• 3. Donning geometrik tavsifi
  • Don tozalsh texnologiyasi. Tozalash sifatini yaxshilashda fizik




    Download 5,02 Mb.
    bet3/13
    Sana15.12.2023
    Hajmi5,02 Mb.
    #119770
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    DON MUSTAHKAMLIGINI AHAMIYATI

    2. Don tozalsh texnologiyasi. Tozalash sifatini yaxshilashda fizik

    xususiyatlarining ahamiyati


    Qattiq jismli to’kiluvchan materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashda bir qancha ko’rsatkichlarga asoslanadi. Bu ko’rsatkichlardan to’g’ri foydalanish texnolog-muhandisning oldiga qo’yiladigan vazifasiga bog’liqdir.
    Un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda don asosiy xomashyo bo’lganligi uchun, texnologik jarayonning mazmuni quyidagi ko’rsatkichlardan samarali foydalanishni talab qiladi:

    • donning geometrik tavsifi: katta-kichikligi, sirtqi yuzining maydoni, ularning nisbati, donning shakli;

    • donning tabiiy og’irligi;

    • 1000 ta donning og’irligi;

    • donning shaffofligi;

    • donning salmoq hajmi va zichligi.

    3. Donning geometrik tavsifi


    Donning shakli va yirikligi katta-kichikligiga qarab separator, havo separatori va ularning ishchi qismlari, trier va maydalovchi, oqlovchi hamda yormalarni ajratuvchi mashinalarning texnologik chizmalari aniqlanadi. Hajmlarning nisbati va donning sirtqi yuzasi GTI jarayonlarida muhim ahamiyatga egadir.
    Donnnng tabiiy og’ipligi 1 kg donning 1litrdagi ifodasi tabiiy og’irligi deb ataladi. Ayrim davlatlarda funta (0,453 kg yoki bushelda 35,1) deb qabul qilingan. Donning tabiiy og’irligiga quyidagi omillar ta’sir ko’rcatadi: donning namligi, yirikligi, shakli, begona aralashmalar. Bug’doy donining tabiiy og’irligi norma bo’yicha 750 g/l deb hisoblanadi. Donning tabiiy og’irligi 740 gl dan past bo’lsa, un chiqishi 1% ga kamayadi. 1000 ta bug’doy donning massasi.
    Bu ko’rsatkich donning yirikligi, shaffofligi, zichligiga bog’liq bo’lib, donning texnologik xususiyatiga ta’sir qiladi. Agar 1000 ta bug’doy donining og’irligi 40 g dan oshiq bo’lsa, unning chiqishi
    3–5 %dan ortiq bo’ladi.
    Tegirmonning don tozalash sexiga yuboriladigan donning sifati
    Bugungi kunda un tegirmonlar zamonaviy, yuqori unumli uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, donlarni standart talablari asosida tozalab, ularning tarkibini ijobiy tomonga o’zgartirishga moslashgan. Donlardan yuqori sifatli un olish uchun unlarga ma’lum standart talablar qo’yiladi.
    Un ishlab chiqarish uchun donning dastlabki namligi 12,5 % dan oshmasligi, begona arashmalar miqdori 1%, shulardan zararli chiqindilar 0,1%dan ortiq bo’lmasligi va deffekt donlar miqdori 0,1% dan oshmasligi tavsiya etiladi.
    Donli aralashmalar miqdori 5%, shundan bug’doy 4%, javdar va mog’orlangan don miqdori 3%dan oshmasligi zarur. Un olinadigan donlar fuzarioz kasalligi bilan zararlanmagan bo’lishi kerak.
    Donni tozalash to’rt bosqichda olib boriladi: a) separatsiyalash;
    b) mineral aralashmalar va begona o’t urug’laridan tozalash;

    1. gidrodinamik ishlov berish (GTI);

    2. donning ustki qatlamiga ishlov berish.

    Birinchi bosqich separatsiyalash jarayoni boshlang’ich aralashmani yoki uning komponentlarini bir xil alomatlari bo’yicha ajratishdir. Shunga asoslangan holda biror asbobda har qanday aralashmani bir yoki ikki alomatlariga asosan ajratadigan uskuna separator deb ataladi.
    Don partiyasining boshlang’ich tarkibi, don tozalash korxonalarida va xo’jaliklarda tozalanganiga qaramasdan ularda turli aralashmalar (organik va mineral moddalar, yovvoyi o’t urug’lari va boshqa chiqindilar) bo’ladi.
    Bu aralashmalarni mexanik usulda ajratish faqat don ekinlarida amalga oshiriladi. Un-yorma va omixta-yem korxonalarida separatsiya jarayoni ikki xil bo’ladi:

    • don massasini buzadigan va donni tortishda uning sifatiga ta’sir qiladigan moddalardan tozalash;

    • donlarni alohida-alohida tortish uchun ularni fraksiyalarga

    (o’lchamlari yoki sifatiga ko’ra) ajratish tavsiya etiladi.
    Separator deb, to’kiluvchan aralashmalarni elak, uyali yuza, pnevmoseparatlovchi kanal, magnit va elektrostatik element kabi ishchi organlari bilan ajratadigan uskunaga aytiladi.
    Shunga muvofiq ishlab turgan separatorlar shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi: oddiy va murakkab separatorlar. Demak, separatsiyalash jarayoni deb ikki va undan ko’proq don aralashmalarini birbiridan ajratish yoki saralashga aytiladi.

    Download 5,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 5,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Don tozalsh texnologiyasi. Tozalash sifatini yaxshilashda fizik

    Download 5,02 Mb.