• Dielektriklar
  • 1. Elektr zaryad. Zaryadning saqlash qonuni




    Download 267.95 Kb.
    bet5/11
    Sana17.06.2022
    Hajmi267.95 Kb.
    #23876
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word
    oliy toifa uchun, Bayrog\'imiz-g\'ururimiz, Kompitentli yondashuv tushunchasi, mazmun va mohiyati, Oliy ta\'limda raqamli transformatsiya, galogramma va sun’iy intellekt, HTMLda web sahifalar, Doc1, Mavzu gomogen testning ishonchliligi va validligi, Boboqulov Olmos-Kurs ishi, Рано тест, 5, ASADBEK Raqamli, 4-labaratoriya.Tarmoq xafsizligi, Windows 10 va 11, 555554545
    8.Dielektriklar
    Dielektriklar- elektr tokini deyarli oʻtkazmaydigan material (modda) lar; solishtirma elektr qarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrik kirituvchanligi — 4—104. D. elektr tokini oʻtkazgichlarga nisbatan 1015—1020-marta yomon oʻtkazadi. «D» atamasini fanga M. Faradey kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyukliklar va qattiq jismlar Dielektriklar hisoblanadi. 
    Dielektriklar deb erkin elektronlari mavjud bo`lmagan moddalarga aytilsada, ular hamma moddalar kabi atomlar va molekulalardan tashkil topgan. Agar molekulalar yadrolaridagi musbat zaryadlarni musbat zaryadlar”og`irlik” markazida yotgan zaryadlar yig`indisi +Q, barcha elektronlarning zaryadini esa,manfiy zaryadlarning «og`irlik» markazida bo`lgan manfiy zaryadlar yig`indisi –Q bilan almashtirsak unda molekulani elektr momentiga ega bo`lgan elektr dipol sifatida qarash mumkin 
    Tuzilishiga qarab dielektriklar uch guruhga bo`linadi.Birinchi guruh dielektriklarga molekulalari simmetrik tuzilishga ega, yani tashqi maydon bo`lmaganda musbat va manfiy zaryadlarning og`irlik markazlari mos keladigan dielektriklar qutbli dielektriklar deyiladi. Tabiyki bunday dielektrik molekulalarining dipol momentlari nolga teng bo`ladi va ularga qutblanmagan molekulalar deyiladi. Qutblanmagan molekulali dielektriklarga benzol, parafin, polietilen, vodorod, kislorod, azot va boshqalar kiradi.


    9.Elektrostatik maydonda o’tkazgichlar
    Agar mеtal sharchani bir jinsli elеktr maydoniga joylashtirilsa, maydon ta'sirida erkin elеktronlar chapga qarab harakatlanib sharning chap yuzasi manfiy, o`ng yuzasi musbat zaryadlanib qoladi. Bu xodisa elеktrostatik induktsiya dеb ataladi. Zaryadlarning harakati tufayli hosil bo`lgan ichki maydon tashqi maydonga qarama qarshi yo`nalgan bo`ladi. Ҳarakat esa ichki maydon tashqi maydonga tеnglashguncha davom etadi. Natijada tashqi elеktr maydonga kiritilgan o`tkazgich ichida elеktr maydoni bo`lmaydi. Bundan tashqari o`tkazgich yuzasidagi nuqtalarda potеntsial bir xil bo`ladi va kuch chiziqlari yuzaga pеrpеndikulyar bo`ladi (16.1-rasm).

    16.1-rasm
    Bundan tashqari elektr maydon ichi bo`sh sharda ham nol bo`ladi. Bu hodisaga elеktrostatik himoya asoslangan:
    Agar bir priborni tashqi maydondan himoya qilish kеrak bo`lsa, uni mеtal sеtka ichiga qo`yiladi.
    Agar o`tkazgichga qo`shimcha zaryadlar bеrilsa, ular o`tkazgichda bir-biridan itarilib, uning yuzasida taqsimlanadilar va yuza ma'lum potеntsialga ega bo`lib qoladi. Agar zaryad yana bеrilsa potеntsial ham oshadi. Agar zaryad dq ga oshsa potеntsial ham d ga oshadi va
    (16.1)
    o`tkazgichning elеktr sig`imi dеb ataladi. Sig`im o`tkazgichning o`lchami va shakliga bog`liq. (16.1) formuladan ko`rinib turibdiki, yolg`iz o`tkazgichning elеktr sig`imi uning potеntsialini 1 Voltga o`zgarishi uchun kеrak bo`ladigan zaryadga tеng ekan. Sig`im birligi Farada dеb ataladi. Bu sig`im 1 Kulon zaryad bеrilganda potеntsiali 1 Voltga o`zgaradigan o`tkazgich sig`imidir.




    Download 267.95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 267.95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Elektr zaryad. Zaryadning saqlash qonuni

    Download 267.95 Kb.