti ko’rsatishi bo’yicha, quduq tubidagi harorat uzluksiz 4-5 sutka qizdirilganda barqarorlashadi. Ayrim holatlarda 2,5 sutkada harorat barqarorlashadi


Download 1.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm.Qatlamni gidravlik yorish sxemasi

Download 1.51 Mb.