II. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish




Download 262,98 Kb.
bet3/10
Sana15.05.2024
Hajmi262,98 Kb.
#234305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PQ-221 26.04.2022

II. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

5.

Qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli huquqiy himoya qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga — geografik ko‘rsatkichlarga bo‘lgan huquqlarning buzilishi uchun javobgarlikni belgilashga oid normalarni kiritish;
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”, “Firma nomlari to‘g‘risida” va “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonunlari�a — intellektual mulk obyektlari egalariga zarar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasini hisobga olgan holda, zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon undirish tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2023-yil avgust

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Oliy sud
(K. Kamilov),
Bosh prokuratura
(N. Yo‘ldoshev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(Sh. Sharaxmetov),
Davlat bojxona qo‘mitasi
(A. Mavlonov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(Sh. Kudbiyev)

6.

Intellektual mulk obyektlaridan va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlardan veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot resurslarida noqonuniy foydalanishnin� oldini olish hamda axborot-kommunikatsiya muhitida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning samarali himoyasini ta’minlash maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil aprel

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Oliy sud
(K. Kamilov),
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
(A. Abdullayev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(Sh. Sharaxmetov)

7.

O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk tizimini Jahon savdo tashkilotining (JST) Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha biti� (TRIPS) normalari va tamoyillariga muvofiqligini tahlil qilish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2022-yil davomida

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov),
Tashqi ishlar vazirligi
(V. Norov),
Davlat bojxona qo‘mitasi
(A. Mavlonov)

8.

Jahon savdo tashkilotining intellektual mulk bo‘yicha xalqaro shartnomalari normalaridan kelib chiqqan holda, bojxona qonunchiligiga “ex officio” tartibini kiritish masalasini o‘rganish.
O‘rganish yakuniga ko‘ra, qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil avgust

Davlat bojxona qo‘mitasi
(A. Mavlonov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)

9.

JST tizimidagi Nizolarni hal etish organining intellektual mulk sohasiga oid masalalarni hal qilish amaliyotini (pretsedentlarni) o‘rganish va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

Axborot-tahliliy ma’lumotnoma

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov),
Davlat bojxona qo‘mitasi
(A. Ma�lonov)


Download 262,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 262,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

Download 262,98 Kb.